Oʻzbek filologiyasi fakulteti

        

  Sarvar Abdullaev​​ Sobitovich

  Dekan:

  Sarvar Abdullaev​ Sobitovich

  Ilmiy darajasi: dotsent

 

  Qabul vaqti: 9.00 dan 17.30 gacha

Dekanat: +99890 3576974

Fakultetda faoliyat olib boradigan kafedralar:

 

 

Fakultet 1918-yil 12-may–Milliy univer­sitetga asos solingan kundan boshlab Adabiyot va falsafa (1918–1920), so‘ngra Sharq fakulteti (1921–1942), Tarix va filologiya (1942–1956), Filologiya (1956–1981-yillarda o‘zbek, rus hamda roman-german filologiyasi hamda jurnalistika bo‘­limlarini o‘z ichiga olgan), nihoyat, 1981-yildan O‘zbek filologiyasi fakul­teti nomi bilan faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Fakultet 2016-yil 13-mayda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ – 4797-sonli farmoni asosda qayta tashkil etildi. Fakultetda 5 ta kafedra mavjud bo‘lib, 40 ga yaqin pedagog-xodim, jumladan, 15 nafar fan doktori, 17 nafar fan nomzodi ilmiy va pedagogik faoliyat olib boradi.

Fakultet talabalariga universitet tashkil etilgan dastlabki yillarda Munavvarqori, Fitrat, Abdulla Avloniy, Abdurahmon Sa’diy kabi olimlar adabiyotshunoslik va tilshunoslikka oid nazariy kurslardan dars berganlar. Ana shu an’ana va tajribalar natijasi o‘laroq G‘ulom Karimov mumtoz adabiyotimiz tarixi, Ayyub G‘ulomov o‘zbek tilshunosligi, O‘zbekiston Qahramoni Ozod Sharafiddinov adabiy tanqid, Begali Qosimov o‘zbek milliy uyg‘onish adabiyotini tadqiq etish bo‘yicha ilmiy maktab yaratganlar. Bu ilmiy maktablar an’analari  bugungi kunda ham munosib davom ettirilmoqda.

Fakultet professor-o‘qituvchilari tilshunoslik va adabiyotshunoslik sohasida nafaqat respublikamizda, hatto chet mamlakatlarida ham e’tirof etilgan mutaxassislardir.

Fakultetda tahsil olib, ilmda yuksak natijalarga erishgan olimlar ko‘p. Jumladan, tilshunos va adabiyotshunos olimlar Izzat Sulton, Matyoqub Qo‘shjonov, Azim Hojiyev, Iristoy Qo‘chqortoyev va Baxtiyor Nazarov O‘zbekiston Fanlar akademiyasining akademigi etib saylangan. Sarvar Azimov, G‘ulom Karimov, Subutoy Dolimov, Matyoqub Qo‘shjonov, Ozod Sharafiddinov, Hafiz Abdusamatov, Laziz Qayumov, Naim Karimov, Begali Qosimov, Umarali Normatov va Abdug‘afur Rasulov O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi unvoniga sazovor bo‘lgan.

Mashhur yozuvchi va shoirlardan Oybek, Abdulla Qahhor, Odil Yoqubov, Saida Zunnunova, O‘lmas  Umarbekov, Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, Rauf Parfi, Shukur Xolmirzayev, Xudoyberdi To‘xtaboyev, O‘tkir Hoshimov va Oydin Hojiyeva ijod sirlarini shu dargohda o‘rgangan.

Fakultetda tahsil olganlardan uch nafari O‘zbekiston Qahramonlaridir. Ulardan biri –adabiyotshunos olim Ozod Sharafiddinov ko‘p yillar fakultetda adabiyot sirlaridan saboq bergan. O‘zbekiston xalq shoirlari – Abdulla Oripov va Erkin Vohidov nafaqat fakultet yoki universitet, balki butun O‘zbekiston faxridir. Fan, ta’lim va madaniyat rivojidagi ulkan xizmatlari uchun ularga O‘zbekiston Milliy universiteti faxriy doktori unvoni berilgan.

Fakultetning xalqaro aloqalari ham e’tirofga loyiq. Xitoy poytaxti Pekindagi Millatlar markaziy universitetida, Janubiy Koreyaning Pusan universitetida, Kiyev Milliy universitetida maxsus o‘zbek tili yo‘nalishlari ochilgan bo‘lib, fakultet professor-o‘qituvchilari mazkur nufuzli oliy ta’lim muassasalari talabalariga dars berib kelmoqda.

Bundan tashqari, Berlin Humboldt universiteti, Xitoyning Shinjong universiteti bilan yaqindan hamkorlik o‘rnatilgan.

 

Fakultetnin dolzarb vazifalari

  • talaba yoshlarni, o‘zbek tili va adabiyotining boy imkoniyatlaridan foydalangan holda, Vatanga muhabbat va sadoqat, umumbashariy qadriyatlarga hurmat ruhida, keng dunyoqarashga ega bo‘lgan va mustaqil fikrlaydigan, ma'naviy yetuk insonlar etib tarbiyalash; 
  • o‘zbek tili va adabiyoti, folklorining tarixan shakllangan adabiy, lingvistik maktablari va ta'limotlarini, mumtoz va zamonaviy metodlarini, buyuk ajdodlarimizning o‘zbek va jahon tilshunosligi rivojiga qo‘shgan hissasi, ularning ilmiy merosi, ona tilimizning xalqaro miqyosdagi o‘rni va nufuzi, uning boshqa tillar bilan aloqalari, o‘zbek tili va adabiyotining rivojlanish istiqbollari bilan bog‘liq ilmiy muammolarni tadqiq etish; 
  • o‘zbek tilining asl tabiati va xususiyatlarini to‘la aks ettiradigan mukammal akademik va o‘quv grammatikalarini yaratish, uning tovushlar tizimi va ularning yozuvda aks etishi, joriy imlo qoidalarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar tayyorlash, turli mavzu va yo‘nalishlar bo‘yicha lug‘at va qomuslar, risola va darsliklar yaratish. 

 

  1. Fakultet ilmiy tadqiqot ishlari mavzu ko‘lami va mundarijasi, sifat va samaradorligining universitet vazifalariga muvofiqligi:

 

1. O‘ZBEK ADABIYOTI TARIXI VA MATNSHUNOSLIK KAFEDRASI – O‘zbek adabiyoti tarixi, o‘zbek milliy uyg‘onish adabiyoti, xalq og‘zaki ijodi, matnshunoslik va adabiy manbashunoslik masalalari o‘rganiladi (Rahbar: R. Zohidov; Xodimlar: H. Boltaboyev, N. Rahmonov, K. Mullaxo‘jayeva, D. Yusupova, A. Erkinov, O. Hamrayeva, I. Ismoilov, S. Madrimova);

2. ADABIYOT NAZARIYASI VA ZAMONAVIY ADABIY JARAYON –

kafedrada jahon adabiyotshunosligida yetakchi metodlar, o‘zbek adabiyotshunosligida milliylik va janr muammolari; turkiy xalqlar adabiyotining mushtarak va xos xususiyatlari kabi ilmiy-nazariy yo‘nalishlar o‘rganiladi (Rahbar: B. Karimov; Xodimlar: A. Ulug‘ov, I. Yoqubov, U. Jo‘raqulov, U. Rasulova, M, Shoniyozov);

 

       3. O‘ZBEK TILSHUNOSLIGI KAFEDRASI – O‘zbek tilini lison-nutq tamoyili asosida tadqiq etish; hozirgi o‘zbek tilini sistem-struktur tadqiqi; tilning ijtimoiy-tarixiy dialektal taraqqiyoti; qadimgi turkiy til; eski o‘zbek adabiy tili leksikasi, terminologiyasi va leksikografiyasi; sotsiolingvistika; psixolingvistika; tillarning (o‘zbek, rus, ingliz) formal modellarini yaratish; turkiy tillar qiyosiy-tarixiy grammatikasi, taraqqiyot tendensiyalari; rus guruhlarida o‘zbek tilini o‘qitish muammolari kabi masalalar o‘rganiladi (Rahbar: B. Abdushukurov; Xodimlar: H. Dadaboyev, B. Mengliyev, M. Qurbonova, M. Rahmatov, B. Bahriddinova, );

 

        4. FOLKLORSHUNOSLIK VA DIALEKTOLOGIYA – o‘zbek folklorshunosligi va dialektalogiyasining dolzarb masalalarini o‘rganish, darsliklar, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar hamda folklor namunalarining nashrlarini tayyorlash kabi masalalar kafedraning asosiy ilmiy yo‘nalishini belgilaydi (Rahbar: SH. Turdimov; Xodimlar: J. Eshonqul, A. Tilavov, Z. Xidiraliyeva, I. Sayitqulov);

 

  1. Universitet ilmiy maktablari kesimida ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish va bajarishning samaradorligi

 

  1. O‘zbek adabiyoti tarixi va matnshunoslik kafedrasi

O`zbekiston Respublikasi fan arbobi, filologiya fanlari doktori, professor Begali Qosimovning o`zbek milliy uyg`onish adabiyotini o`rganish bo‘yicha ilmiy maktabi – O`zbek milliy uyg`onish adabiyotini o`rganish bo`yicha o`z tadqiqot tamoyillariga, o`ziga xos an’analariga ega bu ilmiy maktab faoliyati bugungi kunda ham izchil davom etmoqda.

  1. Adabiyot nazaryasi va zamonaviy adabiy jarayon

O‘zbekiston Qahramoni professor Ozod Sharafiddinovning o‘zbek adabiy tanqidchiligi ilmiy maktabi – Mustaqillikka erishilganidan keyin Ozod Sharafiddinov ilmiy-ijodiy faoliyatida yangi davr boshlandi. U munaqqid, tarjimon, publitsist sifatida g'oyatda samarali ijod qildi. Mazkur maktab an’analari bugungi kunda ham B. Karimov kabi mutaxassislar tomonidan muvaffaqqiyatli davom ettirilmoqda.

 

  1. O‘zbek tilshunosligi kafedrasi

Professor Ayyub G‘ulomovning ilmiy maktabi – ona tilimiz qurilishini mukammal tahlil va talqin qildi, turkiyshunoslikka munosib hissa qo‘shdi, O‘zbekistonda yirik va ilg‘or o‘zbek tilshunosligi maktabini yarata oldi. Mazkur ilmiy maktab bugungi kunda ham  B. Abdushukurov kabi olimlar tomonidan o‘zbek tilining turli sohalari bo‘yicha katta va jiddiy tadqiqotlarga asos bo‘lgan holda davom ettirilmoqda.

Fakultetning xalqaro aloqalari ham e’tirofga loyiq. Xitoy poytaxti Pekindagi Millatlar markaziy universitetida, Janubiy Koreyaning Pusan universitetida, Kiyev Milliy universitetida maxsus o‘zbek tili yo‘nalishlari ochilgan bo‘lib, fakultet professor-o‘qituvchilari mazkur nufuzli oliy ta’lim muassasalari talabalariga dars berib kelmoqda.

Bundan tashqari, Berlin Humboldt universiteti, Xitoyning Shinjong universiteti bilan yaqindan hamkorlik o‘rnatilgan.

 

  1. Ilmiy maktablarda vorisiylik va ularning xalqaro e'tirofi; kafedralarda faoliyatga sistemaviy yondashuv; tadqiqotlarni tashkil qilish usullari.

Yuqoirad sanalgan ilmiy maktablarning yutuqlari xalqaro miqyosda e'tirof etilgan. Professor B.Qosimov tadqiqotlari turk dunyosining umumma'naviy yutuqlaridan sanaladi. Professorlar N.Rahmonov, H.Boltaboev, H.Dadaboev, N.Jaborov, A.Erkinovlarning ilmiy qarashlari xalqaro ilmiy anjumanlarda e'tirof etilgan. 

  1. Ilmiy laboratoriyalarning mavjudligi, holati va ta'minoti

Fakultet kafedralari qoshida laboratoriyalar tashkil etish ishlari olib borilmoqda. Xususan, Lingvistik tadqiqotlar (O‘zbek tilshunosligi kafedrasi), Folklorshunoslik (Folklorshunoslik va dialektologiya kafedrasi), Hozirgi adabiy jarayonni kuzatish (Adabiyot nazariyasi va zamonaviy adabiy jarayon kafedrasi) kabilar shular jumlasidan. 

 

  1. Sohaviy va akademik ilmiy-tadqiqot muassasalari, korxonalar negizida ilmiy-tadqtiqotlarni tashkil etish

Fakultet RTM, “Akademnashr”, “Cho‘lpon”, “Tamaddun” nashriyotlari, “Ma'rifat”, “O‘zbekiston adabiyoti va san'ati”, “Kitob dunyosi” gazetalari, “Sharq yulduzi”, “Jahon adabiyoti”, “Yoshlik” jurnallari bilan hamkorlikda ularning buyurtmalari asosida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishadi.

 

  1. Tadqiqotlarni amalga oshirish metodlari.

- Ilmiy seminarlar

- Ilmiy-amaliy anjumanlar

- Fan to‘garaklari.