“Qabul - 2017” boshlandi

Chop etilgan sana:
15 Iyun 2017

      Respublikamizning barcha oliy ta'lim muassasalarida bo‘lgani kabi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida ham 2017-2018-o‘quv yili uchun bo‘lg‘usi talabalarni qabul qilish jarayoni boshlandi.

      O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish, Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili), O‘zbek-ingliz tarjima nazariyasi va amaliyoti ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qishga topshirmoqchi bo‘lgan abiturientlar va ularning ota-onalari uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan.

      Uzoq viloyatlardan kelib, hujjatlarini zudlik bilan topshirib yana o‘z manziliga qaytib ketishni niyat qilgan abiturientlarga qulay bo‘lishini hisobga olib, qabul 3 ta alohida binolarda amalga oshiriladi.

      Qabul manzillari Universitet Veb-saytining bosh tablosida ko‘rsatib qo‘yilgan.

      Qadrli abiturientlar! Bu yilgi sinovlar shaffofligi, adolat mezonlarining ustuvorligini ta'minlashga universitetning barcha professor-o‘qituvchilari jalb qilingan. Sizlardan faqat yaxshi tayyorgarlik, o‘z bilimingingizni to‘la namoyon qilishingiz talab qilinadi xalos.