X

Navoiy haqida prezidentimizning fikrlari

Navoiy haqida prezidentimizning fikrlari

  Inson qalbining quvonch-u qayg‘usini, ezgulik va hayot mazmunini Navoiydek teran ifoda etgan shoir jahon adabiyoti tarixida kamdan-kam topiladi.

      Ona tiliga muhabbat, uning beqiyos boyligi va buyukligini anglash tuyg‘usi ham bizning ongu shuurimiz, yuragimizga avvalo Navoiy asarlari bilan kirib keladi. Biz bu bebaho merosdan xalqimizni, ayniqsa, yoshlarimizni qanchalik ko‘p bahramand etsak, milliy ma’naviyatimizni yuksaltirishda, jamiyatimizda ezgu insoniy fazilatlarni kamol toptirishda shunchalik qudratli ma’rifiy qurolga ega bo‘lamiz.

      Alisher Navoiy xalqimizning ongi va tafakkuri, badiiy madaniyati tarixida butun bir davrni tashkil etadigan buyuk shaxs, milliy adabiyotimizning tengsiz namoyandasi, millatimizning g‘ururi, sha’n-u sharafini dunyoga tarannum qilgan o‘lmas so‘z san’atkoridir.

      Ta’bir joiz bo‘lsa, olamda turkiy va forsiy tilda so‘zlovchi biron bir inson yo‘qki, u Navoiyni bilmasa, Navoiyni sevmasa, Navoiyga sadoqat va e’tiqod bilan qaramasa.

      Agar bu ulug‘ zotni avliyo desak, u avliyolarning avliyosi, mutafakkir desak, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak shoirlarning sultonidir.

                                                                           I.A.Karimov

                  

NAVOIY HIKMATLARIDAN

* * *

Kishi ta’limdin topsa malolat,

Topar ilm ahli ollinda xijolat

* * *

Ulug‘lardin nasib istar esang, kasbi kamol etgil,

Nedinkim, anbiyog‘a ilmliq inson erur voris.

* * *

Shogird agar shayxulislom, agar qozidur,

agar ustod andin rozidur — tengri rozidur.

* * *

Ilm o‘qub qilmag‘on amal maqbul,

Dona sochib ko‘tarmadi mahsul.

* * *

         Birovkim ilm ila bo‘ldi barumand,

Angakim voris o‘ldi – bo‘ldi farzand.  

* * *

Birovkim qilsa olimlarg‘a ta’zim,

Qilur go‘yoki payg‘ambarg‘a ta’zim.   

* * *

Ilmni kim vositai joh etar,

O‘ziniyu xalqni gumroh etar.  

* * *

Ilm, Navoiy, sanga maqsud bil,

Emdiki ilm o‘ldi, amal aylagil.

* * *

Bu gulshan ichraki yo‘qtur baqo guliga sabot,

Ajab saodat erur chiqsa yaxshilik bila ot.

* * *

Haq yo‘lida kim senga bir harf o‘qutmish ranj ila,

Aylamak bo‘lmas ado oning haqin yuz ganj ila.

* * *

Olam ahli bilingizki, ish emas dushmanlig‘,

Yor o‘lung bir biringizgaki, erur yorlig‘ ish.

* * *

So‘zchi holin boqma, boq so‘z holina,

Ko‘rma kim der ani, ko‘rgilkim, ne der.

* * *

So‘z guharig‘a erur oncha sharaf,

Kim bo‘la olmas anga gavhar sadaf.

 * * *

Til bu chamanning varaqi lolasi,

So‘z duraridin bo‘lubon jolasi.

* * *

Tiliga iqtidorlig‘ —hakimi xiradmand;  so‘ziga ixtiyorsiz — laimi   najand.

* * *

Naf’ing agar xalqqa beshakdurur,

Bilki, bu naf’ o‘zunga ko‘prakdurur.

* * *

Elga sharaf bo‘lmadi johu nasab,

Lek sharaf keldi hayovu adab.

* * *

Xushdurur bog‘i koinot guli,

Barchadin yaxshiroq hayot guli.

* * *

Vatan tarkini bir nafas aylama

Yana ranji g‘urbat havas aylama.

* * *

O‘z vujudingg‘a tafakkur aylagil,

Har ne istarsen, o‘zungdin istagil.

* * *

Ilmdin oriy ulusning johili xudkomasi,

O‘rganurga jiddu jahd etgan jahon allomasi.

* * *

         Birovkim, aning himmati yo‘qturur,

G‘aniy bo‘lsa ham, hurmati yo‘qturur.

* * *

Odamiyg‘a yaxshi ko‘p avsof erur,

Lek alarning ashrafi insof erur.

* * *

Yaxshiliq tuxmin sochg‘ilkim, budur dehqong‘a so‘z

Harnekim, ekting bugun, borin hamon tut oni ko‘z.

* * *

Bilmaganni so‘rub o‘rgangan olim va orlanib so‘ramagan o‘ziga zolim.