X

Test sinovlari bir kunda ikki smenada o‘tkaziladi

Davlat komissiyasining 1-sonli bayoniga muvofiq, koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish tadbirlarini inobatga olib, 2020/2021 o‘quv yili qabulida test sinovlari qoida tariqasida, bir kunda ikki smenada o‘tkaziladi.

Bunda har bir abituriyent uchun binolarda 3 m² dan kam bo‘lmagan joy ajratiladi. 

Koronavirus pandemiyasi sharoitida sanitariya normalari talablaridan kelib chiqib, imtihonlarda abituriyentlarning ota-onalari va ularning yaqinlari uchun alohida kutish (to‘planish) joylari tashkil qilinmaydi. 

2020/2021 o‘quv yili uchun kirish test sinovlarida 349 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha abituriyentlar 2 ta fandan test topshiradi.