X

Bir taʼlim shaklidan boshqasiga oʼqishni koʼchirsa boʼladimi?

Ha, bir taʼlim shaklidan boshqasiga oʼqishni koʼchirish mumkin, lekin barcha hollarda ham emas. Quyida birma-bir koʼrib chiqamiz:

- Kunduzgi taʼlimdan quyidagilarga koʼchirish ruxsat etiladi: 
• kunduzgi; 
• sirtqi; 
• kechki (smenali).

 Kunduzgi taʼlimdan maxsus sirtqiga koʼchirib boʼlmaydi.

- Sirtqi taʼlimdan ruxsat etiladi: 
• sirtqi (faqat bir taʼlim sohasi doirasida); 
• kechki (smenali).

- Sirtqi taʼlimdan kunduzgi hamda maxsus sirtqi taʼlimga koʼchirib boʼlmaydi.

- Kechki taʼlimdan ruxsat etiladi: 
• kechki taʼlim (faqat bir taʼlim sohasi doirasida);
• kunduzgi.

 Kechki taʼlimdan sirtqi hamda maxsus sirtqi taʼlimga koʼchirib boʼlmaydi.

- Maxsus sirtqi taʼlimdan boshqa taʼlim shakliga koʼchirib boʼlmaydi, oʼz navbatida boshqa taʼlim shakllaridan maxsus sirtqiga koʼchirish talabi ham rad etish uchun asos boʼladi. Faqat maxsus sirtqida bir taʼlim sohasi doirasidagina koʼchirishga ruxsat etiladi.

- Shuningdek, maqsadli qabul qilinganlar boshqa taʼlim yoʼnalishi yoki taʼlim shakliga, boshqa OTMga koʼchira olmaydi. 

Oʼqishni koʼchirish boʼyicha muddatlar
 
Oʼqishini koʼchirish va qayta tiklash quyidagi 9 ta bosqichda amalga oshiriladi. Bular quyidagilar:
 
Kuzgi semestr boʼyicha
 
1: 15-iyungacha
Hududlarda Ishchi guruh tashkil etiladi.
 
2: 15 iyuldan 5 avgustgacha
Talabalardan arizalar qabul qilish
 
3: 5-avgustdan 30-avgustgacha
Аrizalar yuzasidan qaror qabul qilinadi va fuqaroga javob xati yoʼllanadi.
 
4: 2-sentyabrdan 10-sentyabrgacha
Koʼchirish (qayta tiklash) masalasi ijobiy hal etilgan taqdirda, OTM rektorining buyrugʼi bilan talaba darslarga qoʼyiladi hamda ushbu talaba ilgari taʼlim olgan OTMga uning shaxsiy yigʼma jildini joʼnatish uchun soʼrovnoma yuboriladi.
 
5: 1-oktyabrgacha
Kontraktdagilar toʼlovni oʼz vaqtida amalga oshirganidan keyin talabalar safiga qabul qilish toʼgʼrisidagi buyruq chiqariladi.
 
Bahorgi semestr boʼyicha
 
6: 15-yanvardan 25-yanvargacha
Talabalardan arizalar qabul qilish
 
7: 25 yanvardan 15 fevralgacha
Аrizalar yuzasidan qaror qabul qilinadi va fuqaroga javob xati yoʼllanadi.
 
8: 15-fevraldan 25-fevralgacha
Uzrli sabablar bilan bahorgi semestrda koʼchirish masalasi ijobiy hal etilgan taqdirda, OTM rektorining buyrugʼi bilan talaba darslarga qoʼyiladi hamda ushbu talaba ilgari taʼlim olgan OTMga uning shaxsiy yigʼma jildini joʼnatish uchun soʼrovnoma yuboriladi.
 
9: 1-martgacha
Kontraktdagilar toʼlovni oʼz vaqtida amalga oshirganidan keyin talabalar safiga qabul qilish toʼgʼrisidagi buyruq chiqariladi.

Manba: t.me/xushnudbek