Oʻzbek-ingliz tarjima fakulteti

      Oʻzbek-ingliz tarjima fakulteti. 2016 yil 13 mayda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga binoan Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbek tili va adabiyoti universiteti tarkibida tashkil etilgan boʻlib, 5120200- Tarjima nazariyasi va amaliyoti ta’lim yoʻnalishida mutaxassis tayyorlaydi. Ushbu mutaxassislar ilmiy, badiiy va boshqa sohalardagi adabiyotlarni oʻzbek tilidan ingliz va boshqa xorijiy tillarga, shuningdek, jahon tillaridan ona tilimizga yuksak sifat va mahorat bilan tarjima qiladigan tarjimonlar tayyorlash, ona tilimizning Internet jahon axborot tarmogʻida munosib oʻrin egallashini ta’minlash, uning kompyuter uslubini, oʻzbek tili va dunyodagi yetakchi xorijiy tillar asosida tarjima dasturlari va lugʻatlar, elektron darsliklar yaratish bilan bogʻliq ilmiy-metodik ishlanmalar, amaliy tavsiyalar tayyorlash va bu borada erishilgan natijalarni amaliyotga keng tatbiq etish borasida izlanishlar olib boradi.

Fakultet saytiga oʻtish