O‘zbek filologiyasi fakulteti

      Oʻzbek filologiyasi fakulteti.  2016-yil 13-mayda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga binoan Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbek tili va adabiyoti universiteti tarkibida tashkil etilgan boʻlib, 5120100-Filologiya va tillarni oʻqitish (oʻzbek tili) ta’lim yoʻnalishida mutaxassis tayyorlaydi. Ushbu mutaxassislar oʻzbek tili va adabiyoti, folklorining tarixan shakllangan adabiy, lingvistik maktablari va ta’limotlarini, mumtoz va zamonaviy metodlarini, buyuk ajdodlarimizning oʻzbek va jahon tilshunosligi rivojiga qoʻshgan hissasi, ularning ilmiy merosi, ona tilimizning xalqaro miqyosdagi oʻrni va nufuzi, uning boshqa tillar bilan aloqalari, oʻzbek tili va adabiyotining rivojlanish istiqbollari bilan bogʻliq ilmiy muammolarni tadqiq etish, oʻzbek tilining asl tabiati va xususiyatlarini toʻla aks ettiradigan mukammal akademik va oʻquv grammatikalarini yaratish, uning tovushlar tizimi va ularning yozuvda aks etishi, joriy imlo qoidalarini takomillashtirish boʻyicha ilmiy asoslangan takliflar tayyorlash, turli mavzu va yoʻnalishlar boʻyicha lugʻat va qomuslar, risola va darsliklar yaratish borasida izlanishlar olib boradi.

Fakultet saytiga oʻtish