ARM yangiliklari

 

O‘zbekiston Respublikasidagi barcha 74 ta oliygohlarning ARM kitob fondidan, universitet ARM fondiga kerakli bo‘lgan adabiyotlardan 100 nusxadan sovg‘a tariqasida taqdim qilingan. Hozirda universitet ARM fondida badiiy adabiyotlar, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar 24.444 taga yetdi. Bundan tashqari dissertatsiyalar, avtoreferat, ilmiy jurnallar va gazetalar mavjud. Axborot resurs markazining avtomatlashtirilgan tizimi mavjud. ARM da 250.000 dan ortiq elektron shakldagi adabiyotlar va 3500 dan ortiq QR-kod shaklidagi adabiyotlar bor. Ularning 60 % badiiy adabiyotlar tashkil etadi.

Yaratilgan sharoitlar:

          Asosiy 37 o‘rinli o‘quv zalidan iborat, kompyuterlar jihozlangan ish o‘rni 60 ta barcha kompyuterlar internet tarmog‘iga ulanish uchun moslashtirilgan. Hozirda kitobxonlar a’zoligi 1.204 nafarni tashkil etadi.       

Co-working xonasi  – turli yo‘nalishda tahsil olayotgan talabalar hamkorlikda ishlash va dars tayyorlashi imkoniyatini taqdim etadigan joy. Universitet Co-working  xonasi 200 kishiga mo‘ljallangan bo‘lib, kechki 23.00 ga faoliyat olib boradi.

          TTJ da ham kutubxona tashkil etilgan. Kutubxona kun-u tun faoliyat yuritadi.

          Darsdan tashqari professor-o‘qituvchilar va ilmiy izlanuvchilalar ilmiy tadqiqot xonasi bor. Ixtiyoriy vaqtda kelib ilmiy ishlarga oid adabiyotlar, OAK blyutenlar va avtoreferat, monografiyalar bilan tanishish mumkin. 

BATAFSIL...>>>