X

16 yoshga to'lmagan bitiruvchilar uchun pasport olish tartibi tezlashtirildi

Davlat komissiyasining 1-sonli bayoniga ko‘ra (https://t.me/eduuz/2595):

   Ichki ishlar vazirligi tomonidan 2020/2021 o‘quv yilida maktab, akademik lisey hamda kasb-hunar kollejlarining 16 yoshga to‘lgan bitiruvchilari pasport olish uchun murojaat qilganda, ularga navbatlarsiz, belgilangan tartibda pasport berilishi ta'minlanadi. (abiturientga 10 kun muddatda pasport berilishi ko‘zda tutilgan).

  Shuningdek, oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun imtihonlarda ishtirok etish istagini bildirgan pasport yoshiga yetmagan fuqarolarga amaldagi tartibga muvofiq, qisqa muddatlarda xorijga chiqish pasporti rasmiylashtirib beriladi.

  Davlat personallashtirish markazi tomonidan pasport yoshiga yetmagan fuqarolarga xorijga chiqish pasportlari beriladi va mavjud ma'lumotlar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga va Davlat test markaziga taqdim etiladi (abiturientga 5 kun muddatda fuqarolik pasport olishi ko‘zda tutilgan).