X

Diqqat, tanlov!


Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazi o‘zbek tilining sofligi va tozaligini targ‘ib qiluvchi eng yaxshi videoroliklar tanlovini e’lon qiladi.

 

O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini oshirish, davlat tilini milliy qadriyat sifatida targ‘ib qilish, unga nisbatan milliy g‘urur hissini tarbiyalash, tilimizning xalqaro mavqeini mustahkamlashga xizmat qiluvchi videolavhalar 5 daqiqaqadan oshmasligi lozim.

 Tanlovda respublikamizdagi barcha oliy o‘quv yurtlari talabalari ishtirok etishlari mumkin. 

 

Tanlov g‘oliblari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadilar. 

 

Ijodiy ishlar joriy yilning 18 oktyabriga qadar @TalabaMedia_bot telegram kanali orqali qabul qilinadi. 

Tanlovga yuborilgan videolavhalar t.me/TalabaMG kanali orqali namoyish etib boriladi. 

Murojaat uchun telefon: 71 246-64-09

 

Tanlovda ishtirok eting va tilimiz targ‘ibotiga o‘z hissangizni qo‘shing.