X

Malakaviy imtihonlar o‘tkazish uchun hujjatlar qabul qilinishini e’lon qiladi.


   Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 2020-yil 15-23-may kunlari oralig‘ida 10.00.01 – "O‘zbek tili", 10.00.01 – "O‘zbek adabiyoti", 10.00.10 – "Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik" hamda 10.00.11 – "Til nazariyasi", "Amaliy va kompyuter lingvistikasi" ixtisosliklari bo‘yicha malakaviy imtihonlar o‘tkazish uchun hujjatlar qabul qilinishini e’lon qiladi.

  

  Imtihonlar O‘zR OAK tavsiyasiga ko‘ra karantin talablariga qat’iyan rioya qilgan holda ONLAYN tarzda o‘tkaziladi (Izlanuvchilar sessiyadan tashqari davrda ham malakaviy imtihonlarini topshirishlari mumkin).

 

  Imtihonlar 2020-yil 25-30-may kunlari o‘tkaziladi.

 

Qo‘shimcha ma’lumot uchun : +998917801923 Nodirbek Jo‘raqo‘ziyev ToshDO‘TAU Ilmiy tadqiqotlar va ilmiy pedagog kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i