X

Bu e'lon talabalarga yoqishi aniq!


O'zbekiston mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan "Mobiuz" mobil operatori talabalar uchun «Talaba» imtiyozli tarif rejasini ishlab chiqdi.

Mazkur yilning avgust oyi boshida Prezident Shavkat Mirziyoyev talabalar uchun maxsus Internet imtiyozlariga ega tarif rejasini ishlab chiqish topshirig‘ini bergan edi.

"Mobiuz"ning “Talaba” tarif rejasi oyiga 15 ming so‘mga evaziga kunduzgi 1000 MB , tungi 1000 MB, O‘zbekiston bo‘yicha qo‘ng‘iroqlarga 500 daqiqa hamda 500 SMS-xabarni o‘z ichiga olgan.

Tarifning eng asosiy qulayligi shundaki, unga ulangan talabalar mobil internet megabaytlarini sarflamagan holda 100 ga yaqin axborot-ta’lim resurslaridan bepul foydalanishi mumkin.
Endi ustozlarga "megabaytim tugab qoldi" degan bahonani aytolmaysiz! =)