X

59 nafar tadqiqotchi xorijga yo‘l oladi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan konsepsiyasiga binoan talaba, magistrant, doktorant va yosh ilmiy tadqiqotchilarni chet el oliy ta'lim va ilmiy muassasalarida malaka oshirishga yo‘llash masalasi ko‘rib chiqildi.

Xorij safarlari malaka oshirish 1 oydan 3 oygacha, ilmiy amaliyot o‘tash 3 oydan 1 yilgacha, magistraturada o‘qish 1 yildan 2 yilgacha va doktorantura o‘tash uchun 1 yildan 3 yilgacha vaqt me'yori belgilangan.

Ilmiy kengashning qarori asosida 59 nafar o‘qituvchi, tadqiqotchi, amaliyotchi va talabalari dunyoning eng rivojlangan davlatlari – Shveytsariya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Janubiy Kareya, Rossiya, Turkiya, Italiya, Fransiyadagi yetakchi oliy o‘quv yurtlarida malaka oshirish, ilmiy amaliyot ishlarini olib borish va magistratura, doktorantura o‘tash uchun tanlab olindi.

Bu universitet istiqbol rejasidagi dastlabki qadam bo‘lib, kelajakda chet el oliy ta'lim va ilmiy muassasalari bilan hamkorlikda o‘zbek adabiyotshunosligi va tilshunosligining dolzarb muammolariga bag‘ishlangan fundamental tadqiqotlarni olib borish, kadrlar malakasini oshirish va  talabalar almashish ko‘zda tutilgan.