Oʻzbek tili va adabiyoti fakulteti

 

Raupova Laylo Raximovna

Fakultet  Dekani:

  Raupova Laylo Raximovna

Telefon: +9989​0 961 9484

e-mail : dekanuzlit@navoiy-uni.uz

Ilmiy darajasi: 

  Filologiya fanlari doktori

Qabul vaqti: 9.00 dan 17.00 gacha

 

Ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha dekan muovini:

Norqo'ziyev Jamshid Sherpo'latovich

O'quv ishlari bo'yicha dekan muovini:

Do'sanov Komil Xalillayevich

Fakultet o‘zbek tili va adabiyoti sohasi bo‘yicha quyidagi yo‘nalishlarda mutaxassislar tayyorlaydi:

               Katta ilmiy xodim-izlanuvchi:  

10.00.01 – O‘zbek tili. O‘zbek adabiyoti.  

 

5111200 – O‘zbek tili va adabiyoti ta'lim yo'nalishi o'quv rejalari

1-kurs

2-kurs

3-kurs

4-kurs

O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti 1935-yilda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti (hozirgi TDPU) tarkibida tashkil etilgan. U dastlab “O‘zbek tili va adabiyoti” (1950) fakulteti deb nomlangan, keyin esa “Tarix-filologiya fakulteti”, 1968-yildan e'tiboran esa “Filologiya” fakulteti deb yuritila boshlandi. 1976-yilda uning negizida “O‘zbek va qozoq filologiyasi”, “Rus va tatar filologiyasi” fakultetlari tashkil topdi.

         Asos solingan kundan boshlab, respublika maktablari uchun O‘zbek tili va adabiyoti, Rus tili va adabiyoti, Qozoq tili va adabiyoti (1953), Tatar tili va adabiyoti (1968), Milliy maktablarda rus tili (1971), Rus maktablarida o‘zbek tili (1972-1981) mutaxassisliklari bo‘yicha o‘qituvchilar tayyorlandi. 

Fakultet tashkil qilinganidan beri uning turli kafedralarida respublikaning mashhur tilshunos, adabiyotshunos, sharqshunoslaridan O.Sharafiddinov, Maqsud Shayxzoda, O‘tkir Rashid, G‘.Abdurahmonov, M.Asqarova, N.Mallaev, S.Usmonov, M.Bekbergenov, H.Sulaymon, A.Shermatov, A.Boboxonov, T.Aydarov, T.Boboyev singari mashhur ustozlar ishladilar. Fakultet yurtimizning til va adabiyot sohasiga juda katta yozuvchilar, olimlar, jurnalistlarini yetkazib berdi. Ular orasida davlat va Respublika mukofoti sovrindorlari Hamid G‘ulom, Shuhrat, Mamarasul Boboyev, Mirmuhsin, Shukrullo, Zulfiya, Po‘lat Mo‘min, Vosit Sa'dulla, Zafar Diyor, Said Ahmad, Hakim Nazir, Turob To‘la, O‘ktam Usmonov, Xayriddin Saloh, Yusuf Shomansur, Nizom Komil singari 40 dan ziyod yozuvchi va shoirlar mavjud.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 13-maydagi 4797–sonli “Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq yangi tashkil qilingan universitet tarkibiga o‘tkazilib, “O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti” deb nomlandi.

Fakultetning asosiy vazifalari:

  • o‘zbek tili va adabiyotini, uning o‘ziga xos xususiyatlari, zamonaviy ta'lim texnologiyalarini chuqur o‘zlashtirgan, davr talablariga javob beradigan yuksak malakali pedagog kadrlar tayyorlash hisoblanadi;
  • talaba yoshlarni, o‘zbek tili va adabiyotining boy imkoniyatlaridan foydalangan holda, Vatanga muhabbat va sadoqat, umumbashariy qadriyatlarga hurmat ruhida, keng dunyoqarashga ega bo‘lgan va mustaqil fikrlaydigan, ma'naviy yetuk insonlar qilib tarbiyalash; 
  • umumta'lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari, oliy ta'lim muassasalarida o‘zbek tili va adabiyoti fanini o‘qitishning yangi va samarali metodlari bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borish, ilg‘or pedagogik texnologiyalarni keng joriy etish hisoblanadi. 

Hozirgi kunda fakultet tarkibida 5 ta kafedra mavjud bo‘lib, unda 40 nafarga yaqin professor-o‘qituvchilar, shundan: 6 nafar fan doktori, professor, 11 nafar fan nomzodi, dotsentlar faoliyat olib bormoqda.

 

Fakultetda faoliyat olib boradigan kafedralar:

  1. Universitet ilmiy maktablari kesimida ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish va bajarishning samaradorligi

filologiya fanlari doktori, professor M.Asqarova, professor S.Ashirboyev, professor N.Mahmudovlarning ilmiy maktablarining davomchilari bugungi kunda ham o‘z faoliyatlarini davom etmoqda.

     O‘zbek adabiyotini o‘qitishda  xorijiy tajribalarni olib kirish,  yangi texnologiyalar va zamonaviy  axborot vositalaridan foydalanish, dunyoning eng rivojlangan mamlakatlaridagi professional metodist o‘qituvchi -professorlari bilan xalqaro ilmiy - amaliy loyixalarni ishlab chiqish, xalqaro seminarlar tashkil etish va ushbu yo‘nalishda uzliksiz  hamkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish. Kafedrada quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha kadlar tayyorlanadi.

O‘zbek tili va adabiyoti ta’limiga axborot va zamonaviy texnologiyalarni tatbiq etish masalalari o‘rganilmoqda. O‘qitishning zamonaviy loyihalari ishlab chiqilmoqda.

 

  1. Ilmiy maktablarda vorisiylik va ularning xalqaro e'tirofi; kafedralarda faoliyatga sistemaviy yondashuv; tadqiqotlarni tashkil qilish usullari.

O‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasi kafedrasida faoliyat yuritayotgan professor A.Erkinov, f.f.n. Z.Mirzayeva xorijiy davlatlarning tajribalarini o‘quv jarayoniga tatbiq etishga o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shmoqdalar.

  1. Ilmiy laboratoriyalarning mavjudligi, holati va ta'minoti

Fakultet kafedralari qoshida psixologik tashxis laboratoriyalarni tashkil etish ishlari olib borilmoqda.

 

  1. Sohaviy va akademik ilmiy-tadqiqot muassasalari, korxonalar negizida ilmiy-tadqtiqotlarni tashkil etish

Fakultet RTM, “Akademnashr”, “Cho‘lpon”, “Tamaddun” nashriyotlari, “Ma'rifat”, “O‘zbekiston adabiyoti va san'ati”, “Kitob dunyosi” gazetalari, “Sharq yulduzi”, “O‘zbek tili va adabiyoti”, “Til va adabiyot ta’limi” jurnallari bilan hamkorlikda ularning buyurtmalari asosida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishadi.

 

  1. Tadqiqotlarni amalga oshirish metodlari.

- Ilmiy seminarlar

- Ilmiy-amaliy anjumanlar

- Fan to‘garaklari.