Oʻzbek-ingliz tarjima fakulteti

 
Raupova Laylo Raximovna

Fakultet  Dekani:

  Sayfullayev Anvar Islomovich

Telefon: +99871 2814736

e-mail : sayfullayev@navoiy-uni.uz

Ilmiy darajasi: 

-

Qabul vaqti: 9.00 dan 17.00 gacha
 

Ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha dekan muovini:

Xalilov Shokir Xurramovich

O'quv ishlari bo'yicha dekan muovini:

Nazarov Vahobjon Shamshiddinovich

 

Fakultet o'zbek-ingliz tarjima sohasi bo‘yicha quyidagi yo‘nalishlarda mutaxassislar tayyorlaydi:

 

5120900 - O'zbek-ingliz tarjima nazariyasi va amaliyoti  ta'lim yo'nalishi o'quv rejalari

1-kurs

2-kurs

3-kurs

Kafedralar:

Fakultetda 31 shtat birligida 30 nafar professor-o‘qituvchilar dars beradi. Shundan 24 nafari asosiy shtatda, 6 nafari o‘rindosh (5 nafar ichki, 1 nafar tashqi o‘rindosh). Ularning 2 nafari fan doktori, 3 nafari fan nomzodi, 1 nafari PhD, 3 nafari katta o‘qituvchi, 21 nafari o‘qituvchi. Ilmiy salohiyat 16.6 foizni tashkil etadi.

Fakultet talabalari haqida:

5120900 - O‘zbek-ingliz tarjima nazariyasi va amaliyoti ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 353 nafar talaba (bakalavr) tahsil oladi. Shundan 1-kurs 121 nafar (25 nafar davlat granti, 96 nafar to‘lov-kontrakt), 2-kurs 130 nafar (35 nafar davlat granti, 95 nafar to‘lov-kontrakt), 3-kurs 102 nafar (49 nafar davlat granti, 53 nafar to‘lov-kontrakt)

353 nafar talabaning 285 nafari qizlar, 68 nafar o‘g‘il bolalarni tashkil etadi.

 Fakultetning vazifalari:

  • ilmiy, badiiy va boshqa sohalardagi adabiyotlarni  o’zbek tilidan ingliz va boshqa xorijiy tillarga , shuningdek, jahon tillaridan ona tilimizga yuksak sifat va mahorat bilan tarjima qiladigan tarjimonlar tayyorlash;
  • talaba yoshlarni, o’zbek tili va adabiyotining boy imkoniyatlaridan foydalangan holda Vatanga muhabbat va sadoqat, umumbashariy qadriyatlarga hurmat ruhida, keng dunyoqarashga ega bo’lgan va mustaqil fikrlaydigan, ma’naviy yetuk insonlar etib tarbiyalash;
  • ona tilimizning Internet jahon axborot tarmog’ida munosib o’rin egallashini ta’minlash, uning kampyuter uslubini, o’zbek tili va dunyodagi  yetakchi xorijiy tillar asosida tarjima dasturlari va lug’atlar, elektron darsliklar yaratish bilan bog’liq ilmiy-metodik ishlanmalar, amaliy tavsiyalar tayyorlash va bu borada erishilgan natijalarni amaliyotga keng tatbiq etish.  

 

Fakultetda faoliyat olib borayotgan to‘garaklar:

Speaking Club

Interpretation Club

Readers’ Club

Movie Club

“ Lingua Cinema Club”

Creativ Writing Club

Sharq tillarida:

Arab va fors tillarini o‘rganish to‘garaklari

Adabiyotga oshno qalblar uchun “Hilol” to‘garaklarining muntazam faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Fakultetning xalqaro aloqalari: Buyuk Britaniyaning Aston universiteti, AQSHning Indiana, Kolorado va Chikago universitetlari, Yaponiyaning Tokio universitetlari.