X

Diqqat e'lon!


     O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi  PQ-3775-sonli qarori hamda 2019-yil 18-oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5847-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida “Rektorga savolim bor” loyihasi amalga oshirilmoqda.

      Mazkur loyiha asosida universitetimizda olib borilayotgan islohotlarga shuningdek, rahbariyat va o‘qituvchilar bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarga talabalarning munosabatini aniqlash va shu orqali ular faoliyati ochiqligini ta’minlashga erishish ko‘zda tutilgan. Ushbu masala bo‘yicha sizni qiziqtirgan savollarni hamda o‘z fikr-mulohazalaringizni quyidagi @Rektorgasavolimbor_bot  telegram botiga yuborishingizni so‘raymiz.