X

Korrupsiyasiz ta'lim: muammo va takliflar o'rganildi


“Ta’limni korrupsiyasiz sohaga aylantirish borasida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida “Korrupsiya va poraxo‘rlikka qarshi birgalikda kurashamiz” mavzus”

Unda fakultet dekanlari, kafedra mudirlari hamda 80 dan ziyod professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdi. ZOOM platformasi orqali o‘tkazilgan onlayn-uchrashuvni yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor v.v.b. A.Sobirov olib bordi.
Onlayn uchrashuvda Yakkasaroy tumani bo‘yicha ichki ishlar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tezkor vakili A.Atoyev mavzu yuzasidan ma’ruza qildi.
Ma’ruzachi korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida to‘xtalib, O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida”gi qonuni, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-may kuni qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5729-son Farmonining mazmun-mohiyatini  yoritib berdi.
Shuningdek Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 29-iyundagi  PF-6013-son Farmoni va PQ-4761-son qarori asosida tashkil etilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining faoliyati haqida batafsil ma’lumot berdi.
 Onlayn-uchrashuv davomida professor-o‘qituvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga  aniq javoblar olishdi. Shuningdek, korrupsiyasiz ta'lim tizimini yaratish borasida o‘zlarining taklif va tavsiyalarini berdilar.