X

Ilmiy tadqiqotchilar uchun vebinar


Ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash markazi sizni "SCOPUS MA’LUMOTLAR BAZASIDAN FOYDALANISH VA UNING IMKONIYATLARI" mavzusida o‘tkaziladigan vebinarga taklif qiladi.

 

 Vebinar dasturi:

  • Scopus nima?
  • ScienceDirect bazasi va undan jurnallar, kitoblar, maqolalar qidirish
  • Scopus bazasidan manbaalar qidirish, jurnallarni qidirish
  • Scopus bazasidan chiqarilgan jurnallar va chiqarilishi kutilayotgan jurnallar (2020 y)
  • Scopus ko‘rsatkichlari — h-Index, CiteScore, SJR (SCImago Journal Rank) , SNIP (Source Normalized Impact per Paper) 
  • Markaziy Osiyo davlatlarining barcha fan yo‘nalishlari bo‘yicha chop etilgan maqolalar tahlili
  • Loyihalarda kuzatilayotgan xatoliklar, kamchiliklar va yolg‘on ma’lumotlar

 

  Ma’ruzachilar:

 

Mamadaliyeva Naibaxon Saydaminovna - Innovasion rivojlanish vazirligi ilmiy kotibi, filologiya fanlari doktori, professor

Otajonov Shuhrat Ibrayimjonovich - Innovasion rivojlanish vazirligi Fan va ilmiy-texnik tadqiqotlarni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i, iqtisodiyot fanlari doktori

Jabborova Dilfuza - O‘zbekiston Fanlar akademiyasi, Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti falsafa fanlari doktori

 

 

 O‘tkaziladigan sana: 2020-yil 11-sentabr

 Vaqt: 16:00

 Vebinar tili: o‘zbek

 Ushbu vebinarda ishtirok etish - BEPUL

 Vebinar platformasi: ZOOM (havola faqat ro‘yxatdan o‘tgandan keyin beriladi)

 

Vebinarda ro‘yxatdan o‘tish uchun quyidagi havolaga o‘ting: http://e-science.uz/mininnovation-scopus

 

Muhim ma’lumot:

Vebinar videosi faqat vebinar qatnashchilariga taqdim etiladi

 Vebinar qatnashchilariga sertifikat beriladi

Murojaat uchun: @research_support_center