X

“Oʻzbek tilini oʻqitishning eng yaxshi metodikasi” ilmiy-ijodiy ishlar Respublika tanlovi


Davlat tilini rivojlantirish departamenti, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamkorligida “Oʻzbek tilini oʻqitishning eng yaxshi metodikasi” ilmiy-ijodiy ishlar Respublika tanlovini eʼlon qildi.

- Tanlovga quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha ilmiy, uslubiy, ijodiy ishlar qabul qilinadi: 

- filologik yoʻnalishlarda – sohaga aloqador tilshunoslikning nazariy hamda amaliy dolzarb muammolari va ularning yechimiga qaratilgan ishlar, oʻzbek tili va adabiyoti boʻyicha  zamonaviy kadrlar tayyorlash istiqbollari, oʻzbek tilini rivojlantirish masalalari;

- nofilologik yoʻnalishlarda - oʻzbek tilining sohaviy terminologiyasi va ularni sohalarga bogʻlab amaliy intensiv oʻqitish hamda  baholash metodikasi, sohalarda davlat tilining imkoniyatlaridan toʻliq va toʻgʻri foydalanish hamda sohaviy ish yuritishni takomillashtirish istiqbollari;

- metodik yoʻnalishda – oʻzbek tilini intensiv oʻqitishning zamonaviy samarali  metodlari va baholash mezonlari, oʻzbek adabiy tilining orfoepik, orfografik va uslubiy meʼyorlarini oʻqitish va baholash metodikasi.

- Respublika tanlovi har bir yoʻnalish boʻyicha quyidagi nominatsiyalarda oʻtkaziladi:

- Eng yaxshi darslik;

- Eng yaxshi oʻquv qoʻllanma;

- Eng yaxshi uslubiy qoʻllanma.

- Tanlovga ishlar 2020-yilning 20-avgustidan 20-sentyabriga qadar qabul qilinadi. 

Ijodiy ishlarni koʻrib chiqish va baholash – 10-oktyabrgacha. 

Gʻoliblarni taqdirlash – 20-oktyabrgacha  amalga oshiriladi.

Ijodiy ishlar metodika@edu.uz elektron manzili orqali onlayn qabul qilinadi.

Qoʻshimcha maʼlumotlar: www.til.gov.uz, @edu.uz, (71) 2461624.