Muzeylar

      O‘ZBEK TILI VA ADABIYOTI MUZEYI

      Muzey adabiyot, madaniyat va ma’rifat sohasida fundamental tadqiqotlar olib boruvchi va O‘zbekiston xalqlarining moddiy va ma’naviy boyliklarini saqlab namoyish va targ‘ib qiluvchi ilmiy va ilmiy-ma’rifiy tashkilotdir va O‘zbekiston xalqlarining moddiy va ma’naviy boyliklarini saqlash, namoyish qiluvchi va targ‘ib etuvchi ilmiy va ilmiy-ma’rifiy muassasa.  Muzey ekspozitsiya,  qo‘lyozmalar va O‘zbekiston shoir va yozuvchilari arxividan iborat. 

   Muzeyning ilmiy yo‘nalishi

     O‘zbekiston xalqlarining eng qadimgi darvdan hozirgi kungacha bo’lgan davr folklor va yozma manbalarining ilmiy tavsifini amalga oshirash, tadqiq qilish va nashr qildirish.

   Muzey yutuqlari

     A.Qayumov. “Asarlar” to‘plami.  «Mumtoz so‘z», T.,  2013; H.Hasanov. Bobur. “Mubayyin”. “Movaraunahr”, T., 2013; N.Nizometdinov. “Ma’osiri Olamgiriy”.  “Movarounnahr”, T., 2013;  S.Xasanov. «Genetiko-tipologicheskoe issledovanie poemo’ «Sem skitaltsev» Alishera Navoi». «Mumtoz so‘z», T., 2014; Alisher Navoi. Jemchujno’e strofo’. (Nazm ul javoxir). «O‘qituvchi» nashriyot matbaa-ijodiy uyi, T., 2014; N.Nizometdinov. “Hindistonda tasavvuf tarixi va adabiyoti” (VIII-XVII asr). “Adabiyot uchqunlari”,  T., 2014; J.Jo‘raev. Faxriy Hirotiyning “Ravzat us-salotin” va “Javohir ul-ajoyib” tazkiralari. “Mumtoz so‘z”, T., 2014; A.Qayumov. “Dilkusho takrorlar va ruhafzo ash’orlar”. “Sharq” nashriyot-matbaa aktsiyadorlik kompaniyasi. T., 2014; Alisher Navoiy. Ustoz Abdurahmon Jomiy vafotiga yozilgan marsiya.  “Mumtoz so‘z”, T., 2014; Alisher Navoiy. “Xamsat ul-mutahayyiriyn” asarining tanqidiy matni. “Mumtoz so‘z”, T., 2015;. Maqsud Shayxzoda. “Jaloliddin Manguberdi”.  “Mumtoz so‘z”, T., 2015;  “Pskent shoirlari”. “Mumtoz so‘z”, 2015; “Zamima tazkiralar”.  “Mumtoz so‘z”, 2015; Sh.Hasanova. “To‘tinoma”  tipidagi asarlarning qiyosiy-tipologik va tekstologik tadqiqi”. “Mumtoz so‘z”,  T., 2015;  H.Hasanov. “Zaxiriddin Muhammad Bobur “Mubayyin” asari-muhim adabiy diniy manba”.  “Mumtoz so‘z”, T., 2015;  “Nosirxo‘ja Valadi Mansurxo‘janing “Layli va Majnun” dostoni”. “Sangzor”, Jizzax, 2015; “Xurshid arxivining ilmiy tavsifi”. “Mumtoz so‘z”, 2015;  Alisher Navoi. Pyateritsa izumleniy. T., 2015; Alisher Navoiy. “Farxod va Shirin” dostoni uch tilda o‘zbek, rus, ukrain tillarida Kiyev shahrida chop etildi. ADEF-Ukraina nashriyoti, 2016; Alisher Navoiyning “Xamsa”sining faksimel nashri, “O‘zbekiston” NMIU, 2016.

 

      Hasanov Saidbek Rustamovich  filologiya fanlari doktori, professor, “Xalqlar do‘stligi” ordeni bilan mukofotlangan,  muzey direktori.

     O‘zbek adabiyotshunosligi, manbashunosligi va Sharq xalqlari adabiyoti bo‘yicha ko‘zga ko‘ringan va o‘ziga xos maktab yartagan yirik olim.

     10 monografiya va 250 dan ortiq maqolalar muallifi.

     “Navoiyning yetti tuhfasi”, “Roman o Baxrame”, “Navoiy merosi-ilhom chashmasi”, “Navoiyning hikmatli so‘zlari”, Moskvada “Lirika Navoi”,  Kiyevda “Farxod va Shirin” asarining sovg‘a nashrlarini tayyorlagan.