Oʻzbek tili va adabiyoti o'qitish fakulteti

      Oʻzbek tili va adabiyoti o'qitish fakulteti. 2016 yil 13 mayda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga binoan Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbek tili va adabiyoti universiteti tarkibida tashkil etilgan boʻlib, 5111200 - Oʻzbek tili va adabiyoti ta’lim yoʻnalishida mutaxassis tayyorlaydi. Ushbu mutaxassislar oʻzbek tili va adabiyotini, uning oʻziga xos xususiyatlari, ilmiy-nazariy, falsafiy-estetik asoslarini, zamonaviy ta’lim texnologiyalarini chuqur oʻzlashtirgan, davr talablariga javob beradigan yuksak malakali ilmiy va pedagog kadrlar tayyorlash, talaba yoshlarni, oʻzbek tili va adabiyotining boy imkoniyatlaridan foydalangan holda, Vatanga muhabbat va sadoqat, umumbashariy qadriyatlarga hurmat ruhida, keng dunyoqarashga ega boʻlgan va mustaqil fikrlaydigan, ma’naviy yetuk insonlar etib tarbiyalash, umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari, oliy ta’lim muassasalarida oʻzbek tili va adabiyoti fanini oʻqitishning yangi va samarali metodlari boʻyicha ilmiy izlanishlar olib borish, ilgʻor pedagogik texnologiyalarni keng joriy etish boʻyicha kadrlar tayyorlaydi.

Fakultet saytiga oʻtish