X

Test sinovlari o‘zbek, rus, qoraqalpoq va tojik tillarida o‘tkaziladi

Davlat komissiyasining 2020 yil 1-son bayoniga muvofiq:

- 2020-2021-o‘quv yili qabulidan boshlab oliy ta’lim muassasalarida tojik tilida ta’lim olib boriladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish imtihonlari ham test sinovlari orqali tashkil etiladi.

- Bunda, tojik tilidagi test topshiriqlari xalq ta’limi tizimidagi pedagoglar hamda oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari tarkibidan shakllantirilgan ekspertlar guruhi tomonidan umumiy o‘rta ta’lim o‘quv dasturlari doirasida tayyorlanadi.