ToshDO‘TAU Axborot-resurs markazi

      Alisher Navoiy  nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘z faoliyatini boshlashi bilan bir vaqtda ARM faoliyati ham shakllana boshladi. Axborot-resurs markazi – O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent davlat pedagogika universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik hamda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti fondlari hisobidan shakillantirildi.

      O‘zbekistondagi barcha 70 ta oliy ta'lim muassasalari ARMlari ToshDO‘TAU ARM fondiga kerakli bo‘lgan adabiyotlardan 100 nusxadan sovg‘a tariqasida taqdim qildi va bu jarayon davom etmoqa.

      Hozirda universitet ARM fondi 3366 nomdagi 18768 nusxa kitobga ega bo‘ldi.

      Shundan: darsliklar  - 180, o‘quv qo‘llanmalar  -- 618, ilmiy adabiyotlar  – 199, badiiy adabiyotlar    –   903 nomni tashkil etadi.

      ARM 58 o‘rinli o‘quv zalidan iborat bo‘lib, 20 ta kompyuterlar internet tarmog‘iga ulangan. Hozirda kitobxonlar soni 1060 nafarni tashkil etadi. Universitet Axborot- resurs markazining eng asosiy vazifasi, avvalo, universitet professor-o‘qituvchilari va talabalarining o‘quv jarayonini ilmiy, badiiy, darslik adabiyotlari bilan ta'minlashdir.

      Kitobxonlarning ARMdan foydalanishi 3 usulda: 

1. An'anaviy;

2. Elektron shaklda-internet tizimi orqali;

3. Kitobxonlar  ochiq kitob fondidan foydalanadi.   

         

        

 

        Axborot–resurs markazi  APMAT elektron dasturiy bazani ichki lokal tarmoqda ishga tushirdi, universitet yo‘nalishiga oid bo‘lgan 186 nomdagi darslik va o‘quv qo‘llanmalarni elektron katalogi va elektron to‘liq matnli versiyalari APMAT elektron bazasiga kiritildi.  

      Universitetda 2017-yilning 15-martida  EBSCO - ilmiy ta'limiy bazasi bo‘yicha seminar o‘kazildi va baza ma'lumotlaridan foydalanish uchun login parol ARM kompyuterlari xotirasiga o‘rnatildi. Ro‘yxatdan o‘tgan kitobxonlar Axborot-resurs markazining barcha qulayliklaridan keng foydalanishlari mumkin.  

      ARM “Faol kitobxon” aksiyasi muntazam o‘tkazilib kelinadi. Bu aksiya kutubxona fondini yanada boyitish maqsadida, universitet rektorining tashabbusi bilan tashkil etilgan. Aksiyada universitetning barcha prfessor-o‘qituvchilari, xodimlari va talabalari faol ishtirok etmoqdalar.

      Jumladan, O‘zbek tili va adabiyoti o‘qitish fakulteti tomonidan Axborot – resurs markaziga 500 nusxaga yaqin badiiy adabiyotlar topshirildi.

      Axborot – resurs markazi universitetda o‘tkaziladigan turli tadbirlarda faol qatnashib, davra suhbatlari, kitob ko‘rgazmalarini   muntazam tashkil etib kelmoqda.