Missiya

· Xalqimizning milliy ruhi va oʻzligining, madaniy-ma’rifiy olami, milliy gʻoyasining asosi hisoblangan ona tili va adabiyotini yanada rivojlantirish;

· Oʻlkamiz qaramlik changaliga tushib qolgan istibdod davrlarida ona tilimizning rivojlanish imkoniyatlarining cheklanishi oqibatida shakllangan asoratli muammolarni bartaraf etish;

·  Qadimiy va boy tarixga ega oʻzbek tilining tarixiy shakllanish va zamonaviy rivojlanish jarayonlarini chuqur tadqiq etishni yoʻlga qoʻyish;

·  Ajdodlardan avlodlarga oʻtib kelayotgan bebaho ma’naviy boylikning vorislari sifatida ona tilimizni asrab-avaylash, uni boyitish, nufuzini oshirish;

·  Oʻzbek tili va adabiyotining xalqimiz, jamiyatimizning ma’naviy rivojida, zamonaviy ilm-fan taraqqiyotida tutgan oʻrni va roli bilan bogʻliq dolzarb mavzularda muhim ilmiy tadqiqotlar amalga oshirishni rivojlantirish;

·  Zamon talablariga mos lugʻat va qomuslar, risola va darsliklar nashrini yoʻlga qoʻyish;

·  Oʻzbek tili va adabiyoti boʻyicha mutaxassislar, ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash, mazkur yoʻnalishda faoliyat olib borayotgan xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish masalalariga katta e’tibor qaratish;

·  Ona tilimizning qoʻllanish doirasini kengaytirish, uning tarixiy ildizlarini chuqur oʻrganish va ilmiy asosda har tomonlama rivojlantirish;

·  Fundamental fanlar, zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalari, sanoat, bank-moliya tizimi, yurisprudensiya, diplomatiya, harbiy ish va shu kabi oʻta muhim tarmoqlarda oʻzbek tili oʻzining haqiqiy oʻrnini egallashiga erishish;

·  Zamonaviy darsliklar, etimologik va qiyosiy lugʻatlar yaratish, zarur atama va iboralar, tushuncha va kategoriyalarni ishlab chiqish kabi muhim masalalarni qamrab oladi.