Zarur hujjatlar

1. Abiturient hujjatlarini qaytarib olish

2. Test topshirish qoidalari

3. ToshDO‘TAU ga o‘qishga kirish uchun hujjatlar ro‘yxati:

Bakalavriat yo‘nalishi uchun abituriyentlarning arizalari 15-iyundan 15- iyulgacha qabul qilinadi. Abituriyentlar qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni topshiradilar:

- ta'lim yo‘nalishi, tili va shaklini ko‘rsatgan holda ta'lim muassasasi rektori nomiga ariza;

- o‘rta (11-sinf negizida) va o‘rta maxsus, kasbiy ma'lumot haqidagi hujjatning asli;

- 086/U shaklidagi tibbiy ma'lumotnoma;

- pasport nusxasi (16 yoshga to‘lmaganlar tug‘ilganligi haqida guvohnoma nusxasi);

- tanlovda ishtirok etmasdan o‘qishga kirish huquqini beradigan xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari va musobaqalari g‘oliblari uchun g‘olibligini tasdiqlovchi hujjatning asli;

- O‘zbekiston Respublikasi Harbiy kuchlarida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan fuqarolar uchun harbiy qismdan o‘qishga kirish uchun olingan o‘rnatilgan shakldagi tavsiyanoma. Pasport va harbiy majburiyat haqidagi hujjat shaxsan ko’rsatiladi.