*

"O'zbekiston: til va madaniyat" jurnali

 

“O‘zbekiston: til va madaniyat” jurnali O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi Ommaviy axborot vositasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilib, Agentlikning № 0936-sonli guvohnomasini oldi.

  Jurnal O‘zbekiston Respublikasi va jahonda yuz berayotgan ijtimoiy-siyosiy, madaniy, ma'rifiy yangiliklarni til, adabiyot nuqtayi nazaridan tahlil qilish, shuningdek, tilshunoslik, adabiyotshunoslik, pedagogik metodika, madaniy antropologiya, madaniyatshunoslik, tarix, sotsiologiya, dinshunoslikdagi tadqiqot natijalarini o‘zbek, ingliz va rus tillarida yoritib borishga mo‘ljallangan. 

 “O‘zbekiston: til va madaniyat” jurnali uchun taqdim qilinadigan maqolalarga qo‘yiladigan talablar

 

1. Maqolaning mazmuni, shakli va hamjmiga bo‘lgan umumiy talablar:

- jurnalga oldin e'lon qilinmagan, original ishlar qabul qilinadi

- maqola ilmiy uslubda yozilgan bo‘lishi kerak

- maqolaning hajmiga qo‘yiladigan talablar:

Adabiyotlar ro‘yxati hamda maqolaga ilova qilingan ma'lumotlarni hisobga olmaganda 15-25 sahifagacha. Agar maqolaning hajmi bundan katta bo‘lsa, u holda uni ikki yoki undan ortiq maqolaga bo‘lish tavsiya etiladi.

 

2. Maqolaning formati:

– Microsoft Office Word redaktorida

– “Times New Roman” shriftida

– asosiy matn –12 da

– interval 1,0

– yuqori va pastki hoshiya –2,5 sm; chap hoshiya –3 sm, o‘ng hoshiya –1,5 sm

– satr boshi (abzats) –1,25 sm.

 

3. Maqolaning tuzilishi:

 - muallifning familiyasi va initsiallari (quyuq shriftda, o‘rtada). Agar mualliflar birdan ortiq bo‘lsa, u holda quyidagicha yoziladi: Abduxoliqov A.A.1, Abdunabiev D.A.2

- muallif haqida ma'lumot: ilmiy daraja qisqartirilmagan shaklda; ilmiy unvon qisqartirilmagan shaklda; ish joyi to‘liq shaklda

- maqola nomi (katta harflarda, quyuq shriftda va o‘rtada)

- annotatsiya (olib borilgan tadqiqotning maqsad va vazifalari hamda uni amaliy qo‘llash imkoniyalari tavsifi). Annotatsiya hajmi 200-300 so‘z bo‘lishi kerak. Annotatsiya va kalit so‘zlar o‘zbek va ingliz tilida yoziladi.

- kalit so‘zlar – 7-8 so‘z.

- maqolaning asosiy matni

- foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati – kamida 20 manba bilan ta'minlangan bo‘lishi kerak.

 

4. Foydalanilgan adabiyotlarni shakllantirish

- Chikago havola usulining 2016 yilgi shakli asosida (Ilova qilinadi)

 

5. Grafik materiallar (jadval va rasmlar) tavsifli va yuqori sifatli bo‘lishi kerak.

Jadval:

- jadvalning nomi yoki tavsifi bo‘lishi kerak

- jadval maqola matni bilan bog‘langan va unda qayd etilgan bo‘lishi kerak

- jadvallarning raqami sanoq son bilan berilishi lozim. M.: Jadval 1, Jadval 2

- jadval katakchalaridagi matn bir xil shaklga (shrift, uning hajmi, tekislanganligi) ega bo‘lishi kerak

- agar jadval ichidagi matnga izoh berilgan bo‘lsa, izoh jadvaldan keyin kursiv yozuvda berilishi kerak.

 

Rasm:

- rasmning nomi yoki tavsifi bo‘lishi kerak

- rasm maqola matni bilan bog‘langan va unda qayd etilgan bo‘lishi kerak

- rasmlarning raqami sanoq son bilan berilishi lozim. M.: Rasm 1, Rasm 2

- rasm ma'lumot xarakteriga ega bo‘lishi kerak

- rasmga barcha illyustratsiyalar (sxema, foto, diagramma, grafik chizma va hk.) kiradi

- agar bir rasmning bir necha qismlari alohida ko‘rsatilgan bo‘lsa, ular alifbo harflari bilan belgilanadi

- rasmning alohida detallari raqami arab raqamlari bilan beriladi.

 

6. Maqola ichidagi havolalar:

- Chikago havola usulining 2016 yilgi shakli asosida (Ilova qilinadi)