Oʻzbek tili va adabiyotini o'qitish fakulteti

 

Abdushukurov Baxtiyor Bo‘ronovich

  Dekan:

  Abdushukurov Baxtiyor Bo‘ronovich

Tel: +99897 7325358​

  Ilmiy darajasi: 

  Filologiya fanlari doktori

dekanuzlit@navoiy-uni.uz

  Qabul vaqti: 9.00 dan 17.00 gacha

Dekаnаt: +99897 7325358

Fakultetda faoliyat olib boradigan kafedralar:

 

Fakultet o‘zbek tili va adabiyoti sohasi bo‘yicha quyidagi yo‘nalishlarda mutaxassislar tayyorlaydi:

  •      5111200 – O‘zbek tili va adabiyotini o’qitish  
  •      5А 111201 – O‘zbek tili va ada (o‘zbek adabiyoti)

               Katta ilmiy xodim-izlanuvchi:  

10.00.01 – O‘zbek tili. O‘zbek adabiyoti.  

O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti 1935-yilda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti (hozirgi TDPU) tarkibida tashkil etilgan. U dastlab “O‘zbek tili va adabiyoti” (1950) fakulteti deb nomlangan, keyin esa “Tarix-filologiya fakulteti”, 1968-yildan e'tiboran esa “Filologiya” fakulteti deb yuritila boshlandi. 1976-yilda uning negizida “O‘zbek va qozoq filologiyasi”, “Rus va tatar filologiyasi” fakultetlari tashkil topdi.

         Asos solingan kundan boshlab, respublika maktablari uchun O‘zbek tili va adabiyoti, Rus tili va adabiyoti, Qozoq tili va adabiyoti (1953), Tatar tili va adabiyoti (1968), Milliy maktablarda rus tili (1971), Rus maktablarida o‘zbek tili (1972-1981) mutaxassisliklari bo‘yicha o‘qituvchilar tayyorlandi. 

Fakultet tashkil qilinganidan beri uning turli kafedralarida respublikaning mashhur tilshunos, adabiyotshunos, sharqshunoslaridan O.Sharafiddinov, Maqsud Shayxzoda, O‘tkir Rashid, G‘.Abdurahmonov, M.Asqarova, N.Mallaev, S.Usmonov, M.Bekbergenov, H.Sulaymon, A.Shermatov, A.Boboxonov, T.Aydarov, T.Boboev singari mashhur ustozlar ishladilar. Fakultet yurtimizning til va adabiyot sohasiga juda katta yozuvchilar, olimlar, jurnalistlarini yetkazib berdi. Ular orasida davlat va Respublika mukofoti sovrindorlari Hamid G‘ulom, Shuhrat, Mamarasul Boboev, Mirmuhsin, Shukrullo, Zulfiya, Po‘lat Mo‘min, Vosit Sa'dulla, Zafar Diyor, Said Ahmad, Hakim Nazir, Turob To‘la, O‘ktam Usmonov, Xayriddin Saloh, Yusuf Shomansur, Nizom Komil singari 40 dan ziyod yozuvchi va shoirlar mavjud.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 13-maydagi 4797–sonli “Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq yangi tashkil qilingan universitet tarkibiga o‘tkazilib, “O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti” deb nomlandi.

Fakultetning asosiy vazifalari:

  • o‘zbek tili va adabiyotini, uning o‘ziga xos xususiyatlari, zamonaviy ta'lim texnologiyalarini chuqur o‘zlashtirgan, davr talablariga javob beradigan yuksak malakali pedagog kadrlar tayyorlash hisoblanadi;
  • talaba yoshlarni, o‘zbek tili va adabiyotining boy imkoniyatlaridan foydalangan holda, Vatanga muhabbat va sadoqat, umumbashariy qadriyatlarga hurmat ruhida, keng dunyoqarashga ega bo‘lgan va mustaqil fikrlaydigan, ma'naviy yetuk insonlar etib tarbiyalash; 

-         umumta'lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari, oliy ta'lim muassasalarida o‘zbek tili va adabiyoti fanini o‘qitishning yangi va samarali metodlari bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borish, ilg‘or pedagogik texnologiyalarni keng joriy etish hisoblanadi 

Hozirgi kunda fakultet tarkibida 5 ta kafedra mavjud bo‘lib, unda 40 nafarga yaqin professor-o‘qituvchilar, shundan: 6 nafar fan doktori, professor, 11 nafar fan nomzodi, dotsentlar faoliyat olib bormoqda.

 

      1. O‘ZBEK  TILINI O’QITISH METODIKASI  KAFEDRASI – Uzluksiz ta’lim bosqichlarida hozirgi o‘zbek adabiy tili, yozma nutq me’yorlari, semasiologiya, ritorika, o‘zbek tilini o’qitish metodikasining nazariy  masalalari o‘rganiladi (Rahbar: Z.Xolmonova; xodimlar: D.Lutfullayeva, M.Saparniyazova, N.Ahmedova, N.Sayidirahimova, T.Yusupova, Z.Jo‘raboyeva);

      2. O‘ZBEK ADABIYOTINI  O’QITISH METODIKASI KAFEDRASI

Uzluksiz ta’lim bosqichlarida o‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasi, adabiyot ta’limining nazariy masalalari, adabiy jarayon hamda adabiy tanqidchilik muammolari, o‘zbek  adabiyotini xorijiy tajribalar asosida o‘rganishga ixtisoslashgan. Ushbu kafedrada o‘zbek adabiyoti va uni o‘qitishning nazariy va amaliy muammolari, xususan adabiyotshunoslik, matnshunoslik, adabiy matnni anglash va anglatish ko‘nikmalarini xosil qilish, o‘zbek adabiyoti va uni o‘qitish metodikasi masalalari yuzasidan talabalarga dunyoning eng rivojlangan mamlakatlari   tajribalari asosida  bilim beriladi. 

i (Rahbar: Z.Mirzayeva; xodimlar: R.Niyazmetova, T.Matyoqubova, G.Ashurova, G.Jo‘rayeva,H.Jo‘rayeva )

      3. TILSHUNOSLIKDA AXBOROT VA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGILAR– Tilshunoslikni, xususan, o‘zbek tilshunosligini o‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish,o‘zbek tilini o‘qitishda qo‘llaniladigan axborot texnologiyalari o‘rganiladi (Rahbar: S.Muhamedova; xodimlar: Y.Eshmatova)

      4. PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA KAFEDRASI – o’zbek tili va adabiyoti pedagogik  va psixologik bilimlardan samarali foydalanish hamda ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi. Talabalarga pedagogika va psixologiya fanlaring nazariy asoslari va tarixi, ta’lim tarbiya masalalari doirasida bilim beriladi.

 (Rahbar: N.Egamberdiyeva; xodimlar: B.Botirov, B.Qodirov, N.Mirsagatova, D.Saidova );

 

  1. Universitet ilmiy maktablari kesimida ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish va bajarishning samaradorligi

 

      1) O‘ZBEK  TILINI O’QITISH METODIKASI  KAFEDRASI -filologiya fanlari doktori, professor M.Asqarova, professor S.Ashirboyev, professor N.Mahmudovlarning ilmiy maktablarining davomchilari bugungi kunda ham o‘z faoliyatlarini davom etmoqda.

      2) O‘ZBEK ADABIYOTINI  O’QITISH METODIKASI KAFEDRASI O‘zbek adabiyotini o‘qitishda  xorijiy tajribalarni olib kirish,  yangi texnologiyalar va zamonaviy  axborot vositalaridan foydalanish, dunyoning eng rivojlangan mamlakatlaridagi professional metodist o‘qituvchi -professorlari bilan xalqaro ilmiy - amaliy loyixalarni ishlab chiqish, xalqaro seminarlar tashkil etish va ushbu yo‘nalishda uzliksiz  hamkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish. Kafedrada quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha kadlar tayyorlanadi.

      3) TILSHUNOSLIKDA AXBOROT VA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGILAR

Tilshunoslikka axborot va zamonaviy texnologiyalarini tatbiq etish masalalari o‘rganilmoqda.

 

  1. Ilmiy maktablarda vorisiylik va ularning xalqaro e'tirofi; kafedralarda faoliyatga sistemaviy yondashuv; tadqiqotlarni tashkil qilish usullari.

O‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasi kafedrasida faoliyat yuritayotgan professor A.Erkinov, f.f.n. Z.Mirzayeva xorijiy davlatlarning tajribalarini o‘quv jarayoniga tatbiq etishga o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shmoqdalar.

  1. Ilmiy laboratoriyalarning mavjudligi, holati va ta'minoti

Fakultet kafedralari qoshida psixologik tashxis laboratoriyalarni tashkil etish ishlari olib borilmoqda.

 

  1. Sohaviy va akademik ilmiy-tadqiqot muassasalari, korxonalar negizida ilmiy-tadqtiqotlarni tashkil etish

Fakultet RTM, “Akademnashr”, “Cho‘lpon”, “Tamaddun” nashriyotlari, “Ma'rifat”, “O‘zbekiston adabiyoti va san'ati”, “Kitob dunyosi” gazetalari, “Sharq yulduzi”, “O‘zbek tili va adabiyoti”, “Til va adabiyot ta’limi” jurnallari bilan hamkorlikda ularning buyurtmalari asosida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishadi.

 

  1. Tadqiqotlarni amalga oshirish metodlari.

- Ilmiy seminarlar

- Ilmiy-amaliy anjumanlar

- Fan to‘garaklari.