X

Diqqat, e'lon! Ilmiy maqolalar yozish va chop etish to'g'risidagi vebinarda ishtirok eting


Agar siz o'qituvchi, talaba yoki tadqiqotchi bo'lsangiz, 29-avgust  soat 14:00da  “Ilmiy maqola yozish va  nufuzli jurnallarda chop etish boʻyicha maslahatlar: SCOPUS vs WoS?” mavzusidagi vebinarni o'tkazib yubormang!

Vebinar davomida:

1.  Bugungi kunda nima uchun oʻzbek olimlarining ilmiy maqolalari aksariyat hollarda “qaroqchi” jurnallarda chop etilmoqda?

2. Ilmiy maqola yozish tartibi va shartlari;

3. Plagiatga diqqatni qarating!
 
4.  Ilmiy tadqiqotlar jarayonida notoʻgʻri harakatlar: ularning asosiy sabablari va oldini olishdagi muhim tadbirlar xususida

kabi bir qator foydali ma'lumotlar beriladi.

Tashkilotchilar:

O'zbekiston yoshlar ishlari agentligi;

Oʻzbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi;

Oʻzbekiston Respublikasining Germaniya Federativ Respublikasidagi elchixonasi;

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti;

Germaniyaning Leybnis Qishloq xoʻjaligi landshaftlarini oʻrganish tadqiqot markazi, ( ZALF) Germaniya;

SMART InnoTech konsalting kompaniyasi.

Spiker: Dilfuza Egamberdieva (Germaniya Federal hukumatining Amaliy va gumanitar fanlar bo'yicha ekspertlar kengashi a'zosi, qishloq xoʼjaligi fanlari doktori (PhD))

Moderator: Kamoliddin Bediev (Oʻzbekiston yoshlari umumjahon assosiatsiyasining Germaniyadagi vakili)

Ulanish uchun ZOOM linki:  https://hu-berlin.zoom.us/j/92346641512