Talabalar birlashmalari

YOSH FILOLOG OLIMLARNING ILMIY FAOLIYATINI TASHKIL QILISH VA RIVOJLANTIRISH ASOSLARI

      Jamiyat yosh filolog olimlarning jamoat tuzilmasi bo‘lib, Respublika oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan va ishlayotgan, filologiya sohasida ilmiy foliyat olib borishni o‘ziga maqsad qilib qo‘ygan yosh filolog olimlarning ilmiy-ijodiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni  rivojlantirish orqali mamlakatimizning ilmiy salohiyatini yanada oshirish, ilmiy kadrlar tayyorlashning barqaror rivojlanishini ta’minlash hamda yosh olimlarning xalqaro ilmiy doiralarga integratsiyalashuvini jadallashtirish, ularning xalqaro ilmiy dasturlarda ishtirok etishi uchun sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.

      Jamiyat  iqtidorli talabalardan (keyingi o‘rinlarda yosh filolog olimlar deb yuritiladi) iborat tarkibda shakllantiriladi.

      Jamiyat barcha imkoniyatlarini qo‘llagan holda yosh filolog olimlar ijodiy faolligining rivojlanishiga, ularning mutaxassisliklari bo‘yicha kamol topishiga, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi muhim ilmiy va amaliy muammolarning ilmiy jihatdan yechimini topishga ko‘maklashadi. Yosh filolog olimlarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlashga, o‘z salohiyat va imkoniyatlarini to‘liq namoyon etishlarida yordamlashadi va sharoit yaratadi.

JAMIYATNING STRATEGIK MAQSADI

      Jamiyatning asosiy maqsadi Respublika yoshlarini ilmiy-tadqiqot faoliyatiga tizimli asosda yo‘naltirish, mavjud ilmiy maktablar an’analarini davom ettirish hamda yangi ilmiy maktablarni shakllantirishga zamin yaratish, yosh filolog olimlar ilmiy-ijodiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini izchil rivojlantirish asosida ilmiy tadqiqotlar bilan muntazam shug‘ullanuvchi yoshlarni birlashtirish, ularning mutaxassisliklari va ijtimoiy sohalarga oid qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash – shu tarzda yuqori malakali ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlashning barqaror rivojlanishini ta’minlashga ko‘maklashishdan iborat.

 

   

 

JAMIYAT TARKIBI VA FAOLIYATINING TASHKIL ETILISHI

      Jamiyat tayanch oliy ta’lim muassasasi bo‘lgan ToshDO‘TAU tuzilmasiga jamoat tashkiloti sifatida kiradi.

      Jamiyat Kengash orqali boshqariladi.

      Kengash raisi va kotibi Jamiyatning umumiy yig‘ilishida saylanadi.

F.I.SH.

Lavozimi

Dustmurodov Ma’rufjon

Kengash raisi

Nu’mon Nasrullayev

Kengash kotibi

Bo‘riboyev Jahongir

OTM bilan aloqalar bo‘yicha mas’ul

Shodiyev Mirjalol

Matbuot va nashrlar bo‘yicha mas’ul

Muhiddinov Otabek

To‘garaklar bo‘yicha mas’ul

Haydarov Muhammad

Nashrlar bo‘yicha ilmiy muharrir

Abdulhayev Bekzod

Veb-sayt uchun mas’ul

Boyzoqov Bekmurod

Ilmiy tadbirlar uchun mas’ul

 

      Jamiyat yig‘ilishlari har chorakda kamida bir marta o‘tkaziladi.

      Jamiyat qarorlari majlisda katnashganlar tomonidan ochiq ovoz berish orqali oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi. Kengashning har bir a’zosi qabul qilinayotgan qarorlar bo‘yicha o‘z fikr-mulohazasiii yozma ravishda bayon qilish huquqiga ega.

      Ovoz berish kengash a’zolarining ishtiroki 2/3 qismidan kam bo‘lmagan holda haqiqiy hisoblanadi. Ovozlar teng bo‘lgan takdirda Jamiyat raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.

      Jamiyat raisi Jamiyatning rasmiy vakili hisoblanadi, o‘zining vakolati doirasida kengashning barcha ishlarini tashkil etadi va boshqaradi, Jamiyatning boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro aloqasini amalga oshiradi, Jamiyat faoliyatiga taalluqli hujjatlarga imzo chekadi.

      Jamiyat raisining vazifalari:

      Jamiyat yig‘ilishlarini o‘tkazilish vaqti va kun tartibi to‘g‘risida qaror qabul qiladi;

      Jamiyat nomidan Respublika yosh filolog olimlari huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qiladi;

bir   yilda   kamida   bir   marotaba   qilingan  ishlar yuzasidan Jamiyat yig‘ilishida hisobot beradi.

      Jamiyat raisi xizmat safari, betobligi, ta’tildaligi  vaqtida uning vazifasini Jamiyat a’zolaridan biri bajaradi.

      Jamiyat raisi va kotibi ToshDO‘TAU tomonidan moddiy va ma’naviy rag‘batlantiriladi.

      Jamiyatning ishini olib borish va hujjatlarni rasmiylashtirish quyidagicha tartibda amalga oshiriladi:

      Jamiyat o‘z ishini Kengash yig‘ilishida qabul qilingan va Jamiyat raisi tomonidan tasdiqlangan yillik rejaga binoan amalga oshiradi;

      Jamiyatning majlislari, yig‘ilishlari va boshqa tadbirlari Jamiyat raisi va kotibi tomonidan imzolangan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi;

      Jamiyat  hujjatlarini   rasmiylashtirishni   kengash   kotibi   amalga oshiradi;

 qabul qilingan  qarorlar bajarilishining nazorati  Jamiyat  raisi tomonidan amalga oshiriladi.

 

  

 

JAMIYATNING USTUVOR VAZIFALARI

      Jamiyatning vazifalariga quyidagilar kiradi:

yosh filolog olimlarni mamlakat ilm-fani uchun dolzarb, iqtisodiyotimizning barqaror rivojlanishiga, xalqimiz ma’naviyati va madaniyatining yuksalishiga ko‘maklashuvchi fundamental, amaliy va innovatsion yo‘nalishlardagi ilmiy faoliyatga jalb qilish;

yosh filolog olimlar faoliyati orqali sohaning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar tashkil qilish va olib borishda ishtirok etish hamda ustoz-shogird tizimini shakllantirish;

boshqa oliy ta’lim muassasalari bilan yosh filolog olimlarning ijodiy faolligini kuchaytirish, ilmiy anjumanlar, seminarlar o‘tkazish va tajriba almashish maqsadida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash;

yosh filolog olimlarning ilmiy tadqiqot ishlari natijalarini umumlashtirish va amaliyotga tatbiq etish, uning yangi shakllarini izlash va Respublika faoliyatiga tatbiq etishda barcha imkoniyatlarni ishga solgan holda tashabbuskorlik ko‘rsatish;

ilmiy anjumanlarda ishtirok etish uchun yosh filolog olimlarning ilmiy safarlarini rejalashtirish va har tomonlama yordam ko‘rsatish;

xorijiy davlatlarning nufuzli ilmiy markaz va muassasalari bilan ilmiy hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar olib borish, ilmiy maktablar, anjumanlar, seminarlar va boshqa ilmiy tadbirlarda ishtirok etishga, xorijiy mamlakatlarda maqolalar e’lon qilishga ko‘maklashish;     

yosh filolog olimlarning ilmiy ishlari tanlovini muntazam tashkil etish va o‘tkazish, davlat grantlari, xorijiy mamlakatlar grantlari va xo‘jalik shartnomalarida yosh filolog olimlar ishtirokini ta’minlash, ularning ishlarini mukofotlarga taqdim etish, eng yaxshi va Respublika uchun ustuvor hisoblangan ilmiy tadqiqot natijalarini nashr etish va ommalashtirishga ko‘maklashish;

o‘z faoliyati davomida yuqori natijalarga erishgan yosh filolog olimlarni rag‘batlantirish buyicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi "Yosh olimlar kengashi" raisi va ToshDO‘TAU rektoriga tavsiyalar berish;

innovatsion tadqiqot ishlarini o‘tkazishga amaliy yordam ko‘rsatish, yosh filolog olimlarning faoliyatini qo‘llab-quvvatlovchi grant ajratuvchi tashkilotlar to‘g‘risida ma’lumotlar yig‘ish va ularni tarqatish.

JAMIYAT TO‘GARAKLARI

      Jamiyat tarkibida yo‘nalishlar bo‘yicha o‘nta to‘garak tashkil qilingan. Ushbu to‘garaklardan universitetning bo‘lg‘usi yetuk ilmiy-pedagogik kadrlar avlodini shakllantirish maqsad qilingan.

TO‘GARAK NOMI

TO‘GARAK RAHBARI

 

Dasturchilar

Botir Elov

 
 

Kompyuter grafikasi va multimedia

Rasul Atamurodov

 
 

Lug‘atchilar

Ravshan Jomonov

 
 

Matnshunoslar

(xattotlik maktabi)

Habibulla Solih

 
 

Sinxron tarjima

(speaking club)

Nozliya Normurodova

 

Badiiy tarjima

Gulnoza Odilova

 

Gulshan

(aruz maktabi)

Dilnavoz YUsupova

 
 

Jurnalistlar

(til posbonlari)

Dilmurod Xoldorov

 
 

Kompyuter savodxonligi

Mirzaali Xudayberganov

 
 

Shevashunoslar

Tolib Ernazarov

 
 

ANJUMAN VA SEMINARLAR TASHKIL QILISH

      Jamiyat tomonidan yilda bir marta o‘tkaziladigan yosh tadqiqotchilar va universitet talabalarining ilmiy-amaliy anjumanini o‘tkazish an’anaviy tarzda shakllantirildi. Har yilning noyabr oyida 40 yoshgacha bo‘lgan tadqiqotchilarning “FILOLOGIYA MASALALARI YOSH TADQIQOTCHILAR NIGOHIDA” mavzusidagi an’anaviy ilmiy-amaliy anjumani va may oyida talabalarning “TIL VA ADABIYOT: ILMIY VA AMALIY IZLANISHLAR YO‘LIDAGI ILK ODIMLAR” mavzusidagi an’anaviy ilmiy-amaliy anjumani shular jumlasidan. Shuningdek, har oyda universitetda “Ilmiy tadqiqot olib borish shartlari” mavzusidagi ilmiy seminar o‘tkaziladi.