ARM yangiliklari

      O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 25 yillik bayrami munosabati bilan chop etilgan “O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi: zamon bilan hamqadam  ” albomi sovg‘a sifatida ToshDO‘TAU Axborot-resurs markaziga taqdim qilindi.

  

_____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

      Kitobda O‘zbekiston  Milliy teleradiokompaniyasi  mustaqil davlatimizning  xalqaro  miqyosidagi  siyosiy  o‘rni va  nufuzini  hamda  yurtimizda  amalga  oshirilayotgan  ijtimoiy – siyosiy  islohotlarni, iqtisodiyotning  barcha sohalaridagi ulkan  yangilanishlarni  keng yoritib berishdagi faoliyati haqida ma'lumotlar o‘rin olgan.

      Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Ukrainadagi elchixonasi va  Ukrainaning “ADeF” kompaniyasi tashabbusi bilan Ukrain tiliga tarjima qilingan “Farhod va Shirin” dostoni ARM fondiga topshirildi.