E’lonlar

Koreya Respublikasining Koreya istiqbolli tadqiqotlar jamg‘armasi tomonidan Osiyodagi professor-o‘qituvchilar va tadqiqotchilar uchun mo‘ljallangan “2017-2018 yillarda xalqaro ilmiy almashuv” dasturida ishtirok etish uchun ilmiy loyihalar tanlovi e'lon qilindi.

Loyiha yo’nalishlari:

  • gumanitar va ijtimoiy fanlar.
  • axborot-kommunikatsion texnologiyalar.

Arizalar 2017- yilning 24- fevraligacha qabul qilinadi.

Loyiha shartlari bilan www.kfas.or.kr orqali tanishishingiz mumkin. 

 

 

2016-yilning 3-5-noyabr kunlari “Kamolot” yoshlar ijod saroyida ITE xalqaro ko‘rgazma kompaniyasi tomonidan xalqaro ta’lim sohasidagi mini-ko‘rgazma o‘tkaziladi. Ko‘rgazmaning asosiy bo‘limlari:

-       Xorijiy ta’lim muassasalari dasturlari.

-       Talaba almashish bo‘yicha xalqaro dasturlar.

-       O‘quv qo‘llanmalar va adabiyotlar.

-       Ta’lim sohasida qo‘llaniladigan yangi axborot texnologiyalari.

-       Ta’lim metodikalari

-       Rivojlantirish dasturlari va modeli.

-       Til kurslari.

Ma’lumot uchun telefon: 205-18-18

XAB

 

        2016-yilning 7-noyabrida soat 10:00 dan 17:00 gacha Xalqaro biznes markazining “Semurg‘” konferens zalida (13-qavat) “Yaponiyada ta’lim - 2016” ta’lim ko‘rgazmasi o‘tkaziladi. Ko‘rgazmada Yaponiyaning yetakchi universitetlari vakillari ishtirok etadilar. Tadbirda Yaponiya ta’lim tizimi, hukumat stipendiyalari va grantlar hamda boshqa masalalar bilan tanishish mumkin bo‘ladi.

                                                       Ma’lumot uchun telefon: 238-94-05 / 06, 07

                                                                                                                              XAB