*

“Oltin bitiklar” jurnali

“Oltin bitiklar” jurnali tahririyat nizomi ishlab chiqilib, O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi Ommaviy axborot vositasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilib, Agentlikning № 0949-sonli guvohnomasini oldi.

Jurnalda umumturkiy, o‘zbek, Sharq adabiyoti va madaniyati namunalari,  manbashunoslik, matnshunoslik va matnchilik, adabiyotshunoslik hamda tarjimashunoslik tadqiqotlari, milliy tarix,  arxeologiya, etnografiya, antropologiya, numizmatika, madaniyatshunoslik bo‘yicha olib borilgan ilmiy izlanishlar natijalari  o‘zbek, ingliz va rus tillarida nashr etiladi.

Jurnallar yilda 4 marta chop etilishi rejalashtirilgan.

Hozirda jurnalda chop etilishi rejalashtirilayotgan ilmiy maqolalar to‘planmoqda.

 

 

“Oltin bitiglar” va “O‘zbekiston: til va madaniyat”jurnallari uchun taqdim qilinadigan maqolalarga qo‘yiladigan talablar

 

1. Maqolaning mazmuni, shakli va hamjmiga bo‘lgan umumiy talablar:

- jurnalga oldin e'lon qilinmagan, original ishlar qabul qilinadi

- maqola ilmiy uslubda yozilgan bo‘lishi kerak

- maqolaning hajmiga qo‘yiladigan talablar:

Adabiyotlar ro‘yxati hamda maqolaga ilova qilingan ma'lumotlarni hisobga olmaganda 15-25 sahifagacha. Agar maqolaning hajmi bundan katta bo‘lsa, u holda uni ikki yoki undan ortiq maqolaga bo‘lish tavsiya etiladi.

 

2. Maqolaning formati:

– Microsoft Office Word redaktorida

– “Times New Roman” shriftida

– asosiy matn –12 da

– interval 1,0

– yuqori va pastki hoshiya –2,5 sm; chap hoshiya –3 sm, o‘ng hoshiya –1,5 sm

– satr boshi (abzats) –1,25 sm.

 

3. Maqolaning tuzilishi:

 - muallifning familiyasi va initsiallari (quyuq shriftda, o‘rtada). Agar mualliflar birdan ortiq bo‘lsa, u holda quyidagicha yoziladi: Abduxoliqov A.A.1, Abdunabiev D.A.2

- muallif haqida ma'lumot: ilmiy daraja qisqartirilmagan shaklda; ilmiy unvon qisqartirilmagan shaklda; ish joyi to‘liq shaklda

- maqola nomi (katta harflarda, quyuq shriftda va o‘rtada)

- annotatsiya (olib borilgan tadqiqotning maqsad va vazifalari hamda uni amaliy qo‘llash imkoniyalari tavsifi). Annotatsiya hajmi 200-300 so‘z bo‘lishi kerak. Annotatsiya va kalit so‘zlar o‘zbek va ingliz tilida yoziladi.

- kalit so‘zlar – 7-8 so‘z.

- maqolaning asosiy matni

- foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati – kamida 20 manba bilan ta'minlangan bo‘lishi kerak.

 

4. Foydalanilgan adabiyotlarni shakllantirish

- Chikago havola usulining 2016 yilgi shakli asosida (Ilova qilinadi)

 

5. Grafik materiallar (jadval va rasmlar) tavsifli va yuqori sifatli bo‘lishi kerak.

Jadval:

- jadvalning nomi yoki tavsifi bo‘lishi kerak

- jadval maqola matni bilan bog‘langan va unda qayd etilgan bo‘lishi kerak

- jadvallarning raqami sanoq son bilan berilishi lozim. M.: Jadval 1, Jadval 2

- jadval katakchalaridagi matn bir xil shaklga (shrift, uning hajmi, tekislanganligi) ega bo‘lishi kerak

- agar jadval ichidagi matnga izoh berilgan bo‘lsa, izoh jadvaldan keyin kursiv yozuvda berilishi kerak.

 

Rasm:

- rasmning nomi yoki tavsifi bo‘lishi kerak

- rasm maqola matni bilan bog‘langan va unda qayd etilgan bo‘lishi kerak

- rasmlarning raqami sanoq son bilan berilishi lozim. M.: Rasm 1, Rasm 2

- rasm ma'lumot xarakteriga ega bo‘lishi kerak

- rasmga barcha illyustratsiyalar (sxema, foto, diagramma, grafik chizma va hk.) kiradi

- agar bir rasmning bir necha qismlari alohida ko‘rsatilgan bo‘lsa, ular alifbo harflari bilan belgilanadi

- rasmning alohida detallari raqami arab raqamlari bilan beriladi.

 

6. Maqola ichidagi havolalar:

- Chikago havola usulining 2016-yilgi shakli asosida (Ilovani ko'rish)