Joriy etishga tayyor innovatsion ishlanmalar

Oʻzbek tilining xalqaro baholash tizimi UzLISA  (Uzbek Language International Standard of Assessment) yaratildi. Ushbu tizim ingliz tilining IELTS (International English Language Testing System), koreys tilining TOPIC (Test of Proficiency in Korean), yapon tilining JLPT (Japanese Language Proficiency Test) va boshqa tillarning baholash tizimlari bilan bir qatorda oʻzbek tili tarixida birinchi marta yoʻlga qoʻyilmoqda.

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti oʻqituvchilari Xabibullo Bakiyev, Gulruxsor Ergasheva va Odinaxon Saidahmedovalar tomonidan oʻzbek tilini bilish darajasini belgilab beruvchi xalqaro sertifikat UzLISA yaratildi. Sertifikat xodimlar tomonidan yaratilayotgan “OʻZBEGIM” (Oʻzbek tilini bosqichlashtirilgan eshitish, gapirish, imlo va mutolasi) nomli dasturga asoslanadi. Dasturni mukammal  va standartlarga mos ravishda oʻrganuvchilarga taqdim etish uchun ish davom etmoqda. Oʻzbegim dasturi 2018 yil yanvarь oyidan joriy etilishi rejalashtirilgan.