Yosh tarjimon ijodxonasi

 “Yosh tarjimon ijodxonasi” to‘garagi

Bugungi kunda “O‘zbek-ingliz tarjima” fakultetida “Yosh tarjimon ijodxonasi” to‘garagi faoliyat yuritmoqda. To‘garak a'zolari har bir yil uchun alohida loyiha asosida mashg‘ulotlar rejasini shakllantirgan. To‘garak doirasiga ikkinchi bosqich talabalaridan 20 kishi, birinchi bosqichdan esa 18 nafar talaba jalb qilingan. Ikkinchi bosqich talabalariga tarjimashunos  olima f.f.n. G.K.Odilova  rahbarlik qiladi. Birinchi bosqich talabalari bilan kafedra o‘qituvchisi A.N.Axmedova mashg‘ulotlar olib boradi. To‘garakning ishlab chiqilgan rejasi bo‘yicha 1 oyda bir marta umumiy yig‘ilish va haftada bir marta amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilib boriladi. Bir oyda o‘tkaziladigan yig‘ilishga tarjima sohasida ish olib boradigan taniqli tarjimonlar va tarjimashunos olimlar taklif etiladi. Mazkur yilda to‘garakka tarjimon Azam Obidov tashrif buyurdi va she'riy tarjima hamda tarjima jarayonida duch keladigan ba'zi qiyinchiliklarni tushuntirib, izohlab berdi.

To‘garak raxbari G.K.Odilova iqtidorli talabalarni taniqli tarjimon Qosimjon Ma'murovning uyiga ijodiy uchrashuvga olib bordi. Uchrashuv mavzusi Alisher Navoiy g‘azallari tarjimasining o‘ziga xosligi va tarjima jarayonida mutarjim nimalarga e'tibor berishi kerakligi xususida bo‘lganligi sababli tushunchalar berdi. Shuningdek 2018 yilning yanvar oyidan boshlab Amerikalik mashxur muharir va tarjimon, “Jasmania” nashriyoti rahbari va “Fenix” xalqaro jurnali muxarriri  Kambon Oboyani bilan onlayn tarzda tarjima sohasida fikr almashiniladi. Ya'ni to‘garak a'zolari o‘zbek adabiyotidan namunalarni ingliz tiliga tarjima qilib, o‘z tarjimalarini elektron shaklda muxarrirga jo‘natishadi va muharrir taxrir qilgandan so‘ng onlayn suxbat jarayonida yo‘l qo‘yilgan hatoliklarni izohlab tushuntirib beradi. Tarjimon o‘z tajribasi asnosida talabalarga tushuntirish o‘tkazib boradi. Shu sababli, o‘tkazilayotgan video suhbatlardan talabalar juda ko‘p o‘zlariga kerakli ma'lumotlar olishadi. 2016-2017 yil o‘quv yilida to‘garakka yangi tashkil etilgan yo‘nalish “O‘zbek ingliz tarjima nazariyasi va amaliyoti”ning birinchi bosqichida tahsil olayotgan 30 dan ziyod iqtidorli talaba jalb etildi. Talabalarning bir yillik ijodiy mashqlari sarhisobi sifatida bolalar shoiri Anvar Obidjon she'rlarining ingliz tiliga tarjimalaridan iborat “Shirin tush”(“Sweet dream”) to‘plami, iqtidorli talabamiz A.Ahunjanova tomonidan yozuvchi To‘lqin Nurmuhammadning “Diaglessa” qissasi  ingliz tiliga tarjimalari chop etildi. Umidli yosh tarjimon talabamiz Usmonova Nilufarning fransuz jurnalisti va yozuvchisi Jan Domenik Bobining “Skafandr va Kapalak” asari tarjimasi “Jahon adabiyoti jurnalining 2017 yil sonlarida chop etildi. Shuningdek, universitetimizdagi “Yosh olimlar jamiyati” va “Yosh tarjimonlar ijodxonasi” to‘garagi hamkorligida “Jahon xalq ertaklari” ingliz tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilinib chop etildi. Atoqli o‘zbek shoiri Erkin Vohidovning eng sara she'rlari tarjimalaridan iborat “Tong lavhasi”(Scene of morning) kitobi universitetimizda faoliyat yuritayotgan tarjimonlar Sh.Mustanova, G.Odilova va taniqli tarjimon A'zam Obidovlar tomonidan “Nihol” nashriyotida chop etildi. Bugungi kunda ham “Yosh tarjimonlar ijodxonasi” to‘garagida ish qizg‘in bu yil to‘garak a'zolari tomonidan “O‘zbek bolalar she'riyati antalogiyasi” va “O‘zbek bolalar nasri antalogiyalarini tarjima qilib nashr ettirish rejalashtirilgan. Shuningdek, jahon adabiyotining eng sara durdonalaridan iborat o‘ndan ziyod asar ingliz tilidan o‘zbekchaga tarjima qilinmoqda.