E'lonlar

                                  Ijodiy imtihon jadvali

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 

5111200 – Ozbek tili va adabiyoti hamda 5120100 – Filologiya va tillarni oqitish (ozbek tili) 

ta’lim yonalishlarida otkaziladigan ijodiy imtihon (insho)                   

                                                                     J A D V A L I

 

 

Ijodiy imtihon (insho) otkaziladigan sana 

Ijodiy imtihon (insho) ning  boshlanish vaqti 

Ijodiy imtihon (insho) ning        otkazilish joyi

1

2017- yil       11-yul

Soat   8-00

 Yakkasaroy tumani, Sh. Rustaveli kochasi, 118-uy (26-sonli umumta’lim maktabi)

2

2017- yil       13-iyul

Soat   8-00

Yakkasaroy tumani, Sh. Rustaveli kochasi, 118-uy (26-sonli umumta’lim maktabi)

3

2017- yil       15-iyul

Soat   8-00

Yakkasaroy tumani, Sh. Rustaveli kochasi, 118-uy (26-sonli umumta’lim maktabi)

4

2017- yil       17-iyul

Soat   8-00

Yakkasaroy tumani, Sh. Rustaveli kochasi, 118-uy (26-sonli umumta’lim maktabi)

 

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun telefon: 255-78-28

 

 

           Ijodiy imtihon yuzasidan maslahatlar jadvali

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 

5111200 – Ozbek tili va adabiyoti hamda 5120100 – Filologiya va tillarni oqitish (ozbek tili) 

ta’lim yonalishlarida otkaziladigan kasbiy (ijodiy) imtihon  yuzasidan maslahatlar                

                                                                     J A D V A L I

 

 

  Ijodiy imtihon (insho) yuzasidan maslahat otkaziladigan sana 

Ijodiy imtihon (insho) yuzasidan maslahat vaqti 

Ijodiy imtihon (insho) yuzasidan maslahat  otkaziladigan  joy

Maslahat olib boruvchi mas’ul

1

2017- yil       10-iyul

Soat   900 -1030

 Yakkasaroy tumani, Sh. Rustaveli kochasi, 118-uy) 26-sonli umumta’lim maktabi)

Filologiya fanlari doktori, professor M. Qurbonova

2

2017- yil       12-iyul

Soat   900 -1030

Yakkasaroy tumani, Sh. Rustaveli kochasi, 118-uy) 26-sonli umumta’lim maktabi)

Filologiya fanlari doktori, professor Z.Xolmanova

3

2017- yil       14-iyul

Soat   900 -1030

Yakkasaroy tumani, Sh. Rustaveli kochasi, 118-uy) 26-sonli umumta’lim maktabi)

Filologiya fanlari nomzodi, dotsent D. Yusupova

4

2017- yil       17- iyul

Soat   900 -1030

Yakkasaroy tumani, Sh. Rustaveli kochasi, 118-uy) 26-sonli umumta’lim maktabi)

Xalq ta’limi a’lochisi Sh. Toshmirzayeva

 

 

         Kasbiy imtihonni o`tkazish tartibi

5111200 – Ozbek tili va adabiyoti hamda 5120100 – Filologiya va tillarni oqitish (ozbek tili)  ta’lim yonalishlarida kasbiy (ijodiy) imtihon (insho)ni otkazish

TARTIBI[1]

I.Umumiy qoidalar

1. Insho mavzularining mazmuni umumiy o‘rta ta’lim va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari dasturlariga qat’iy muvofiqlashtirilgan bo‘lishi lozim.

2. Abituriyentlardan insho olish uchun oliy ta’lim muassasasida fan bo‘yicha imtihon komissiyasi tashkil etiladi.

3. Imtihonlar boshlanishidan bir oy oldin rektor buyrug‘i bilan oliy ta’lim muassasasida tegishli ijodiy imtihonlarni  tashkil etish va qabul qilish masalalari bo‘yicha tajribali, malakali va mas’uliyatli o‘qituvchilar tarkibidan fan bo‘yicha imtihon komissiyasi tashkil etiladi;

ayrim hollarda oliy ta’lim muassasasi fan bo‘yicha imtihon komissiyasi tarkibiga  boshqa ta’lim muassasalari o‘qituvchilari va ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlarining asosiy ish joyi ma’muriyatining tavsiyalariga binoan kiritilishi mumkin.

4.Imtihonlar tasdiqlangan jadvalga qat’iy rioya etilgan holda o‘tkaziladi;

imtihonlarni o‘tkazish muddati oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasining qarori bilan belgilanadi;

abituriyentlarning yozma shaklda bajargan yozma ishlarini tekshirish va baholash kirish yozma imtihonlarini tekshirish va baholash uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

5.Imtihonlarni baholash mezonlari ijodiy imtihonga ajratilgan umumiy ball doirasida, abituriyentlarga qo‘yilgan talablarning xususiyatlari hisobga olingan holda, oliy ta’lim muassasasining ijodiy imtihon komissiyasi tomonidan belgilanadi.

6.Oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi imtihonlar boshlanishidan bir oy oldin abituriyentlar e’tiboriga O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan ijodiy imtihon dasturini,  baholash mezonlarini, maslahatlar va imtihonlar jadvalini ma’lum qiladi.

7. Oliy ta’lim muassasasida kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkazilishi davrida belgilangan tartibda norozilik (apellyatsiya) arizalarini ko‘rib chiqish uchun appelyatsiya komissiyasi ishi tashkil etiladi. Apellyatsiya komissiyasiga arizalar  yozma ish baholari e’lon qilingach, 24 soat ichida qabul qilinadi.

II.Yozma ish (insho) otkazilishining bosh maqsadi

 Yozma ish    insho    o‘tkazilishining bosh maqsadi abituriyentlarning tanlangan mutaxassislik bo‘yicha o‘qish va faoliyat yuritish imkoniyatlarini aniqlash, ularning tanlangan fanlar bo‘yicha bilimlari va malakalari darajalarini, kasbiy ko‘nikmalarini, ijodiy  qobiliyatlarini baholashdir.

III.Yozma ish (insho) mavzusini shakllantirish va tanlash

Insho mavzusi muvofiqlashtrilgan kengash, o‘quv-uslubiy birlashma tomonidan tanlangan va muhokama qilib tasdiqlangan bo‘lishi kerak. Insho mavzusini tanlashda  quyidagilarga e’tibor berish lozim.

1. Adabiy mavzudagi insholarda yozuvchi, shoir faoliyatining asosiy jihatlari qamrab olinadi. Erkin mavzular esa davrning muhim masalalariga bag‘ishlangan, o‘quvchilar qalbida ezgulik tuyg‘ularini shakllantirishga, yovuzlikka, jaholatga nafrat, yaxshilikka muhabbat  uyg‘otishga qaratilgan bo‘lishi talab etiladi.

2. Mavzu har qanday subyektiv yondashuvdan xoli bo‘lmog‘i kerak.

3. Mavzu o‘quvchilarning yoshiga, saviyasiga mos bo‘lishi, ularning orzu-umidlari, qiziqishlarini aks ettirishga xizmat qilishi lozim.

4.Sinov maqsadida  o‘tkaziladigan yozma ishlarda barcha o‘quvchilarga tanlash asosida bir xil mavzuda insho yozdiriladi.

IV.Insho yozish jarayonini tashkil etish

1.Sinov insholari, ijodiy imtihon sifatida o‘tkaziladigan insho jarayonlari qat’iy tartib asosida tashkil qilinadi. Yozma ish belgilangan vaqtda boshlanadi. Kech qolganlar yozma ish jarayoniga qo‘yilmaydi

2. Insho yozish uchun 4 akademik soat (180 daqiqa) ajratililadi.. 3.Yozma ish jarayonida telefondan foydalangan yoki tayyor ma’lumotni ko‘chirgan o‘quvchi sinov jarayonidan chetlashtiriladi. Yozma ish ijodiy xarakterga ega bo‘lib, uni mustaqil yondashgan holda yozish talab etiladi.

4. O‘z vaqtida kelmagan abituriyent boshqa guruh bilan yozma ish sinoviga kiritilmaydi.

5.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010- yil 18- iyundagi       118-son qaroriga  1-ilova sifatida keltirilgan  “Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni qabul qilish tartibi togrisida”gi  Nizom hamda ushbu nizomga  1-ilova sifatida keltirilgan “Oliy ta’lim muassasalarida yagona kop balli baholash tizimi boyicha kasbiy (ijodiy) imtihonlarni otkazish тartibi”ning 8-bandiga ko‘ra “jadval boyicha kasbiy (ijodiy) imtihonlarga kelmagan abituriyentlar test sinovlariga qoyilmaydi”.

6. Abituriyentlarning insholari 6 oy muddatdan so‘ng maxsus dalolatnoma asosida bekor qilinadi.

[1]O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010- yil 18- iyundagi       118-son qaroriga  1-ilova sifatida keltirilgan “Oliy ta'lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi  nizom asosida ishlab chiqildi.

 

Kasbiy imtihon dasturi

 “5111200 – Ozbek tili va adabiyoti” hamda “5120100 – Filologiya va tillarni oqitish (ozbek tili)” ta’limi yonalishlarida otkaziladigan kasbiy (ijodiy)  imtihon

DASTURI

Kirish

Ona tiliva adabiyot fanlari ta’limi oldiga qo‘yilgan ijtimoiy buyurtma o‘quvchi shaxsini fikrlashga, o‘zgalar fikrini anglashga va shu fikr mahsulini og‘zaki va yozma shaklda savodli bayon qila olishga, kommunikativ savodxonlikka o‘rgatishdan iborat. Shundan kelib chiqqan holda ona tili ta’limi oldiga mukammal shakllangan, mustaqil fikrlay oladigan, nutq va muloqot madaniyati rivojlangan savodxon shaxsni kamol toptirish maqsadi qo‘yiladi.

DTS talablariga ko‘ra o‘quvchilarda fikrni yozma shaklda bayon etish malakasini hosil  qilish ona tili ta’limining asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi. Ona tili va adabiyot o‘quv fanlari sifatida nutq imkoniyatlarini birlashtirib, o‘quvchining fikr ifodalash malakalarini rivojlantiradi. Uni tilimizning go‘zal olamiga olib kiradi, nutqni yaxshilash, boyitish, unga badiiy bo‘yoq berish, nafosat bag‘ishlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Insho haqida nazariy ma’lumot

O‘quvchini kasbga yo‘naltirish, muayyan sohalar haqida tasavvur va bilim hosil qilish har bir fan o‘qituvchisining burchi hisoblanadi.

Insho tez fursatda  o‘rganiladigan yoki o‘zlashtiriladigan yozma ish turi emas. Insho yozish ko‘nikmalariga qisqa muddatda ega bo‘lish qiyin. Yaxshi, har tomonlama maqsadga muvofiq insho ko‘p yillik faoliyat mahsuli sifatida namoyon bo‘ladi. Avvalo, ko‘p mutolaa qilish, imlo lug‘atlari, izohli lug‘atlardan boxabar bo‘lish, atroflicha bilimga ega bo‘lish talab darajasida yoziladigan  insholarga zamin yaratadi.

Insho belgilangan maqsadga ko‘ra ikki xil bo‘ladi: ta’limiy insholar va sinov insholari.

Insholar mazmun-mohiyatiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi:

1. Adabiy mavzudagi insho ta’lim dasturida qayd qilingan, dars jarayonida o‘tilgan mavzular asosida yoziladigan, darslar va darsliklardagi ma’lumotlarga o‘quvchining munosabati, shaxsiy fikrlari ifodalanadigan, ijodiy yondashuv asosidagi yozma ishdir. Adabiy mavzudagi inshoda muayyan yozuvchi, shoirning hayoti va ijodi, qahramonlar xarakteri, fe’l-atvori, faoliyati, taqdiri tahlil qilinadi, ijodkor faoliyati, asarlariga doir umumiy ma’lumotlar bayon etiladi, badiiy asar mazmuni, g‘oyasi hamda undagi qahramonlar xarakterini, taqdirini yoritishda, tahlil qilishda o‘quvchining mustaqil yondashuvi aks etadi. Ijodiy yondashuv, mustaqil fikr inshoning zarur shartlaridan biridir.

Ta’lim jarayonida adabiy mavzudagi insholar keng qo‘llanadi. Adabiy mavzudagi insholar matn asosidagi insholardir.

2. Erkin mavzudagi insho adabiyot fani dasturida qayd etilmagan, ijtimoiy hayotning muhim masalalari, milliy qadriyatlar, urf-odat, an’analar, davr mafkurasi, yoshlar faoliyati bilan bog‘liq axloqiy, ma’naviy-ma’rifiy mavzularda yoziladi. O‘quvchining ma’lum bir mavzuga oid bilimlari, axloqiy-tarbiyaviy, ijtimoiy-siyosiy dunyoqarashi, fikr va mulohazalarini aks ettiruvchi, ijodkorlik qobiliyatini, his-tuyg‘ularini namoyon qilishga qaratilgan insholar erkin mavzulardagi insholardir.[1]

Insho rejasini tuzish

Reja inshoning tarkibiy qismlaridan biri sanaladi. Yaxshi tuzilgan reja inshoning izchilligini ta’minlaydi, o‘quvchi reja asosida qayd etilgan fikrdan keyin nima haqida bayon qilishni aniq his qilib turadi. Insho rejasi ikki xil: sodda va murakkab ko‘rinishda bo‘ladi.

Odatda, erkin va ijodiy mavzulardagi insholar yozilayotganda yoki aniq bir yozuvchining ijodiga baho berilayotganda sodda shakldagi insho rejalaridan foydalaniladi. Bunda rejadagi har bir band qisqa va sodda gaplardan iborat bo‘ladi. Sodda shakldagi insho rejasi tuzilayotganda mavzuga har tomonlama mos keladigan materiallardan, xalq maqollaridan va ibratli gaplardan, hikmatli so‘zlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.

Sodda ko‘rinishdagi rejalar

Sodda ko‘rinishdagi insho rejalari tuzilayotganda, undagi gaplar tarkibini 1), 2), 3) ... shaklida arabcha raqamlar bilan belgilash va ulardan keyin yarim qavs qo‘yish, shuningdek, ularni a), b), d) tarzida belgilash tavsiya etilmaydi. Tartibni belgilashning eng maqbul yo‘li arab raqamlarini qo‘yib, ulardan so‘ng nuqta ishlatishdir.

 «Izoh ma’no­sidagi so‘z­lardan keyin ikki nuqta qo‘yiladi», degan qoidaga asosan rejadan keyin  ikki nuqta qo‘yiladi.  Har qanday reja umumlashtiruvchi so‘z, tarkibidagi gaplar esa rejaning izohi, uning maqsadiga yo‘naltirilgan mantiqiy davomidir.

Sodda ko‘rinishdagi reja namunalari

Mavzu: «Do‘st bilan obod uying...»

Reja:

1.“Do‘stlik bilan odod uying, gar bo‘lsa u vayrona ham...”.

2. Do‘st boshga kulfat tushganda bilinadi.

3. Do‘stliklik rishtalarini mustahkamlovchi omillar.

4. “Do‘st bo‘lsang yonimda tur...”.

Mavzu: Mustaqillik – xalqimizning asriy orzusi

Reja:

1. Ozodlik va erk uchun kurash ona xalqimiz jasorati.

2. Mustaqillik muborak, ona O‘zbekistonim!

3. Istiqlol va istiqbol mushtarak tushunchalar.

Murakkab ko‘rinishdagi rejalar

Insho yozishda sodda ko‘rinishdagi  rejalar bilan bir qatorda,  mavzuning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda murakkab ko‘rinishdagi insho rejalarini tuzish mumkin. Murakkab ko‘rinishdagi reja namunalari sodda rejalardan o‘zining «Kirish», «Asosiy qism», «Xulosa» tarzida  tarkibiy bo‘limlarga ajratilishi bilan keskin farqlanib turadi. Bundan tashqari, har bir qismning o‘zi alohida bandlarga bo‘linadi.

Reja mavzuga mos bo‘lishi va maqsadga muvofiq tuzilishi kerak. Masalan, “Alisher Navoiy she’riyatining badiiy xususiyatlari” mavzusidagi inshoni quyidagi murakkab reja asosida yozish mumkin:

Reja:

I. Kirish.  Alisher Navoiy lirikasining badiiy xususiyatlari.

II. Asosiy qism:

1. Alisher Navoiy g‘azallaridagi badiiy san’atlar.

2. Alisher Navoiy ruboiylarida badiiy tasvir.

3. Alisher Navoiy qit’alari va tuyuqlarida majoz haqiqati.

III. Xulosa. Alisher Navoiy she’riyatidan olgan taassurotlarim.

Adabiy mavzudagi insholarni murakkab, erkin mavzularni sodda reja asosida yoritish maqsadga muvofiq.

Murakkab ko‘rinishdagi reja namunalari

Mavzu: «Alisher Navoiy lirikasida insonparvarlik va adolatning uluglanishi»

Reja:

  1. Kirish. Alisher Navoiy lirikasining umumiy tavsifi.

II.      Asosiy qism:

1. Alisher Navoiy lirikasida insoniy fazilatlarning ulug‘lanishi.

2. Alisher Navoiy she’rlaridagi insonparvarlik   aks etgan misralar sharhi.

3. AlisherNavoiy  lirikasida  adolat g‘oyalari tarannumi.

III. Xulosa. Buyuk mutafakkir qarashlarining bugungi kundagi ahamiyati.

 

Mavzu: «Mehrobdan chayon» romanidagi Anvar obraziga tavsif»

Reja:

  1. Kirish.Abdulla Qodiriy – taniqli o‘zbek romannavisi.

II. Asosiy qism:

1. Anvar timsolida ilm-ma’fifatning ulug‘lanishi.

2. Anvar – o‘z so‘zida sobit turadigan sadoqatli do‘st.

3. Anvar timsolida vafodorlik va pokdomonlik tuyg‘ulari ifodasi.

4. Anvar timsoli orqali ijtimoiy tuzumdan norozilik kayfiyat­larining ifodalanishi.

III. Xulosa. Anvar obrazining ma’naviy-ma’rifiy ahamiyati.

Bunday  rejalarda tinish belgilarining ishlatilishi sodda ko‘rinishdagi insho rejalariga qaraganda murak­kabroq bo‘ladi.

Inshoga epigraf tanlash

Insho rejasi tuzib olingandan so‘ng mavzuga har tomonlama mos keladigan muqaddima so‘z(epigraf) tanlab olinadi.

Epigraf, odatda, rejadan keyin, insho matnidan oldin, sahifaning o‘ng chetiga yoziladi. Epigraf sifatida keltirilgan matndan so‘ng mazmunga ko‘ra nuqta, so‘roq, undov belgilaridan biri qo‘yiladi, muallif qavs ichida ko‘rsatiladi, qavsdan keyin tinish belgisi qo‘yilmaydi. Shuni ham nazarda tutish lozimki, mavzuni yoritishga xizmat qiluvchi, mazmunni tavsiflovchi  epigraflar  asosiy mohiyatni yuzaga chiqarishga  xizmat qiladi,  muallif mahoratini namoyon qiladi.

Inshoda epigraf keltirilishi qat’iy talab emas, ixtiyoriydir. Inshoni epigrafsiz ham yozish mumkin. Shu bois epigrafni baholash mezonlariga kiritish ham maqsadga muvofiq emas.

Insho yozish talablari

Insho o‘quvchini ijod qilishga, fikr yuritishga undashi, aqliy mehnatga qiziqish uyg‘otishi zarur. Shunga ko‘ra, o‘quvchining yozgan ijodiy ishi - inshoga bir qator talablar qo‘yiladi.Insho yozishdagi asosiy talablar sifatida quyidagilarni qayd etish mumkin:

1. Dastavval, insho husnixat bilan bitilishi lozim. Bunda harflarning aniq va to‘g‘ri yozilishi talab etiladi.

2.  Insho matni mavzuga mos reja asosida bayon qilinishi kerak. Insholarda rejaning mavzuga mos emasligi, ayrim hollarda mazmunning rejaga muvofiq emasligi kuzatiladi.

4. Insho yozma ijodiy ish sifatida matnning asosiy belgisi bo‘lgan mazmuniy butunlikka ega bo‘lishi darkor. Insho matnining o‘zaro bog‘liqligi, izchilligi hamda mantiqiyligini ta’minlash asosiy o‘rin tutadi. Buning uchun, dastlab, qoralamada inshoning rejasini tuzish, shu rejaga mos matn yaratish va inshoni yozib tugatmaguncha, oqqa ko‘chirmaslik tavsiya etiladi.

5. Inshoga qo‘yiladigan asosiy talablardan biri – uslubiy birlik va ifodalilikdir. Bunga erishish uchun badiiy uslub talablariga amal qilish lozim. O‘quvchi inshosiga chinakam ilmiy, ommabop va badiiy asarlar kabi qat’iy  talab qo‘yilmasa-da, matn adabiy me’yorlarga muvofiqlik  nuqtayi nazaridan tekshiriladi va baholanadi.

6. Fikrni ifodalash uchun so‘zlarni aniq tanlash, jumlalar soddaligi talab qilinadi. Inshoni yozishda o‘quvchidagi yaqqol tasavvur, ma’lum bir tuyg‘ular ifodasi hamda emotsionallik,  faktik ma’lumotlarni  keltirishdagi aniqlik muhim ahamiyatga ega.

7. Insho hajm jihatidan ham talab darajasida bo‘lishi kerak.  Odatda, insho o‘rtacha  5-7 sahifa hajmida yoziladi. O‘ta ixcham shakllarda yozilgan yoki mazmuni mavzuga aloqador bo‘lmagan fikrlar bilan to‘ldirilib yuborilgan katta hajmdagi matnlar inshoni baholashga  salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

8. Insho matnini mazmuniy qismlariga muvofiq ravishda abzaslarga ajratish va xat boshidan yozish talab etiladi.

Inshoda mavzuga doir masalalar mazmun-mohiyatini insho strukturasiga mos holda  ochish vazifasi qo‘yiladi. To‘g‘ri shakllantirilgan insho uch muhim  –  kirish, asosiy, xulosa qismlaridan tashkil topadi.

Buni foiz nuqtayi nazaridan quyidagicha ko‘rsatish o‘rinlidir.

Kirish       Asosiy qism       Xulosa

10—15% 70—80%           10—15%

Foiz nuqtayi nazaridan inshodagi qismlar o‘rtasida nomuvofiqliklar uchrasa, xususan, kirish va xulosa qismi kengaytirilib yuborilgan bo‘lsa-yu, asosiy qism hajmi kam bo‘lib qolgan bo‘lsa, bu holat inshoning mazmuniga jiddiy darajada salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Inshoni baholayotganda, albatta, bular ham hisobga olinadi.

9. Insho matni imlo qoidalariga muvofiq holda aks ettirilishi talab etiladi. Yozma ish adabiy til me’yorlariga asosan shakllantiriladi. Imlo qoidalariga, uslubiy me’yorlarga amal qilinmagan hollarda matnda xatolarga yo‘l qo‘yiladi. Xatolarning quyidagi turlari bor: imlo xatolari, punktuatsion xatolar, uslubiy xatolar, mantiqiy xatolar.

Imlo xatolari – kirill va lotin alifbosi asosidagi yozuv qoidalarini farqlamaslik, so‘zlarni yozma tarzda ifodalashda, qo‘shib, ajratib, chiziqcha bilan yozishda, tutuq belgisini qo‘llashda yo‘l qo‘yiladigan xatolar.

Tinish belgilari xatosi – tinish belgilarini qo‘llash bilan bog‘liq xatolar. Tinish belgilarining qo‘llanishi gap tuzilishi va mazmuniga ta’sir qiladi: O‘qi, o‘qi bobong kabi, nodon bo‘lma - O‘qi, o‘qi, bobong kabi nodon bo‘lma. Birinchi holatda boboning o‘qimishli ekanligi, ikkinchi gapda esa o‘qimaganligi ifodalangan.

Uslubiy xatolar – so‘z tanlash, sinonim, paronimlarni, qo‘shimchalarni noto‘g‘ri qo‘llash bilan bog‘liq xatolar.

Adabiy nutq – muayyan tarixiy bosqichlarda ishlangan, qat’iy me’yorlarga ega bo‘lgan nutq ko‘rinishidir. Adabiy nutqning muayyan sohadagi muloqot uchun moslashtirilgan, bir qator o‘ziga xos xususiyatlari bilan farqlanib turadigan ko‘rinishlari – uslublari mavjud.

Insho matni talab darajasida bo‘lishi uchun nutq uslublarini mukammal o‘zlashtirish talab etiladi. Uslub turlari yaxshi o‘zlashtirilmasa, insho matnida xatolarga yo‘l qo‘yiladi.

Uslubiy xatolar leksik, morfologik me’yorlarning buzilishi natijasida yuzaga keladi.

 Uslubiy xatolar sinonimlarni qo‘llashda kuzatiladi: bashara-afti-angor. Uslubiy xatolarning ma’lum qismi so‘z tanlash bilan bog‘liq bo‘ladi.  Masalan, insonga nisbatan  qulamoq, narsa-buyumga nisbatan yiqilmoq, ashulaga nisbatan chiroyli so‘zlarini qo‘llash noto‘g‘ri. Paxta gulladi birikuvi ham uslubiy jihatdan xatodir.

Paronimlarni noto‘g‘ri qo‘llash uslubiy xatolarni yuzaga keltiradi.

Mantiqiy xatolar – jumla mazmuni, mantiq bilan bog‘liq xatolar.

Shunday mantiqiy xatolar borki, ularni har doim ham ilg‘ash qiyin. Masalan, Momaqaldiroq guldurab, chaqmoq chaqdi va sharros yomg‘ir quya boshladi; Chaqmoq chaqib, momaqaldiroq gumburladi jumlasida momaqaldiroqning gumburlashi va chaqmoqning chaqishi ketma-ket ro‘y beradigan hodisa sifatida ifoda etilmoqda. Vaholanki, bu hodisalar bir vaqtda sodir bo‘ladi.

9. Insho mavzusini yoritishda faktik materiallardan foydalanish talab etiladi. Faktik materiallar insho matnining aniqlik, ishonarlilik darajasini orttiradi.

10. Inshoda mustaqil yondashuv, muallif fikri, munosabati aks etishi lozim. O‘quvchi muayyan mavzu asosida insho yozar ekan, dastavval, o‘zi o‘qigan materiallarga, ma’lumotlarga asoslanadi.

 

Insho yozish uchun ajratilgan vaqt: 4 akademik soat (180 daqiqa).

 

INSHO MATNINI BAHOLASH MEZONLARI

Insho matnining savodxonlik darajasini baholash mezonlari[2]

 

 

   Insho matniga qo‘yiladigan savodxonlik talablari

Maksimall -37,8 ball

1.

      Insho matni adabiy til me’yorlariga amal qilib, badiiy uslub talablari asosida yozilgan, sheva so‘zlari noo‘rin qo‘llanmagan bo‘lsa–

3 ball

2.

Matnda  imlo xatolariga yo‘l qo‘yilmagan bo‘lsa –

10 ball

Inshodagi imlo xatolari quyidagicha baholanadi:

                        1 ta imlo xatosiga–   9 ball;

                        2 ta imlo xatosiga –  8 ball;

                        3 ta imlo xatosiga –  7 ball;

                        4 ta imlo xatosiga –  6 ball;

                        5 ta imlo xatosiga – 5 ball;

                        6 ta imlo xatosiga – 4 ball;

                        7 ta imlo xatosiga –  3 ball;

                        8 ta imlo xatosiga – 2 ball;

                        9 ta imlo xatosiga –  1 ball;

      Imlo xatosi  10  ta va undan ortiq bo‘lsa– 0 ball qo‘yiladi.

 

3.

Matnda uslubiy xato bo‘lmasa; fikr bayonida uslubga muvofiq bo‘lmagan takrorlarga yo‘l qo‘yilmagan bo‘lsa –

8 ball

Inshodagi uslubiy xatolar quyidagicha baholanadi:

                        1 ta uslubiy xatoga –   7 ball;

                        2 ta uslubiy xatoga –  6 ball;

                        3 ta uslubiy xatoga –  5 ball;

                        4 ta uslubiy xatoga –  4 ball;

                        5 ta uslubiy xatoga –  3 ball;

                        6 ta uslubiy xatoga –  2  ball;

                        7 ta uslubiy xatoga –  1 ball

          Uslubiy xato  8 ta va undan ortiq bo‘lsa– 0 ball qo‘yiladi.

 

4.

Matnda  tinish belgilari xatosi  bo‘lmasa –

9 ball

Inshodagi tinish belgilariga oid  xatolar quyidagicha baholanadi:

                        1 ta punktuatsion  xatoga –   8 ball;

                        2 ta punktuatsion xatoga –  7 ball;

                        3 ta punktuatsion xatoga –  6 ball;

                        4 ta punktuatsion xatoga –  5 ball;

                        5 ta punktuatsion xatoga –  4 ball;

                        6 ta punktuatsion xatoga –  3  ball;

                        7 ta punktuatsion xatoga –  2 ball;

                        8 ta punktuatsion xatoga –  1 ball.

Tinish belgilari xatosi  9 ta va undan ortiq bo‘lsa– 0 ball qo‘yiladi.

 

5.

Harflarning aniq, to‘g‘ri ifodalanishi talab darajasida bo‘lsa, insho matni husnixat bilan bitilgan bo‘lsa –

2,8 ball

6.

Fikr aniq, to‘g‘ri, maqsadga muvofiq ifodalangan bo‘lsa

3 ball

7.

Insho hajmi talab darajasida bo‘lsa –

2 ball

Insho matnining savodxonlik darajasini baholash mezonlariga izoh:

o‘quvchi bir so‘zni (masalan, axloq so‘zini) ikki yoki uch o‘rinda xato yozsa, 1ta imlo xatosi hisoblanadi.  Agar bir necha so‘zni xato yozgan bo‘lsa,  xatolar bir xil tipda– x va h imlosi bilan bog‘liq bo‘lsa ham, umumlashtirilmaydi. Negaki o‘quvchining savodxonlik darajasi har bir so‘zning yozilishi, mohiyatini bilishi nuqtayi nazaridan baholanadi. Demak, o‘quvchi ruxsat so‘zini ruhsat, tahlika so‘zini taxlika, mahorat so‘zini maxorat tarzida yozsa, uchta imlo xatosiga yo‘l qo‘ygan bo‘ladi.

Tinish belgilari xatosini vergul, tire, yoki ikki nuqta bilan bog‘lab umumlashtirish ma’qul emas. Agar o‘quvchi undalmadan keyin vergul qo‘ymagan, kirish so‘zni vergul bilan ajratmagan, uyushiq bo‘laklar orasiga vergul qo‘ymagan bo‘lsa, tinish belgisi qo‘yilishining uch holati  bilan bog‘liq qoidadan bexabar va uchta punktatsion xatoga yo‘l qo‘ygan hisoblanadi.

Bo‘g‘in ko‘chirishda yo‘l qo‘yilgan xatolarni bir xato sifatida umumlashtirish mumkin.

 

Insho mazmunini baholash mezonlari

Insho matni mazmuniga qo‘yiladigan talablar

Maksi-mal -37,8 ball

1.

    Reja mazmunan izchil, mantiqan mavzuga mos,  mavzuning asosiy mohiyatini o‘zida aks ettirgan bo‘lsa –

 

4 ball

2.

    Insho matni rejaga mos, reja asosida izchil, ravon bayon etilgan bo‘lsa,  reja bandlarining uzviyligi saqlangan bo‘lsa –

5 ball

3.

   Matn mazmuni mavzuga mos va batafsil yoritilgan, insho matni mantiqan kirish, asosiy, xulosa qismlari asosida shakllantirilgan, insho mustaqil ijodiy fikrlash, dalillar asosida, ravon va savodli yozilgan bo‘lsa, asosiy qism insho hajmining 70-80%ini  tashkil etsa, mavzudan chetga chiqilmagan bo‘lsa–

10 ball

4.

     a) adabiy mavzudagi inshoda asarnig milliy o‘ziga xosligi va umumisoniy mohiyati ochib berilgan bo‘lsa–

     b) erkin mavzudagi ishoda muallifning mustaqil fikri aks etgan bo‘lsa, o‘ziga xos yondashuv sezilib tursa– 

 

 

4 ball

5.

        Insho yozishda faktik materialdan o‘rinli foydalanilgan bo‘lsa, ko‘chirmalar,  buyuk mutafakkirlar, taniqli shaxslar fikri keltirilgan bo‘lsa–

insho mazmuniga tarixiy, adabiy-badiiy,  publitsistik va boshqa materiallar singdirilganl bo‘lsa–

3,8 ball

6.

Matn mazmunining badiiyligini ta’minlash, ta’sirchanlik darajasini oshirish uchun obrazli ifodalar, iboralar, maqol, matal, hikmatli so‘zlardan keng foydalanilgan bo‘lsa –

4 ball

7.

    Mavzu mantiqiy jihatdan tahlil qilingan bo‘lib, faktik xatolar, noto‘g‘ri fikrlarga yo‘l qo‘yilmagan bo‘lsa–

 

3 ball

8.

Mavzu hozirgi davr bilan bog‘lab yoritilgan bo‘lsa –

4 ball

 

Tavsiya etiladigan insho mavzulari:

  1. Adabiy mavzudagi insholar

O‘zbek mumtoz adabiyoti

1. “Avesto” – mumtoz adabiyot tarixidagi mushtarak manba.

2. “O‘rxun-yenisey obidalari” – turkiy xalqlar tarixiga oid yozma yodgorlik sifatida.

3. “Qutadg‘u bilig” – ilk badiiy doston.

4. “Qutadg‘u bilig”dagi axloqiy-ma’rifiy qarashlar.

5. Ahmad Yassaviy hikmatlarining g‘oyaviy mazmuni.

6. “Hibbat ul-haqoyiq” –didaktik manba.

7. O‘rta Osiyo qomusiy olimlarining dunyo sivilizatsiyasida tutgan o‘rni.

8. “Qisasi Rabg‘uziy” – turkiy tildagi ilk nasriy asar.

9.Alisher Navoiy lirikasining janr xususiyatlari.

10.Alisher Navoiy “Xamsa”si dostonlari.

11.Alisher Navoiyning epik asarlari.

12.Alisher Navoiyning ilmiy asarlari.

13. Alisher Navoiyning “Muhokamat ul-lug‘atayn” asari.

14. “Mahbub ul-qulub” – axloqiy ta’limiy asar.

15.Zahiriddin Muhammad Bobur lirikasi.

16. “Shayboniynoma” – ilk tarixiy doston”.

17. Turdi Farog‘iy – satirik shoir.

18.Gulxaniyning “Zarbul -masal” asaridagi timsollar tavsifi.

19.Munis lirikasi.

20.Ogahiy lirikasining janr xususiyatlari.

21. Ogahiy– mahoratli tarjimon.

22.Furqat–lirik shoir.

23.Muqimiy satirasi.

24.Zavqiy ijodida satiraning  o‘rni.

25.Avaz O‘tar–ma’rifatparvar shoir.

Zamonaviy o‘zbek adabiyoti

1.G‘afur G‘ulom she’riyatining asosiy xususiyatlari.

2.“Mening o‘g‘rigina bolam” hikoyasining g‘oyaviy mazmuni.

3.“Shum bola” – avtobiografik qissa.

4.Oybek romanlarining mavzuiy tasnifi.

5.“Navoiy” – biografik roman.

6.Abdulla Qahhor – mohir hikoyanavis.

8. Abdulla Qahhorning tarixiy mavzudagi hikoyalari.

9.“O‘g‘ri ” hikoyasida tamagirlik  illatining qoralanishi.

10.Abdulla Qahhorning zamonaviy mavzudagi hikoyalari.

11.Pirimqul Qodiruvning tarixiy mavzudagi romanlari.

12.Odil Yoqubovning tarixiy romanlari.

13.O‘tkir Hoshimov qissalari.

14.“Dunyoning ishlari” qissasidagi ona timsoliga tavsif.

15.Erkin Vohidov she’riyati.

16.“Ruhlar isyoni” dostonidagi timsollarga tavsif.

17. Abdulla Oripov she’riyatida yurt madhi.

18.Mustaqillik davri epik asarlari.

19.Mustaqillik davri she’riyati.

20.Mustaqillik davri dramaturgiyasi.

  1. Erkin mavzudagi insholar.

1.“O‘zbekiston kelajagi –yoshlar qo‘lida!”

2.“Bizdan ozod va obod vatan qolsin!”

3.“Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot.... masalasi”

4.Ajdodlarimiz fazilati – ibrat namunasi.

5.“Dunyoda bir zot borki, biz undan hamisha qarzdormiz, u –ona!”

6.“Bilmaganin so‘rab o‘rgangan – olim...”

7.Kitob shuurimga so‘zlagay hikmat...

8.Badiiy asar – hayot darsligi.

9.She’riyat – ruhiyat ko‘zgusi.

Yozma ishda xatolarning belgilanishi:

Yozma ishni tekshirishda xatolar tagiga chiziladi va to‘g‘ri varianti daftar hoshiyasiga belgilar chiqarish asosida ko‘rsatiladi.

Xatolarni belgilashda:

- imlo xatosi ustidan chiziq tortiladi ( | );

- tinish belgilaridagi xato   chiziq (-) bilan ko‘rsatiladi.

- uslubiy xato ostiga to‘lqinli chiziq (~) chiziladi.  Daftar hoshiyasiga esa quyidagi shartli belgilar qo‘yiladi:

- / (shtrix) – imlo xatosini bildiradi;

- V– tinish belgisidagi xatoni bildiradi;

- usl– uslubiy xatoni bildiradi;

- Z (zet) – abzasni, ba’zan matndagi behuda bo‘sh qoldirilgan yoki noo‘rin band qilingan satrlarni bildiradi;

- yozma ishni tekshirishda g‘aliz,  tushunarsiz, noo‘rin jumlalar, noto‘g‘ri dalillar tagiga chizilib,  ro‘parasidagi daftar hoshiyasiga so‘roq belgisi  (?) qo‘yish bilan e’tiroz  bildiriladi.

Ish tekshirib bo‘linganidan keyin xatolar tasniflanadi va quyidagi tarzda ko‘rsatiladi:

masalan, imlo xatosi - 2 ta, punktuatsion xato - 3 ta, uslubiy xato - 1 ta tarzida.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.Каримов И.А. Барча режа ва дастурларимиз ватанимиз тараққиётини юксалтириш, халқимиз фаровонлигини оширишга хизмат қилади. -Тошкент: Ўзбекистон, 2011. 3-б.

2. Mirziyoyev Sh.M. “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-sonli farmoni. 07.02.2017. “Xalq so‘zi” gazetasi, 2017-yil, 28-(6722) soni.

3.Олий таълим тизимини янада ривожлантириш чора-тадбирлари тўғрисида (ПҚ-2909-сонли). Ўзбекистон Республикаси Президентининг қарори. 2017 йил 20 апрель.

4. Голуб И.Б.Формированный курс подготовки к письменному экзамену по русскому языку и литературе : учеб.пособие / И. Б. Голуб, Л. В. Давыдова. -М. : Эксмо.- 448 с. 

5. Ивченков П. Ф. Обучающие изложения. 5-9-классы : пособие для учителя / П. Ф. Ивченков. -М.: Просвещение, 1994. - 224 с. 

6. Кадрлар тайёрлаш миллий дастури // Баркамол авлодЎзбекистон тараққиётининг пойдевори. -Тошкент,1997. 38-б.

7. Мадаев О. Иншо қандай ёзилади? Ўрта махсус ўқув юртларининг ўқитувчилари учун методик қўлланма.-Т.:Ўқитувчи,1991

Маҳмудхўжа Беҳбудий. Китобатул-атфол (Болалар мактуби). Танланган асарлар. -Тошкент: Маънавият, 1997.-179-180-б.

8. Маҳмудхўжа Беҳбудий. Муҳтарам ёшларға мурожаат. Танланган асарлар. -Тошкент: Маънавият, 1997.153-154-б.

9. Маҳмудов Н., Рафиев А., Йўлдошев И. Нутқ маданияти ва давлат тилида иш юритиш. -Тошкент: Чўлпон, 2012.

10. Пленкин Н. А. Изложение с языковым разбором текста : пособие для учителей / Н. А. Пленкин. -2-е изд., испр. и доп. -М.:Просвещение, 1978. - 190 с. 

11. Русова Н.Ю. Как писать сочинение, изложение и диктант: учеб.пособие для сред. шк.,абитуриентов, родителей / Н. Ю. Руссова. — НижнийНовгород:Деком,1994. -192 с. 

12. Саидов М. Ўзбек мактабларининг 5-синфларида она тили таълими жараёнида тафаккурни ривожлантирувчи ўқув топшириқлари ва улардан фойдаланиш методикаси. Педагогика фанлари номзоди илмий даражасини олиш учун тақдим этилган диссертация автореферати. -Т., 2000.-23-бет

13. Сморщок М. Ф. Изложения: для абитуриентов / М. Ф. Сморщок. - Минск : Высшейшая школа, 2000. -171 с.

14. Ўзбек тилининг изоҳли луғати. I, II, III, IV, V. -Тошкент: “Ўзбекистон Миллий энциклопедияси” давлат нашриёти, 2006-2008.

  1. http://www.enchantedlearning.com/graphicorganizers/cloud
  2. https://owl.english.purdue.edu/owl/resource/544/01

Tuzuvchilar:

___________   A.Sobirov,

filologiya fanlari doktori, professor

___________   Z.Xolmanova,

filologiya fanlari doktori,

2015 –yil “Eng yaxshi pedagog” Respublika tanlovi g‘olibi

 

[1]Darslik va qo‘llanmalarda insho turlari uch guruhga ajratilgan: 1. Adabiy mavzudagi insho. 2. Adabiy-ijodiy mavzudagi insho.3. Erkin mavzudagi insho. Adabiy mavzudagi va adabiy-ijodiy mavzudagi insholar mohiyatiga ko‘ra yaqin bo‘lgani bois  dasturdabirlashtirib berildi.

[2]Ushbu baholash mezonlari Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti kengashi majlisida muhokama qilingan va nashrga tavsiya qilingan (2017-yil 28-aprel, 9-sonli bayonnoma).

 

 

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining

«2017/2018 o`quv yilida O`zbekiston Respublikasining

oliy ta’lim muassasalariga qabul to`g`risida»gi qarori

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining
«2017/2018 o`quv yilida O`zbekiston Respublikasining  
oliy ta’lim muassasalariga qabul to`g`risida»gi qarori
 

 

ToshDO‘TAU ga O‘QISHGA KIRISH UCHUN HUJJATLAR RO‘YXATI:

Bakalavriat yo‘nalishi uchun abituriyentlarning arizalari 15-iyundan 15- iyulgacha qabul qilinadi. Abituriyentlar qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni topshiradilar:

- ta'lim yo‘nalishi, tili va shaklini ko‘rsatgan holda ta'lim muassasasi rektori nomiga ariza;

- o‘rta (11-sinf negizida) va o‘rta maxsus, kasbiy ma'lumot haqidagi hujjatning asli;

- 086/U shaklidagi tibbiy ma'lumotnoma;

- pasport nusxasi (16 yoshga to‘lmaganlar tug‘ilganligi haqida guvohnoma nusxasi);

- tanlovda ishtirok etmasdan o‘qishga kirish huquqini beradigan xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari va musobaqalari g‘oliblari uchun g‘olibligini tasdiqlovchi hujjatning asli;

- O‘zbekiston Respublikasi Harbiy kuchlarida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan fuqarolar uchun harbiy qismdan o‘qishga kirish uchun olingan o‘rnatilgan shakldagi tavsiyanoma. Pasport va harbiy majburiyat haqidagi hujjat shaxsan ko’rsatiladi. 

 

Javoblar varaqasi namunasi

Oliy ta`lim muassasalari qabulida ishlatiladigan

javoblar varaqasi namunasi

______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

      ALISHER NAVOIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT O‘ZBEK TILI VA ADABIYOTI UNIVERSITETI 2017–2018-O‘QUV YILI UCHUN QUYIDAGI BAKALAVRIAT YO‘NALISHLARI VA MAGISTRATURA MUTAXASSISLIKLARIGA QABUL E'LON QILADI

  BAKALAVRIAT TA'LIM YO‘NALISHLARI

  5111200

  O‘zbek tili va adabiyoti

  5120100

  Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili)

  5120900

  O‘zbek-ingliz tarjima nazariyasi va amaliyoti

 

      Bakalavriat ta'lim yo‘nalishlariga hujjatlar 2017-yil 15-iyundan 15-iyulgacha qabul qilinadi.

 

  MAGISTRATURA MUTAXASSISLIKLARI

 5A111201

  O‘zbek tili va adabiyoti

 5A120101

  Adabiyotshunoslik (o‘zbek adabiyoti)

 5A120102

  Lingvistika (o‘zbek tili)

5A120104

Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik

 

      Magistratura mutaxassisliklariga hujjatlar 2017-yil 1-iyuldan 30-iyulgacha qabul qilinadi.

 

      Universitetga topshiriladigan hujjatlar, qabul kvotalari yoki sizni qiziqtirgan qabul bo‘yicha savollar yuzasidan kerakli ma'lumotlarni quyidagi aloqa manbalari orqali bilib olishingiz mumkin:

      Telefon: (0-371) 255 78 28

      Universitetning rasmiy veb-sayti: www.navoiy-uni.uz

      Hujjatlar quyidagi manzillarda qabul qilinadi:

  1. “O‘zbek tili va adabiyoti” ta'lim yo‘nalishi va barcha magistratura mutaxassisliklariga: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Tafakkur ko‘chasi, 68-uy. Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti qoshidagi 2-akademik litseyi binosi. (Avtobuslar:33, 38, 57, 58, 67, 81. Mo‘ljal: “Do‘stlik” bog‘i).
    Tel.: (0-371) 255 78 28
  2. “Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili)” ta'lim yo‘nalishiga: Toshkent shahri Chilonzor tumani, Muqimiy ko‘chasi, 54-uy. 173-umumta'lim maktabi binosi (Avtobuslar: 56, 77, 118, 127,132. Novza metro bekati. Mo‘ljal: Agrobank ATB)
    Tel.: (+99895) 143 53 58
  3. O‘zbek-ingliz tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Sh.Rustaveli ko‘chasi, 118-uy. 26-umumta'lim maktabi binosi (Avtobuslar: 3, 38, 57, 58... Mo‘ljal: “Qardoshlik” memorial yodgorligi majmuasi). Tel.: (0-371) 250 94 82

 

______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

      O‘qishga ishtiyoqi baland yoshlarning abiturient maqomiga ega bo‘lishlariga ham sanoqli kunlar qoldi.

15-iyundan 2017-2018-o‘quv yili uchun o‘qishga kirmoqchi bo‘lgan yoshlar oliy ta'lim muassasalariga hujjat topshira boshlaydilar.

      Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘zbek tili va adabiyoti fanlariga qiziqishi baland, ijod sirlarini o‘rganishni, tilimiz, adabiyotimiz namunalarini dunyoga tanitishni maqsad qilgan yoshlarni intizorlik bilan kutib turibdi.

Bu yil Uninversitetning

      5120100 - Filologiya va tillarni o‘qitish (O‘zbek tili) yo‘nalishi uchun 140 nafar (50 ta byudjet, 90 ta kontrakt)

      5111200 – O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti 100 nafar (35 ta byudjet, 65 ta kontrakt)

      5120900 – O‘zbek-ingliz tarjima fakultetiga 100 nafar (35 ta byudjet, 65 ta kontrakt) talaba qabul qilinadi.