Distansion xalqaro konferensiya

Chop etilgan sana:
17 May 2017

      Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tashkil bo‘lganiga bir yil to‘ldi. Ushbu muddat tarix uchun juda qisqa, lekin universitet jamoasi o‘z oldiga qo‘yilgan aniq vazifalar va belgilangan istiqbol rejalar asosida sobitqadamlik bilan olg‘a qadam tashlamoqda. Ushbu sanaga bag‘ishlab, hamda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida universitetda «Globallashuv jarayonida lingvistika nazariyasi va lingvodidaktika muammolari” mavzuida distansion xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

      Konferensiya tashkilotchisi O‘zbek filologiyasi fakulteti dekani I.Azimov ushbu konferensiyaning o‘ziga xosligi, bu boradagi rivojlangan davlatlar tajribasi, distansion konferensiyani o‘tkazish tartibi va tashkiliy jarayonlari haqida ma'lumot berdi.

      Konferensiyada O‘zbek tilini o‘qitish metodikasi kafedrasi dotsenti M.Saparniyozova “Internet konferensiyaning afzalliklari xususida”, Nizomiy nomidagi TDPU, kafedra mudiri M.Mirzaahmedov “Training a good language teacher”, ToshDO‘TAU katta ilmiy xodim-izlanuvchisi ye.Shirinova “Bankovsko-finansovaya terminologiya v lingvistike”, ToshDO‘TAU O‘zbek tilini o‘qitish fakulteti 2-bosqich talabasi  M.Baxtiyorova “Ingliz va o‘zbek tillaridagi  fe’l turkumli somatik frazeologizmlarning qisqacha qiyosiy tahlili” mavzuidagi ma'ruzalari tinglandi.

      Konferensiya materiallarida respublikamiz hamda Rossiya, Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston universitetlaridan iqtidorli talabalar va yosh tadqiqotchilarning ilmiy maqolalari jamlangan.