O‘zbek adabiyoti tarixi va folklor kafedrasi

  Kafedra mudiri:

Jabborov Nurboy Abdulhakimovich  

Tel: 

 Ilmiy darajasi: Professor

e-mail: elchi_bek@navoiy-uni.uz

 

Kafedra hozirgi O'zbekiston Milliy universiteti ta'sis etilgan 1918-yilda Adabiyot va falsafa kafedrasi sifatida tashkil topgan. Uni dastlab professor Abdurauf Fitrat, professor Abdurahmon Sa'diy, so‘ngra G‘.Karimov, A.Hojiahmedov, B.Qosimov, N.Jabborov, H.Boltaboyevlar boshqargan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 13-maydagi farmoniga asosan kafedra Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti tarkibida faoliyat ko’rsatmoqda. Ayni kezda kafedraga filologiya fanlari doktori, professor Nurboy Jabborov rahbarlik qilib kelmoqda. 

Kafedra o’z tarixi davomida turli tarkibiy o’zgarishlarga uchragan. Jumladan, 1993-yil tashkil topgan "Milliy uyg‘onish davri o‘zbek adabiyoti" va "Hozirgi o‘zbek adabiyoti" kafedralari birlashgach, har uchala yo‘nalish e'tiborga olinib, kafedra "Matnshunoslik, milliy uyg‘onish va hozirgi o‘zbek adabiyoti" deb nomlandi. 2016-yildan e’tiboran O’zbek adabiyoti tarixi va matnshunoslik nomi bilan yuritila boshlandi. 2018-yildan Adabiy manbashunoslik va matnshunoslik alohida kafedraga aylangach, O’zbek adabiyoti tarixi va folklor deb nomlandi.

Kafedra o‘zbek mumtoz adabiyoti va folklorining ilmiy-nazariy muammolari tadqiqi, xususan, adabiy-madaniy muhit haqidagi qarashlar va ularga munosabat, navoiyshunoslik va uning takomil bosqichlari, mumtoz poetika, tarixiy-adabiy jarayonning taraqqiyot qonuniyatlari, milliy uyg‘onish davri adabiyotining o‘ziga xos xususiyatlari hamda o'zbek xalq og'zaki ijodi  namunalarini to'plash, ilmiy o'rganish va nasr ettirish masalalariga ixtisoslashgan.

Kafedrada Munavvarqori, Fitrat, Abdulla Avloniy, Abdurahmon Sa'diy kabi olimlar adabiyotshunoslikka oid nazariy kurslardan dars berganlar. Ana shu an'ana va tajribalar natijasi o‘laroq G‘ulom Karimov mumtoz adabiyotimiz tarixi, Begali Qosimov o‘zbek milliy uyg‘onish adabiyotini tadqiq etish bo‘yicha ilmiy maktab yaratdilar. Bu ilmiy maktablar an'analari  bugungi kunda ham munosib davom ettirilmoqda.

Kafedrada 1 nafar akademik, 4 nafar fan doktori, shundan 1 nafari professor va 5 nafar fan nomzodi, shundan 3 nafari dotsent hamda 5 nafar o‘qituvchilar ilmiy, o‘quv, ta'lim-tarbiya muammolari bilan shug‘ullanadi. O’zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi Izzat Sulton, O’zbekiston Respublikasi fan arboblari G’ulom Karimov, Subutoy Dolimov, Begali Qosimov ilmiy-pedagogik faoliyatlati bevosita mazkur kafedra bilan aloqadordir. Ayni kezda akademik T.Mirzayev, professorlar N.Jabborov, A.Erkinov, Sh.Turdimov, J.Eshonqulov, dotsentlar K.Mullaxo’jayeva, D.Yusupova kabi adabiyotshunoslik va folklorshunoslik sohasida nafaqat respublikamiz va xorijda e'tirof etilgan olimlar kafedrada faoliyat ko’rsatmoqda.

Kafedraning asosiy ilmiy yoъnalishi “O'zbek mumtoz adabiyoti va folklorini ilmiy o'rganishga innovatsiyon tadqiq usullarini joriy etish muammolari” tarzida belgilangan.

Kafedrada uch ilmiy grant – 1 fundamental va 2 amaliy tadqiqot loyihalari ustida ilmiy izlanish olib borilmoqda.

  1. “ОТ-Ф1-030 “O‘zbek adabiyoti tarixi” ko‘p jildlik monografiyani (7 jild) chop etish” mavzuidagi fundamental grant. Loyiha rahbari: professor Sh.Sirojiddinov.

2. ПЗ-20170926459 – “Navoiyshunoslik tarixi (XX-XXI asrlar)” mavzuidagi amaliy grant. Loyiha rahbari: dotsent K.Mullaxo‘jaeva.

3. ПЗ-20170927147 – “Qadimgi davrlardan XXIII asrgacha bo‘lgan turkiy yozma manbalar tadqiqi”. Loyiha rahbari: dotsent A.Tilavov.

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti O’zbek adabiyoti tarixi va folklor  kafedrasi 2017-2018 o‘quv yilida O’zR FA Alisher Navoiy nomidagi o’zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, O’zR FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti, Navoiy Konchilik kolleji hamda “Tamaddun” nashriyoti bilan 5 yil muddatga korporativ hamkorlik shartnomasini imzolagan.

Hamkorlik shartnomalari asosida kafedrada ilmiy-metodik, o‘quv-uslubiy, malaka oshirish va tajriba almashish hamda ma’naviy-m’arifiy ishlar bo‘yicha yo‘l xaritasi ishlab chiqilgan.

Xalqaro ilmiy faoliyat: Kafedra professor-o'qituvchilari Xitoy Shinjong universiteti, Germaniya Bonn universiteti, Janubiy Koreya Seul Evroosiyo universiteti, Turkiya Ege universiteti, Mongoliya FA Til va adabiyot instituti, Ozarbayjon FA Adabiyot instituti, Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon madaniyat markazi bilan ilmiy tadqiqot va o'quv-uslubiy sohalarda hamkorlik qilib kelmoqda.

Kafedra tarkibi:

 

Adizova Iqboloy Istamovna​

Lavozimi: kafedra dotsenti

Mullaxo‘jaeva Karomat Tashxadjaevna

Lavozimi: kafedra dotsenti

 

Yusupova Dilnavoz Rahmonovna 

Lavozimi: Kafedra dotsenti

Matyoqubova Tozagul​

Lavozimi: Kafedra dotsenti

Ashurova Gulbahor  Nurullaevna ​

Lavozimi: Kafedra dotsenti

Amonov Shermuhammad Normurodovich

Lavozimi: Kafedra dotsenti

Tilavov Abdumurot

Lavozimi: Kafedra dotsenti

 

Hamraeva Orzigul  Jalolovna​

Lavozimi: kafedra o'qituvchisi

 

Tojiboeva Ozoda Tohirovna 

Lavozimi: kafedra o'qituvchisi

Madirimova Sohiba  Mahmudovna 

Lavozimi: kafedra o'qituvchisi

 

 

Kafedrada o‘qitiladigan fanlar:

Bakalavr ta’lim bosqichida o’qitiladigan fanlar:

  • O‘zbek adabiyoti tarixi
  • Tasavvuf va mumtoz poetika asoslari
  • Aruz vazni qoidalari va mumtoz poetika (tanlov)
  • Navoiyshunoslik
  • O’zbek adabiyoti
  • O’zbek poetikasi asoslari
  • O’zbek folklori
  • Folklor
  • O’zbek va jahon adabiyoti

Magistratura ta’lim bosqichida o’qitiladigan fanlar:

  • O’zbek mumtoz adabiyoti tarixi
  • Mumtoz tarixiy poetika
  • Adabiyotshunoslik tarixi
  • Jadid adabiyoti tarixi
  • Mumtoz adabiyotning asosiy yo’nalishlari
  • Folklor
  • Folklorshunoslik nazariyasi
  • Folklorshunoslikka kirish
  • O’zbek mifologiyasi
  • Folklor janrlari tarixiy taraqqiyoti
  • O’zbek folklorini o’qitish metodologiyasi va metodikasi
  • Xalq og’zaki ijodi poetikasi