Oʻzbek tilishunosligi kafedrasi

Жабборов Зафар Абдукаримович - ўқув ишлари бўйича декан муовини

 Kafedra mudiri: Qurbonova Muhabbat Matyoqubovna

  Phone: 

Ilmiy darajasi:

Filologiya fanlari doktori

  e-mail:  qurbonova2007@mail.ru

 

Tayyorlanadigan yo‘nalishlari:
         2016-yildan tayyorlanadigan bakalavr yo‘nalishi:
5120100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili)

         2016-yildan tayyorlanadigan magistratura yo‘nalishi:
5A120102 – Lingvistika (o‘zbek tili)

Kafedra tarixi
2016 yildan “O‘zbek tilshunosligi” va “Til nazariyasi va amaliyoti” kafedralari birlashtirildi.

1942 yildan “O‘zbek tilshunosligi”
Kafedrani boshqarganlar:

dotsent T.Ibrohimov
professor A.G‘ulomov
professor K.Nazarov
professor Yo.Tojiyev
professor R.Sayfullayeva
Professor B.Mengliyev
Professor M.Qurbonova
1968-yildan “Til nazariyasi va amaliyoti”

Kafedrani boshqarganlar:

f.f.d., professor Shavkat Rahmatullayev (1968-1993)           
f.f.n., dotsent Muhammadjon Qodirov (1993-1996)
f.f.n., dotsent Havvoxon Qahhorova (1996-1998)
f.f.d., Aziz Jo‘rayev (1998-2000)
f.f.d., professor Hamidulla Dadaboyev (2000-2012)
f.f.n., dotsent Baxtiyor Abdushukurov (2012-2015)
 

O‘zbek tilshunosligi kafedrasining bugungi tarkibi

Kafedra mudiri

Qurbonova Muhabbat Matyoqubovna

Kafedra professorlari:  

Hamidulla Dadaboyev
Baxtiyor Mengliyev
Muhabbat Qurbonova
Abdulhay Sobirov

Qurbonova Munavvara

Kafedra dotsentlari:
Mardon Rahmatov
To‘lqin Tog‘ayev

Gulbahor Iskandarova 

Kafedra o‘qituvchilari:

Eldor Asanov
Durdona Mahkamova

Kafedra assistentlari:

Oqila Abdullayeva
 
Joylashgan o‘rni:

O‘zbek filologiyasi fakulteti, Yakkasaroy tumani, O‘qituvchi ko‘chasi, 103.

3-qavat

Kafedra haqida umumiy ma'lumot

2007-2008-o‘quv yilida professor M.Qurbonova “Iste'dod” grantini qo‘lga kiritib, Malayziyaning MARA Texnologiyalar universitetida malaka oshirib qaytdi.

Kafedrada har ikki yilda “Tilshunoslikning dolzarb masalalari” mavzusidagi respublika ilmiy anjumani tashkil etiladi. 2001-yildan buyon “Lingvist” to‘garagi faoliyat yuritib, 2008-yildan uning to‘plami nashr qilib kelinadi. 2002-yildan e'tiboran 2 mingdan ziyod kitob va jurnaldan iborat “Professor Shamsuddin Shukurov fondi” faoliyat ko‘rsatmoqda. Ushbu fond yangi adabiyotlar hisobiga muttasil to‘ldirib borilmoqda.

Kafedra bugungi kungacha bir qancha muhim yutuqlarga erishgan: 

- 2013-2014 va 2014-2015-o‘quv yillarida kafedra iqtidorli talabasi L.Abduhamidova O‘zbek tili va adabiyoti fani bo‘yicha Respublika olimpiadasi g‘olibi bo‘ldi;

- 2015-2016- o‘quv yillarida kafedra iqtidorli talabasi O.Nurullaeva O‘zbek tili va adabiyoti fani bo‘yicha Respublika olimpiadasi g‘olibi bo‘ldi;

Kafedra dotsenti M.A.Qurbonova 2018 – yilda “ O’zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi”  I Respublika tanlovida o’z innovatsion loyihasi bilan g’olib bo’ldi.

 

Kafedrada o‘qitiladigan  fanlar:

  • Tilshunoslik nazariyasi. 
  • Hozirgi o‘zbek tili. 
  • Til tarixi
  • O’zbek tilshunosligi tarixi(tanlov fan)
  • O‘zbek tili tarixi.
  • Hozirgi o’zbek adabiy tili
  • Tilshunoslikka kirish
  • Qadimgi turkiy yozuvlar(tanlov fan)
  • Sotsiolingvistika.
  • Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi.
  • Matn tilshunosligi
  • Nazariy tilshunoslik masalalari
  • Pragmalingvistika.
  • Psixolingvistika.