E'lonlar

Diqqat tanlov!

        Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Erasmus+ Xalqaro tashkilotining O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi 5-yillik “Oliy ta’limni rovojlantirish istiqbollari” mazuida to’plam tayyorlanayotganligini ma'lum qiladi.

Ishtirok etishni xohlovchilar batafsil ma'lumotni marat56@mail.ru, zebohon_isaqova@mail.ru yoki (71) 246-36-95 telefoni orqali olishlari mumkin.

__________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

Diqqat  himoya!

            Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi   DSc.27.06.2017  Fil.19.01 raqamli Ilmiy kengashida Andaniyazova Dilrabo Ro'ziqulovnaning “Badiiy matnda onomastik birliklar lingvopoetikasi” (10.00.01 - O'zbek tili) mavzusidagi falsafa doktori dissertaciyasi va Jumanazarova Guljahon Umurzoqovnaning “Fozil Yo'ldosh o'g’li dostonlari tilining lingvopoetikasi (leksik-semantik, lingvostilistik va lingvostatistik tahlil)” mavzusidagi filologiya fanlari doktori  ilmiy darajasini olish uchun taqdim etgan doktorlik (Doctor of Scienc) dissertaciyasining himoyasi bo'ladi.      

Himoya ilmiy kengashning 2017-yil 27-iyulь kuni soat 14:00 dagi majlisida bo'lib o'tadi.

Manzil: Toshkent shahri, Universitet ko'chasi, 4-uy. Tel: (0-371) 246-63-58; e-mail: tdutau_nazorat@edu.uz.

____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

Diqqat tanlov!

      Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Ozarbayjon Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi va Geydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi “Men Ozarbayjon haqida nimalarni bilaman?” mazuida tanlov e'lon qilinayotganligini ma'lum qiladi.

      Tanlovda 18-29 yoshdagi fuqarolar Ozarbayjon haqida (rus yoki ingliz tilida) kami bilan 2500 so‘zdan iborat esse yozib, culcenter.az@qmail.com manziliga 30.06.2017 gacha word yoki PDF variantida topshirishlari shart.

      Batafsil ma'lumot: http://azculture.uz yoki (71) 246-36-95 tel.

____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

Diqqat konferensiya

      Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti O‘zbek tilshunosligi kafedrasida 2017-yilning 6-sentyabr kuni filologiya fanlari doktori, professor Hamidulla Dadaboyev tavalludining 70 yilligiga bag‘ishlab “O‘zbek terminologiyasi: bugungi holati va istiqboli” mavzusida respublika ilmiy-nazariy anjumani o‘tkaziladi. Konferensiya quyidagi sho‘balar bo‘yicha ish olib boradi:

      I sho‘ba. O‘zbek terminologiyasining dolzarb masalalari.

      II sho‘ba. O‘zbek tilshunosligining nazariy masalalari.

      III sho‘ba. O‘zbek tilshunosligida yangi sohalar rivoji.

      IV sho‘ba. O‘zbek tili mavqyeini yuksaltirish va til ta'limi muammolari.

      Konferensiya materiallarini nashr ettirish ko‘zda tutilmoqda. To‘plamning birinchi qismidan professor H.Dadaboyev ilmiy faoliyatiga doir maqolalar o‘rin oladi. Terminologiyaning dolzarb muammolari, tilshunoslikning nazariy va amaliy masalalariga bag‘ishlangan maqolalar konferensiya sho‘balari mavzusi bo‘yicha joylashtiriladi.

      Maqolalar 4-5 sahifadan kam bo‘lmagan hajmda, 1,5 intervalda, o‘ng tomondan 3 sm, chap tomondan 1 sm, yuqori va pastdan 2 sm hoshiya qoldirib, Times New Roman 14 kegl shriftda qog‘ozga tushirilgan ko‘rinishda va diskda (elektron variantda) topshiriladi. Muallif familiyasi, ismi, lavozimi, maqola mavzusi, matn so‘ngida foydalanilgan adabiyotlar keltiriladi.

      To‘plam mualliflar  mablag‘i hisobidan chop etiladi (sahifasi 10 (o‘n) ming so‘m).

      Tashkiliy qo‘mita  kelgan materiallarni saralash va tanlash huquqiga ega.

      Maqolalar 2017-yilning 1-iyuligacha  qabul qilinadi.

      Tashkiliy qo‘mita manzili: Olmazor tumani, Universitet ko‘chasi, 4-uy.

      ToshDO‘TAU O‘zbek filologiyasi fakulteti O‘zbek tilshunosligi kafedrasi

      E-mail: d_mahkamova@mail.ru       

      Tel:  +998 90 320 97 95 

____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

Italiyada o‘qish uchun marhamat!

      Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Italiya oliy o‘quv yurtlarida 2017-2018 yilda o‘qish uchun grant ajratilayotganligini ma'lum qiladi.

Batafsil ma'lumot: www.ambtashkent.ester.it 

____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

Diqqat e'lon!

      Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining 2017-yil 17-martdagi № 144-sonli buyrug‘ida ko‘rsatilgan vazifalar yuzasidan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi Chet tillarni o‘qitishning innovatsion metodikalarini rivojlantirish respublika ilmiy-amaliy markazi tomonidan tayyorlangan materiallar markazning www.uzspic.uz veb-sahifasiga joylashtirilganligi, hamda doimiy ravishda yangilanib va to‘ldirilib borishini ma'lum qiladi.

      Unda malaka oshirish va stajirovkalar o‘tash, magistratura hamda PhD dasturlari bo‘yicha zaruriy til malakalarini egallash yuzasidan metodik tavsiyalar beriladi.

      Batafsil ma'lumotni www.uzspic.uz olishingiz mumkin.

Diqqat anjumanlar rejasi!

      Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti  Oliy ta'lim vazirligining 2017-yil 17-fevraldagi “Vazirlik tizimidagi oliy ta'lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida 2017-yilda o‘tkaziladigan ilmiy anjumanlar rejasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 86-sonli buyrug‘iga asosan 2017-yilning 5-may kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Sayid Rizo Alizoda ilmiy-ijodiy va ma'naviy-ma'rifiy merosining jahon ilm-fan taraqqiyotida tutgan o‘rni” mavzusida Respublika miqyosida ilmiy-nazariy anjuman o‘tkazilishini ma'lum qiladi.

      Batafsil ma'lumotni ToshDO‘TAU 211-xonadan olishingiz mumkin.

____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

Diqqat anjumanlar rejasi!

      Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti  Oliy ta'lim vazirligining 2017-yil 17-fevraldagi “Vazirlik tizimidagi oliy ta'lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida 2017-yilda o‘tkaziladigan ilmiy anjumanlar rejasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 86-sonli buyrug‘iga asosan quyidagi oliy ta'lim muassasalarida ilmiy-amaliy anjumalar o‘tkazilishini ma'lum qiladi:

  1. 2017-yilning 10-11-aprel kunlari Toshkent davlat texnika universitetida “Fuqarolik jamiyatda shaxs tarbiyasi va unda oila institutining o‘rni” mavzusida vazirlik miqyosida;
  2. 2017-yilning 12-aprel kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutida Namangan davlat universiteti bilan hamkorlikda “Jismoniy tarbiya va sport: fan, ta'lim, innovatsiyalar” mavzusida Respublika miqyosida;
  3. 2017-yilning 17-20-aprel kunlari Toshkent davlat texnika universitetida “Fan va texnika taraqqiyotida intellektual yoshlarning o‘rni” mavzusida respublika miqyosida;
  4. 2017-yilning 28-aprel kuni Navoiy davlat pedagogika institutida “Uzluksiz ta'lim tizimida xorijiy tillarni o‘qitish tajribasi va istiqbollari” mavzusida Respublika miqyosida;
  5. 2017-yilning 28-aprel kuni O‘zbekiston milliy universitetida “Ommaviy axborot vositalarida til, uslub va tahrir masalalari” mavzusida vazirlik miqyosida;
  6.  2017-yilning 5-may kuni Toshkent davlat agrar universitetida “Meva-sabzavotchilik majmuida iqtisodiy munosabatlar tizimini va menejmentning axborot-tahlil ta'minotini takomillashtirish” mavzusida Respublika miqyosida;
  7. 2017-yilning 12-may kuni Toshkent davlat agrar universitetida “O‘zbekistonda oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashda meva-sabzavot hamda uzumchilik sohasining roli va ahamiyati” mavzusidagi xalqaro miqyosida.

Ma'lumotlarni ToshDO‘TAU 211-xonadan olishingiz mumkin.

____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

Diqqat anjumanlar rejasi!

      Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti  Oliy ta'lim vazirligining 2017-yil 17-fevraldagi “Vazirlik tizimidagi oliy ta'lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida 2017-yilda o‘tkaziladigan ilmiy anjumanlar rejasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 86-sonli buyrug‘iga asosan quyidagi oliy ta'lim muassasalarida ilmiy-amaliy anjumalar o‘tkazilishini ma'lum qiladi:

  1. 2017-yilning 24-mart kunlari Toshkent moliya institutida “O‘zbekiston Respublikasida pensiya ta'minoti tizimining dolzarb muammolari” mavzusida vazirlik miqyosida;
  2. 2017-yilning 12-aprel kuni Toshkent moliya institutida “Hududlar moliyaviy salohiyatini yuksaltirishda xizmat ko‘rsatish sohasining ahamiyati” mavzusida respublika miqyosida;
  3. 2017-yilning 19-aprel kunlari O‘zbekiston milliy universitetida “XXI asr psixologiyasi” mavzusida vazirlik miqyosida;
  4. 2017-yilning 13-may kuni Namangan davlat universitetida “Tillar hamdo‘stligi – madaniyatlar hamdo‘stligi” mavzusida vazirlik miqyosida;
  5. 2017-yilning 24-25-aprel kunlari Namangan davlat universitetida “Maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarni maktab ta'limiga tayyorlashning dolzarb muammolari” mavzusida vazirlik miqyosida

Ma'lumotlarni ToshDO‘TAU 211-xonadan olishingiz mumkin.

____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

Diqqat yangi formatdagi onlayn (masofaviy) konferensiya

      Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida “O‘zbekistonda xorijiy tillar” nomli ilmiy-metodik elektron jurnal va Internet portali tahririyati hamkorligida dunyo mamlakatlari tajribasini inobatga olgan holda uzluksiz ta'lim tizimida chet tillarni o‘qitish jarayonida ona tilining (interferensiya) ahamiyati, dolzarb masalalari, bu borada ta'lim sifatini oshirish va ta'minlash mexanizmlarini muhokama qilish maqsadida oliy ta'lim muassasalari o‘rtasida “Xorijiy tillarni o‘qitishda ona tilining ahamiyati: muammolar, yechimlar va istiqbolli rejalar” mavzuidagi masofaviy (onlayn) ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkaziladi.

 Batafsil 

____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

Diqqat anjumanlar rejasi!

      Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti  Oliy ta'lim vazirligining 2017-yil 17-fevraldagi “Vazirlik tizimidagi oliy ta'lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida 2017-yilda o‘tkaziladigan ilmiy anjumanlar rejasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 86-sonli buyrug‘iga asosan Andijon davlat universitetida o‘tkaziladigan ilmiy-amaliy anjumalarni ma'lum qiladi:

  1. 2017-yilning 3-aprel kuni “Xorijiy tillarni o‘qitish metodikasi va zamonaviy tilshunoslikning dolzarb  muammolari”;
  2. 2017-yilning 25-aprel kuni “Pedagogik qayta tayyorlash va malaka oshirishga qo‘yiladigan zamonaviy talablarni ta'minlashda xalqaro va milliy tajribalar uyg‘unligi”;
  3. 2017-yilning 5-may kuni “O‘zbekiston tarixining dolzarb muammolari”.

Batafsil ma'lumotni ToshDO‘TAU 211-xonadan olishingiz mumkin.

____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

Diqqat anjumanlar rejasi!

      Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti  Oliy ta'lim vazirligining 2017-yil 17-fevraldagi “Vazirlik tizimidagi oliy ta'lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida 2017-yilda o‘tkaziladigan ilmiy anjumanlar rejasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 86-sonli buyrug‘iga asosan quyidagi oliy ta'lim muassasalarida ilmiy-amaliy anjumalar o‘tkazilishini ma'lum qiladi:

  1. 2017-yilning 7-aprel kunlari Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Real sektor korxonalarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilishda innovatsoin texnologiyalar ” mavzusida Respublika miqyosidagi;
  2. 2017-yilning 11-aprel kuni Namangan muhandislik-pedagogika institutida “Zamonaviy qurilishlar, binolar va inshootlarning konstruksiyaviy hamda seysmik xavfsizligi masalalari” mavzusida respublika miqyosidagi;
  3. 2017-yilning 20-21-aprel kunlari Farg‘ona politexnika istitutida “Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish, saqlash va qayta ishlashning tejamkor texnologiyalari va ularning innovatsion yechimlari” mavzusida respublika miqyosidagi;
  4.  2017-yilning 5-6-may kunlari Toshkent davlat pedagogika universitetida “O‘zbek tilshunosligi XXI asrda” mavzusida vazirlik miqyosida;
  5. 2017-yilning 25-may kuni Toshkent davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti bilan hamkorlikda “Boshlang‘ich ta'lim va jismoniy madaniyat yo‘nalishida sifat va samaradorlikni oshirish: muammo va yechimlar” mavzusida xalqaro miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman.

Batafsil ma'lumotni ToshDO‘TAU 211-xonadan olishingiz mumkin.

____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

Diqqat anjuman!

      Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Shanxay hamdo‘stlik tashkilotining 15 yillik yubileyi munosabati bilan “Shanxay hamdo‘stlik tashkiloti: rivojlanish va istiqbol tamoyillari” mavzusidagi eng yaxshi maqolalar tanlovi e'lon qilinayotganligini ma'lum qiladi.

      Tanlovda 3-4-kurs talabalari ishtirok etishlari mumkin.

      Batafsil ma'lumotni ToshDO‘TAU Xalqaro bo‘limidan olishingiz mumkin.

____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

Diqqat anjuman!

      Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishda ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash uchun YUNESKO tashkiloti tomonidan ilmiy anjumanlar va ochiq ilm-fan nashrlari bo‘yicha axborotnomalarni e'lon qilganligini ma'lum qiladi.

      Batafsil ma'lumotni ToshDO‘TAU Xalqaro bo‘limdan olishingiz mumkin.

____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

Stipendiya ajratilmoqda!

      Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Niderlandiyaning Amsterdam universiteti ijtimoiy fanlar bo‘yicha O‘zbekiston fuqarolariga magistratura bosqichi uchun “Amsterdam Merit       Scholarship” stipendiyasi ajratilayotganligini ma'lum qiladi.

      Batafsil ma'lumot: (71) 246-36-95 tel.

____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

Diqqat anjumanlar!

      Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti  Oliy ta'lim vazirligining 2017-yil 17-fevraldagi “Vazirlik tizimidagi oliy ta'lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida 2017-yilda o‘tkaziladigan ilmiy anjumanlar rejasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 86-sonli buyrug‘iga asosan Toshkent davlat sharqshunoslik institutida ilmiy-amaliy anjumalar o‘tkazilishini ma'lum qiladi:

  1. 2017-yilning 7-aprel kuni Akademik Ubaydulla Karimov nomidagi yosh sharqshunoslar konferensiyasi;
  2. 2017-yilning 8-aprel kuni “XXI asrda jahon siyosati va O‘zbekiston tajribasi: siyosiy, huquqiy va ijtimoiy jihatlari” mavzusida vazirlik miqyosida;
  3. 2017-yilning 22-aprel kuni “Mintaqaviy integratsion jarayonlarda O‘zbekiston Respublikasi o‘rni va rolining kuchayishi” mavzusida vazirlik miqyosida;
  4. 2017-yilning 28-aprel kuni “Tarixiy manbashunoslik, tarixnavislik, tarix tadqiqotlari metodlari va metodologiyasining dolzarb masalalari” mavzusida vazirlik miqyosida;
  5. 2017-yilning 11-may kuni “Mamlakat tashqi iqtisodiy faoliyati samaradorligini oshirishning innovatsion jihatlari: xorij tajribasi, zamonaviy tendensiyalar, ustuvor yo‘nalishlari” mavzusida vazirlik miqyosida;
  6. 2017-yilning 12-may kuni “Sharq allomalari ilmiy-ma'naviy merosini o‘rganishning dolzarb masalalari: tavsif, tarjima va tadqiqot” mavzusida respublika miqyosida;
  7. 2017-yilning 27-may kuni “Xorijiy sharq mamlakatlari tarixiy jarayonlari va ularni o‘rganishning dolzarb muammolari” mavzusida vazirlik miqyosida

Ma'lumotlarni ToshDO‘TAU 211-xonadan olishingiz mumkin.

____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

Diqqat anjuman!

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2012-yil 10-dekabragi “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1875-sonli Qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Toshkent davlat yuridik universitetida 2017-yilning 30-mart kuni “Huquqiy bilimlarni egallashda xorijiy tilning amaliy ahamiyati” mavzusida talabalar ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazilishini ma'lum qiladi.

Batafsil ma'lumotni e-mail: starumi@mail.uz dan olishingiz mumkin.

____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

Diqqat anjumanlar rejasi!

      Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti  Oliy ta'lim vazirligining 2017-yil 17-fevraldagi “Vazirlik tizimidagi oliy ta'lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida 2017-yilda o‘tkaziladigan ilmiy anjumanlar rejasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 86-sonli buyrug‘iga asosan quyidagi oliy ta'lim muassasalarida ilmiy-amaliy anjumalar o‘tkazilishini ma'lum qiladi:

  1. 2017-yilning 24-25-mart kunlari Qarshi davlat universitetida “Adabiyotshunoslik, tilshunoslik va tarjimashunoslikning dolzarb muammolari”;
  2. 2017-yilning 21-aprel kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida “O‘zbek milliy leksikografiyasining dolzarb masalalari”;
  3. 2017-yilning 28-29-aprel kunlari Qarshi davlat universitetida “Muqobil energiya manbalaridan foydalanishda energiya tejamkorlik muammolari”;
  4. 2017-yilning 13-may kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi Chet tillarni o‘qitishning innovatsiyaviy metodikalarini rivojlantirish Respublika ilmiy amaliy markazi, “O‘zbekistonda xorijiy tillar” nomli elektron jurnal va Internet portali tahririyati tomonidan “Chet tillarni o‘qitishda zamonaviy tendensiyalar: yutuqlar, muammolar va yechimlar” mavzusida xalqaro miqyosidagi;
  5. 2017 yilning 13 may kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida “Tarjimashunoslik muammolari”.

Ma'lumotlarni ToshDO‘TAU 211-xonadan olishingiz mumkin.

____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

Diqqat anjuman!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-fevraldagi 126-f-sonli Farmoyishi bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida 2017-yilda xalqaro va respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnikaviy anjumanlar rejasiga asosan:

  1. Toshkent shahar xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida 2017-yilning 21-22-aprel kunlari “Xalq ta'limi tizimidagi “Mahorat maktablari” faoliyatini tashkil qilishning ilmiy-nazariy va metodologik asoslari”;
  2. O‘zbekiston davlat konservatoriyasida 2017-yilning 27-aprel kuni “Cholg‘u ijrochiligi: muammo va yechimlar”;
  3. Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida 2017-yilning 1-3-may kunlari “Dinamik sistemalarning dolzarb muammolari va ularning tatbiqlari” mavzularida Respublika ilmiy-amaliy anjumanlari o‘tkazilishini ma'lum qiladi.

Batafsil ma'lumotni ToshDO‘TAU 211-xonadan olishingiz mumkin.

____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

Latviyada o‘qish uchun marhamat!

      Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi va Latviya Respublikasi ta'lim va fan vazirligining o‘zaro kelishuviga binoan Latviya           Respublikasi fanni rivojlantirish davlat agentligi 2017-2018-o‘quv yili uchun stipendiyalar ajratilayotganligini ma'lum qiladi.

      Batafsil ma'lumot: http://viaa.gov.lv yoki (71) 246-36-95 tel.

____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

Malayziyada o‘qimoqchimiz?

      Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Malayziya oliy ta'lim vazirligi Malayziya oliy o‘quv yurtlarida magistratura, aspirantura va doktorantura bosqichlarida o‘qishni istagan O‘zbekistonlik talabalar uchun rejali xalqaro stipendiya (Malaysian International Scholaship - MIS) ajratayotganligini ma'lum qiladi.

      O‘qish istagida bo‘lganlar ingliz tilidan IELTS 6,5 ball yoki TOEFL 580 ball to‘plaganligi haqidagi sertifikatga ega bo‘lishlari lozim.

      Batafsil ma'lumot:  (71) 246-36-95 tel.

____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

Diqqat ilmiy –amaliy anjuman!

      Vazirlikning 2017-yil 17-fevraldagi “Vazirlik tizimidagi oliy ta'lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida 2017-yilda o‘tkaziladigan ilmiy anjumanlar rejasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 86-sonli buyrug‘iga asosan:

  1. 2017-yilning 14-15-aprel kunlari Buxoro muhandislik-texnologiya institutida “Xorijiy tillarni maxsus maqsadlarda o‘qitish muammolari va yechimlari”,
  2. 2017-yilning 29-aprel kuni Guliston davlat universitetida “Uzluksiz ta'lim tizimida fizikani o‘qitishni takomillashtirishning dolzarb muammolari” mavzusida vazirlik miqyosidagi ilmiy-amaliy anjumanlari o‘tkaziladi.

 Batafsil 

____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

Diqqat ilmiy –amaliy anjuman!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-fevraldagi 126-f-sonli Farmoyishiga ko‘ra:

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamkorlikda 2017-yilning 12-aprel kuni “Iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlarni chuqurlashtirishda davlat moliyasini isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlari”,
  2. O‘zbekiston davlat san'at va madaniyat institutida 2017-yilning 20-aprel kuni “Yoshlarning ma'naviy olamini yuksaltirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda madaniyat va san'atning o‘rni” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumanlari o‘tkaziladi.

 Batafsil 

____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

Diqqat konferensiya!

      O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-fevraldagi 126-f-sonli Farmoyishiga ko‘ra O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markazda 2017-yilning 15-aprel kuni “O‘zbekistonning eng yangi tarixi o‘qitilishining dolzarb masalalari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkaziladi.

      Konferensiyaga tezislar 2017-yilning 1-apreliga qadar qabul qilinadi.

 Batafsil 

____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

Diqqat anjuman!

      O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 - yil 13 - fevraldagi 126-f-sonli Farmoyishi bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida 2017 - yilda xalqaro va respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnikaviy anjumanlar rejasiga asosan, Toshkent islom universitetida 2017 - yilning 6 - aprel kuni “Dinshunoslikning dolzarb muammolari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkaziladi.

      Anjumanga tezislar 2017 - yilning 1 -  martigacha qabul qilinadi.

      Batafsil ma'lumotni e-mail: dinshunoslik@mail.uz dan olishingiz mumkin.

____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

Diqqat!  “YANGI INTELLECT - 2017” tanlovi

      O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 20-oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2637-son Qarori va  Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-apreldagi 08-1-32-sonli “Ishlab chiqarishga innovatsion texnologiyalar va ixtirolar, ilmiy-texnikaviy va sanoat ishlanmalari, badiiy konstruktorlik va boshqa ijodiyot natijalarini keng joriy etilishiga ko‘maklashish bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksi”ga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi tomonidan eng yaxshi intellektual mulk ob'ektlari uchun “Yangi intellect - 2017” tanlovi o‘tkazilmoqda.

      Tanlovga so‘nggi 3 yil (2014-2016-yy.) davomida muhofaza hujjatlari olingan intellektual mulk ob'ektlari: ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari hamda mahalliy mualliflar (huquq egalari) tomonidan yaratilgan EHM uchun dasturlar va ma'lumotlar bazalari qabul qilinadi.

      Arizalar 2017-yilning 31-martiga qadar qabul qilinadi.

      Batafsil ma'lumotni O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining rasmiy veb-sayti (www.ima.uz)dan olishingiz mumkin.

____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

Diqqat tanlov!

Islom taraqqiyot banki 2017-2018- o‘quv yili uchun magistrlar va doktorantlarni  stipendiya bilan ta'minlash to‘g‘risida tanlov e'lon qildi. 

Tanlovda g‘olib bo‘lganlar dunyoning eng yaxshi 200 ta oliy o‘quv yurtlaridan birida o‘qish baxtiga muyassar bo‘ladi.

To‘liq ma'lumotni www.isdb.org saytidan olishingiz mumkin.

Muddati cheklangan, shoshiling!

____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

Diqqat! malakaviy imtihon

Katta ilmiy xodim izlanuvchilar va mustaqil izlanuvchilarning O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy Attestatsiya Komissiyasining 2016- yil 28-yanvardagi 2202-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Malakaviy imtihonlarni o‘tkazish to‘g‘risidagi Nizom”iga asosan 10.00.01 – O‘zbek tili. O‘zbek adabiyoti; 10.00.02 – Til nazariyasi, Amaliy va kompyuter lingvistikasi; 10.00.07 – Adabiyot nazariyasi; 10.00.08 – Folklorshunoslik ixtisosliklari bo‘yicha malakaviy imtihonlarni qabul qilish komissiyasi mutaxassislik fanlaridan malakaviy imtihonlarni qabul qiladi. 

 Batafsil 

____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

 Diqqat, loyiha!

Koreya Respublikasining Koreya istiqbolli tadqiqotlar jamg‘armasi tomonidan Osiyodagi professor-o‘qituvchilar va tadqiqotchilar uchun mo‘ljallangan “2017-2018 yillarda xalqaro ilmiy almashuv” dasturida ishtirok etish uchun ilmiy loyihalar tanlovi e'lon qilindi.

Loyiha yo’nalishlari:

  • gumanitar va ijtimoiy fanlar.
  • axborot-kommunikatsion texnologiyalar.

Arizalar 2017- yilning 24- fevraligacha qabul qilinadi.

Loyiha shartlari bilan www.kfas.or.kr orqali tanishishingiz mumkin. 

____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

2016-yilning 3-5-noyabr kunlari “Kamolot” yoshlar ijod saroyida ITE xalqaro ko‘rgazma kompaniyasi tomonidan xalqaro ta’lim sohasidagi mini-ko‘rgazma o‘tkaziladi. Ko‘rgazmaning asosiy bo‘limlari:

-       Xorijiy ta’lim muassasalari dasturlari.

-       Talaba almashish bo‘yicha xalqaro dasturlar.

-       O‘quv qo‘llanmalar va adabiyotlar.

-       Ta’lim sohasida qo‘llaniladigan yangi axborot texnologiyalari.

-       Ta’lim metodikalari

-       Rivojlantirish dasturlari va modeli.

-       Til kurslari.

Ma’lumot uchun telefon: 205-18-18

XAB

____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

        2016-yilning 7-noyabrida soat 10:00 dan 17:00 gacha Xalqaro biznes markazining “Semurg‘” konferens zalida (13-qavat) “Yaponiyada ta’lim - 2016” ta’lim ko‘rgazmasi o‘tkaziladi. Ko‘rgazmada Yaponiyaning yetakchi universitetlari vakillari ishtirok etadilar. Tadbirda Yaponiya ta’lim tizimi, hukumat stipendiyalari va grantlar hamda boshqa masalalar bilan tanishish mumkin bo‘ladi.

                                                       Ma’lumot uchun telefon: 238-94-05 / 06, 07