X

Magistraturaga kirish imtihonlari 3-20-avgust kunlari o‘tkaziladi

Davlat komissiyasining 1-son bayoniga muvofiq:

- Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan 2020-yil 25-iyunga qadar magistraturaga kirish sinovlari uchun tegishli mutaxassisliklar sohalarida talabgorlarning ilmiy-pedagogik layoqati (yoki ilm olish qobiliyati)ni hamda xorijiy tilni bilish darajasini aniqlaydigan testlar bazasi (to‘plami) shakllantiriladi.

- 2020-2021-o‘quv yili uchun magistraturaga kirish imtihonlari 2020-yil 3-20 avgust kunlari o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, magistratura imtihonlari uchun ro‘yxatdan o‘tish Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligining rasmiy veb-sayti (www.edu.uz) orqali 1-iyuldan 30-iyulgacha amalga oshiriladi.