X

Ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari uchun ajratilgan imtiyozlar haqida

Huquqbuzarlik profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashda munosib hissa qo‘shgan, yuqori natijalarga erishgan ichki ishlar organlarining amaldagi xodimlari farzandlari uchun ajratiladigan alohida qo‘shimcha davlat granti asosidagi kvotalarning ToshDO'TAU kesimidagi taqsimoti

Qabul ko'rsatkichi: 4

Eslatmalar:

- tavsiyanomaga ega ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari dastlab alohida kvotalar doirasida kuch sinashadi, agar alohida kvotaga kira olmasa, shundan so‘ng uning bali umumiy kvotalar bo‘yicha hisoblanadi;

- tavsiyanoma hech qanday qo‘shimcha ball bermaydi, barcha o‘zi to‘plagan ball bo‘yicha tanlovda qatnashadi;

- tavsiyanoma faqat birinchi tanlangan yo‘nalishda alohida kvota bo‘yicha amal qiladi, 2-5 yo‘nalishlarda alohida kvota bo‘lmaydi, ya'ni imtiyoz o'tmaydi.