Viza rasmiylashtirish uchun ma’lumotnoma

Viza olish va vaqtinchalik ro‘yxatga turish

O‘zR Ichki ishlar vazirligi oliy o‘quv yurtlari arizalariga ko‘ra ToshDO‘TAU Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi bilan kelishgan holda o‘rnatilgan tartibda viza olishni va viza muddatini uzaytirishni, shuningdek, chet el fuqarolarining vaqtincha yashash manzillari bo‘yicha vaqtincha ro‘yxatga qo‘yishnini  (amaldagi qoidalarga ko‘ra) ta’minlaydi.

ToshDO‘TAU ta’lim xizmatlari xalqaro ta’lim xizmatlari bozorida sifatli va raqobatbardosh.

O‘quv jarayoni va davomat ustidan nazorat Xalqaro hamkorlik bo‘limi tomonidan dekanat bilan birgalikda amalga oshiriladi.

ToshDO‘TAU to‘lov asosida chet (o‘zbek, rus, ingliz, nemis va boshqa) tillarni o‘rganish imkoniyatini yaratadi. Batafsil ma’lumotlarni Tillarni o‘rganish markazining http://tmarkaz.navoiy-uni.uz/​ saytidan olish mumkin.