Dolzarb vazifalar belgilab olindi

Chop etilgan sana:
18 May 2017

      Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Kengashida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi “Oliy ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘rsida”gi PQ-2909-son Qarori asosida universitet jamoasi oldida turgan dolzarb vazifalar belgilab olindi.

      Kengashda universitet rektori Sh.Sirojiddinov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarorida belgilangan 2017-2021-yillarda oliy ta'lim tizimini kompleks rivojlantirish dasturini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksi, undagi vazifalar, universitet, fakultetlar va kafedralar, har bir professor-o‘qituvchilar oldida turgan muhim ishlar haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi.

      Yig‘ilishda o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor I.Yo‘ldoshev, ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha prorektor A.Sobirovlar so‘zga chiqib, Qarorning mazmun-mohiyati, uni amalga oshirishda bajarilishi kerak bo‘lgan o‘ta muhim topshiriqlar haqida o‘z fikrlarini bildirdilar.

      Bildirilgan fikr mulohazalardan kelib chiqib, fakultetlar boshqaruv xodimlari va professor-o‘qituvchilarining to‘liq tarkibi uchun mazkur qaror yuzasidan taqdimotlar o‘tkazish, professor-o‘qituvchilar tomonidan mazkur Qarorni batafsil o‘rganish bo‘yicha seminarlar tashkil etish va o‘rganish natijalari yuzasidan interaktiv seminarlar tashkil etish, har bir fakultet va kafedraga baho berish vazifalari yuklatildi.

      Shuningdek, guruh murabbiylari tomonidan “Axborot soatlari” darslarida mazkur qarorning qabul qilinishidan ko‘zlangan maqsad, uning mazmun-mohiyati to‘g‘risida talabalar o‘rtasida keng tushuntirish ishlari olib borish, universitetning eng tajribali, rahbar va professor-o‘qituvchilari ishtirokida mazkur qarorni markaziy va hududiy OAVlarda yoritish masalalari kelishib olindi.Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Kengashida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi “Oliy ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘rsida”gi PQ-2909-son Qarori asosida universitet jamoasi oldida turgan dolzarb vazifalar belgilab olindi.

      Kengashda universitet rektori Sh.Sirojiddinov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarorida belgilangan 2017-2021-yillarda oliy ta'lim tizimini kompleks rivojlantirish dasturini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksi, undagi vazifalar, universitet, fakultetlar va kafedralar, har bir professor-o‘qituvchilar oldida turgan muhim ishlar haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi.

  

      Yig‘ilishda o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor I.Yo‘ldoshev, ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha prorektor A.Sobirovlar so‘zga chiqib, Qarorning mazmun-mohiyati, uni amalga oshirishda bajarilishi kerak bo‘lgan o‘ta muhim topshiriqlar haqida o‘z fikrlarini bildirdilar.

      Bildirilgan fikr mulohazalardan kelib chiqib, fakultetlar boshqaruv xodimlari va professor-o‘qituvchilarining to‘liq tarkibi uchun mazkur qaror yuzasidan taqdimotlar o‘tkazish, professor-o‘qituvchilar tomonidan mazkur Qarorni batafsil o‘rganish bo‘yicha seminarlar tashkil etish va o‘rganish natijalari yuzasidan interaktiv seminarlar tashkil etish, har bir fakultet va kafedraga baho berish vazifalari yuklatildi.

      Shuningdek, guruh murabbiylari tomonidan “Axborot soatlari” darslarida mazkur qarorning qabul qilinishidan ko‘zlangan maqsad, uning mazmun-mohiyati to‘g‘risida talabalar o‘rtasida keng tushuntirish ishlari olib borish, universitetning eng tajribali, rahbar va professor-o‘qituvchilari ishtirokida mazkur qarorni markaziy va hududiy OAVlarda yoritish masalalari kelishib olindi.