Конференция | Тошкент давлат ўзбек тили ва адабиёти университети

Конференция

“ALISHER NAVOIY VA XXI ASR”

Respublika ilmiy-nazariy anjumani

“ALISHER NAVOIY VА XXI ASR”
Respublika ilmiy-nazariy anjumani
ANJUMAN DASTURI
09:30 – 10:00 – Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo‘yish
10:00 – 10:30 – Ro‘yxatga olish
10:30 – 10:35 – Konferensiyaning ochilishi
10:35 - 11:00 TABRIK SO‘ZLARI
Shuhrat Sirojiddinov - ToshDO‘TAU rektori
Inomjon Madjidov - Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri
Kamoliddin
Ishanxodjayev
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan
do‘stlik aloqalari Qo‘mitasi raisi o‘rinbosari
Dendev Badarch - YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari
Muhammad Ali - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi
KONFERENSIYA MEHMONLARI
Sayed Shaxabuddin
Timuri
- Afg‘oniston Islom Respublikasining O‘zbekiston
Respublikasidagi elchisi
Pamela Leora
Spratlen
- AQShning O‘zbekiston Respublikasidagi elchisi
Mosud Mannan - Bangladesh Xalq Respublikasining O‘zbekiston
Respublikasidagi elchisi
Sergey Zagorodniy - Belorus Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi
muvaqqat ishlar vakili
Kristofer Allan - Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan
Qirolligining O‘zbekiston Respublikasidagi elchisi
Bahman Ogorazi
Durmani
- Eron Islom Respublikasining O‘zbekiston
Respublikasidagi elchisi
Violen de Vilmor - Fransiya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi
elchisi
Anzor Meladze - Gruziyaning O‘zbekiston Respublikasidagi muvaqqat
ishlar vakili
Vinod Kumar - Hindiston Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi
elchisi
Andrea Bertozzi - Italiya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi
elchisi
Kvon Yon U - Koreya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi
elchisi
Mixails Popkovs - Latviya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi
elchisi
Amani Eletr - Misr Arab Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi
elchisi
Guseyn Rzakuli o‘g‘li
Guliev
- Ozarbayjon Respublikasining O‘zbekiston
Respublikasidagi elchisi
Irfan Yusuf Shami - Pokiston Islom Respublikasining O‘zbekiston
Respublikasidagi elchisi
Pyotr Ivashkevich - Polsha Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi
elchisi
Daniyar Batirovich
Sidikov
- Qirg‘iziston Respublikasining O‘zbekiston
Respublikasidagi elchisi
Yerik Miltiqbaevich
Utembaev
- Qozog‘iston Respublikasining O‘zbekiston
Respublikasidagi elchisi
Vladimir Lvovich
Tyurdenev
- Rossiya Federatsiyasining O‘zbekiston Respublikasidagi
elchisi
Sodik Imomi - Tojikiston Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi
elchisi
Shiri Akoylievich
Shiriev
- Turkmanistonning O‘zbekiston Respublikasidagi elchisi
Yuriy Vasilevich
Savchenko
- Ukrainaning O‘zbekiston Respublikasidagi elchisi
Chjan Ven Chuan - XXRning O‘zbekiston Respublikasidagi muvaqqat ishlar
vakili
Nabuaki Ito - Yaponiyaning O‘zbekiston Respublikasidagi elchisi
Milliy madaniy markazlar raislari
Do‘stlik jamiyati raislari
11:00 - 11:30 MA'RUZALAR
11:00 – 11:15 – “ Alisher Navoiy ijodining olamshumul ahamiyati”
Shuhrat Sirojiddinov, navoiyshunos, f.f.d., professor
11:15 – 11:30 – “Alisher Navoiy va islom”
Anvar qori Tursunov, navoiyshunos, Toshkent shahar bosh imom xatibi
11:30 – 11:55 – Navoiyxonlik
11:55 – 12:30 – Konsert dasturi (Munojot Yulchiyeva va Ilyos Arabov)
12:30 – 13:00 – Universitet bilan tanishuv
13:00 - 14:00 TUSHLIK
14:00-16:30 SHO‘BALAR YIG‘ILISHI
1-SHO‘BA: ALISHER NAVOIYNING ILMIY MEROSI VA MATNSHUNOSLIK
MASALALARI
Moderatorlar: A.Erkinov, D.Yusupova
2-SHO‘BA: ALISHER NAVOIYNING ADABIY MEROSI VA TARJIMAYI HOLI
BILAN BOG‘LIQ MASALALAR
Moderatorlar: N.Jabborov, B.Rajabova
3-SHO‘BA:
Moderatorlar:
ADABIY TA'SIR MASALALARI
B.Karimov, O.Juraboyev
4-SHO‘BA: ALISHER NAVOIY IJODINING JAHON TAMADDUNIDAGI
O‘RNI, SHOIR ASARLARINI XORIJIY TILLARGA TARJIMA
QILISH MASALALARI
Moderatorlar: Sh.Sirojiddinov, M. Xolbekov, N.Qambarov
5-SHO‘BA:
Moderatorlar:
ALISHER NAVOIY IJODINI O‘QITISH MUAMMOLARI
O.Madayev, B.Tuxliyev, Z.Mirzayeva
6-SHO‘BA: ALISHER NAVOIY IJODI VA O‘ZBEK TILSHUNOSLIGI
Moderatorlar: Q.Sodiqov, A.Quronbekov, I.Azimov
16:30-17:00 KONFERENSIYA YAKUNI

Жорий йилнинг 8 февраль куни Алишер Навоий номидаги Тошкент давлат ўзбек тили ва адабиёти университетида “Алишер Навоий ва ХХI аср” мавзусида Республика илмий-амалий анжумани бўлиб ўтди.

Буюк мутафаккир Мир Алишер Навоий таваллудининг 577 йиллиги мамлакатимизнинг барча ҳудудларида кенг тантана қилинмоқда. Алишер Навоий ўзининг пурҳикмат асарлари, сермазмун ҳаёт йўли, бетакрор илмий ва ижодий мероси билан жаҳон адабиёти, илм-фани ривожига муносиб ҳисса қўшган. Навоий ижоди асрлар оша башариятга эзгулик ва камолотдан сабоқ бериб келмоқда. Алоҳида қайд этиш жоизки, Алишер Навоий асарларини ўрганиш ва ўргатиш бугунги кунга келиб янги босқичга кўтарилди. Алишер Навоий номидаги Тошкент давлат ўзбек тили ва адабиёти университетининг ташкил  этилиши эса том маънода миллатимиз маънавиятига эътибор ва  эҳтиром натижасидир.

Университетда ташкил этилган мазкур анжуманда 15 дан ортиқ хорижий мамлакатларнинг юртимиздаги фавқулодда ва мухтор элчилари, миллий-маданий марказлар раҳбарлари, тилшунос ва адабиётшунос олимлар, кенг жамоатчилик вакиллари иштирок этишди. Анжуман Алишер Навоий ҳайкали пойига гул қўйиш маросими билан бошланди. Юртимиз ва хориждан ташриф буюрган меҳмонлар тантанали кутиб олинди.

Университет ректори, филология фанлари доктори, профессор Шуҳрат Сирожиддинов йиғилганларни буюк алломамиз таваллудининг 577 йиллиги билан қутлади. Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазири Иномжон Мажидов, Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Миллатлараро муносабатлар ва хорижий мамлакатлар билан дўстлик алоқалари Қўмитаси раиси ўринбосари Камолиддин Ишанходжаев, ЮНЕСКОнинг Ўзбекистондаги ваколатхонаси раҳбари Дендев Бадарч, Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси раиси Муҳаммад Али сўзга чиқиб, Навоий ижодини ўрганишга бўлган қизиқиш янада ошиб бораётганини, унинг асарлари оламшумул аҳамиятга эгалигини ва бутун дунё Навоий шахсига ҳурмат бажо этишининг боиси у илгари сурган ғоялар ҳеч қачон эскирмаслигида эканлигини эътироф этдилар.

Анжуман 6 та шўбада ўз ишини давом эттирди.