Lingvistik Ekspertiza markazi

Lingvistik markaz xizmatidan foydalaning!

Agar siz hujjatlarni qay darajada o‘zbek adabiy tilida yozilganligiga ishonch hosil qilmoqchi va uni yuridik tasdiqlamoqchi bo‘lsangiz, hujjatlarni o‘zbekcha rasmiylashtirish, yorliqlar (reklama) tayyorlash, matnlarni tarjima qilish, tahlil va tahrirni amalga oshirish zarur bo‘lsa  - 

Marhamat!

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti qoshidagi “Lingvistik ekspertiza, tahrir va tarjima markazi” xizmatingizga tayyor.

           Markaz quyidagi xizmatlarni ko‘rsatadi:

- Turli tipdagi matn va hujjatlarni chet tillardan o‘zbek tiliga, o‘zbek tilidan chet tillarga yuksak saviyada tarjima qilish.

-   Internet-reklama sohasi tili va uslubi bo‘yicha xizmatlarni bajarish.

- Matnlarning lingvistik jihatdan sud-psixologik ekspertizasini amalga oshirish.

- Tovar yorliqlari va yo‘riqnomalarini tayyorlash, tarjima va tahrir qilish.

- Tadbirkorlik, ishlab chiqarish, sanoat va qishloq xo‘jaligi, bank-moliya, yurisprudensiya, diplomatiya, harbiy ish va shu kabi o‘ta muhim sohalarda ish yuritish hujjatlari va hisobot qoliplarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘llanma va lug‘atlar tayyorlash.

- Ish yuritish hujjatlarining o‘zbek adabiy tiliga muvofiqligini ekspertiza qilish va tasdiqlash.

-  Muassasa tashkilotlarda o‘zbek tilida ish yuritish, reklama, e'lon matnlarini tayyorlash jarayonlariga ekspert xulosalarini berish.

Markaz a'zolari universitet professor-o‘qituvchilari, shu sohada faoliyat ko‘rsatib kelayotgan yetuk mutaxassislardan iborat.

Xizmatlar naqd pul, to‘lov-shartnoma, plastik kartochkalarda amalga oshiriladi.

 

Manzilimiz:

Murojaat uchun tel: +998712271548

E-mail: interdep@navoiy-uni.uz