"O'zbekiston-AQSH" do'stlik jamiyati

“O‘zbekiston - AQSh” do‘stlik jamiyatining  faoliyati to‘g‘risida
Ma'lumotnoma

     «O‘zbekiston-AQSh» do‘stlik jamiyati 24-mart 1999-yilda ta'sis etilgan. 1999-yil  3-iyunda Adliya vazirligidan ro‘yxatdan o‘tkazilib, №367sonli guvohnoma berilgan. "O‘zbekiston-AQSh" do‘stlik jamiyati a'zolari yangi tarkibining birinchi yig‘ilishi 20171yil 11mart sanasida o‘tkazildi. Jamiyatning yangi tarkibiga filologiya fanlari doktori , professor Sirojiddinov Shuhrat Samariddinovich rais etib saylandi.  

Jamiyat har ikkala mamlakat o‘rtasidagi do‘stlik aloqalarini mustahkamlash, Amerika va o‘zbek xalqining turmush tarzini o‘rganish, madaniyat ilm-fan, ta'lim sohasida fikr va tajriba almashtirish, jamiyatda ayollarning tutgan o‘rnini o‘rganish yo‘nalishlari bo‘yicha ish olib bordi. 

Jamiyatning turdosh AQSh ning Nyu – York shahrida “AQSh va Kanada Buxoro  yaxudiylari  kongressi”, Nyu Jersi shahrida “Amerika Turkistonliklari  Assotsiatsiyasi” kabi  hamkor tashkilotlari mavjud.