Sirtqi ta'lim

Bo'lim boshlig'i: 

Сhiniqulov  Nurmurod  Jumamurodovich

Telefon: +998977012348

e-mail: nurmurod2203@mail.ru

Ilmiy darajasi: 

filologiya fanlari nomzodi, dotsent

Qabul vaqti: Dushanba va juma kunlari 9.00 dan 17.00

Sirtqi ta’limni tashkil etish

Sirtqi ta’lim O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-noyabrdagi “Oliy ta’lim muassasasida sirtqi (maxsus sirtqi) va kechki (smenali) ta’limni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 930-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasasida sirtqi (maxsus sirtqi) ta’limni tashkil etish tartibi to‘g‘risida  NIZOM” asosida tashkil etiladi.

        

Talabalar kontingenti

Sirtqi ta’lim shakli universitetda 2018-2019-o‘quv yilidan joriy etilgan.

1-kursda  “5111200-O‘zbek tili va adabiyoti” ta’lim yo‘nalishi (bakalavriyat) 100 nafar; 

2-kursda “5111200-O‘zbek tili va adabiyoti” ta’lim yo‘nalishi (bakalavriyat ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha) 11 nafar talaba tahsil oladi.

Professor-oqituvchilar

Universitetdagi “Leksikografiya va dialektologiya”, “O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish metodikasi”, “Axborot va zamonaviy pedagogik texnologiyalar”, “O‘zbek adabiyoti tarixi va folklorshunoslik”, “O‘zbek tilshunosligi”, “Xorijiy tillar”, “Sharq tillari”, “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedralarida faoliyat ko‘rsatayotgan tajribali 29 nafar professor-o'qituvchilar (ulardan 6 nafari fan doktori, professor, 12 nafari fan nomzodi, dotsent, 4 nafari katta o‘qituvchi, 7 nafari o‘qituvchi) dars mashg‘ulotlarini olib boradi.