X

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tomonidan Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining 2019-yil 16- oktabrdagi 87-04-2150-sonli xatida ko‘rsatilgan holatlar yuzasidan MA'LUMOT


 

I. Talabalar turar joyi taqsimoti bo‘yicha:

Universitet tasarrufida 2 ta talabalar turar joyi mavjud bo‘lib, 480 nafar talabaga mo‘ljallangan.

An'anaga ko‘ra har yili talabalar turar joyini taqsimlash uchun maxsus ishchi guruh tuziladi va birinchi galda quyidagi talabalarga joy ajratiladi:

  1. Chin yetimlarga.
  2. Nogironligi bor talabalarga.
  3.  Ota yoki onasidan ajragan, sharoiti og‘ir talabalarga.
  4. Bir oiladan ikki va undan ortiq shartnomada tahsil olayotgan talabalarga.
  5. Kam ta'minlangan, ko‘p farzandli va shartnomada o‘qiyotgan talabalarga.   

Ushbu toifalashtirilgan tartib bo‘yicha joylar taqsimlangandan so‘ng joy ortib qolgan taqdirda, byudjet asosida tahsil olayotgan talalarga joy ajratish masalasi ko‘rib chiqilishi belgilangan.

Joriy yilda ham talabalarni TTJga joylashtirish masalasi 27-avgust kuni bo‘lib o‘tgan universitet kengashida atroflicha muhokama qilingan, 3 ta fakultetda va universitet bo‘yicha ishchi guruhlar tuzilgan, birinchi galda ota-onasi yo‘q, chin yetim talabalar, nogironlar, boquvchisini yo‘qotgan talabalar, ota yoki onasidan ajraganlar, bitta oiladan ikki va undan ortiq shartnomada o‘qiyotgan talabalarga joy ajratish tartibi belgilab qo‘yilgan. Bu haqda universitet rektorining 2019-yil 30-avgustda 01-688-sonli buyrug‘i ishlab chiqilgan va tarqatilgan. Fakultet dekanlari boshchiligidagi ishchi guruhlarga 30-avgust – 5-sentabr kunlari 793 nafar talabadan turar joyi so‘rab ariza tushgan. Arizalar yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan 5 ta toifaga ajratilgan va Ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha prorektor v.v.b. A.Sobirov raisligida 5, 6, 7 sentyabr kunlari 793 ta ariza ochiq majlisda birma-bir ko‘rib chiqilgan, belgilangan tartibga qat'iy rioya qilgan holda 390 nafar talaba joy bilan ta'minlangan.

Jumladan, 1-talabalar turar joyi 240 o‘ringa mo‘ljallangan, unga 210 nafar talaba joylashtirilgan. Qolgan 30 ta joy O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi “Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta'minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3775-son qarori hamda 24 may kuni O‘zbekiston Milliy universitetida o‘tkazgan uchrashuvida bo‘lg‘usi  kadrlarni saralash to‘g‘risidagi topshirig‘iga binoan OTM lararo ichki mobillikni yo‘lga qo‘yish maqsadida 18 ta turdosh OTMlaridan keladigan talabalarga ajratilgan.

2-talabalar turar joyi ham 240 o‘ringa mo‘ljallangan. Unga 180 nafar talaba joylashtirilgan. Uning 2-qavatidagi 30 ta joyga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta'lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012 yil 26 sentyabrdagi qaroriga binoan turdosh OTM laridan malaka oshirish kelgan professor-o‘qituvchilar joylashtirilgan.

7-qavatidagi 30 ta joy Prezident topshirig‘i bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi o‘rtasida 2019-yil 13- fevralda imzolangan 7-sonli qo‘shma qarorga muvofiq harbiy qismlarning tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha  komandirlariga ajratilgan.

TTJ dan joy ajratilgan barcha talabalarga yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan 5 ta toifaga muvofiq joy ajratilgan bo‘lib, talabalarning ushbu toifalarga mosligini asoslovchi barcha hujjatlar yig‘majild sifatida jamlangan.

II. Talabalarning 2019 yil iyul-avgust oylari stipendiyalarini olishmaganligi bo‘yicha:

2019-yil 15-sentabr kuni “Hazrati Kursdosh” telegram kanali orqali       talabalar tomonidan 2019-yil iyul-avgust oylari stipendiyalarini olishmagan- ligi tanqid qilingan.

Talabalarning 2019 yil iyul-avgust oylari stipendiyalari universitet hisobxonasi tomonidan 2019-yil 17-sentabr kuni to‘liq to‘lab berilgan.

           

 

  

                                                              

 

Prorektor v.v.b.                                                            A.Sobirov