Xalqaro aloqalar kengashi

Xalqaro aloqalar Kengashi

NIZOMI

I.    Umumiy qism

Oliy ta’lim muassasalarida tuziladigan Xalqaro aloqalar KENGASHI (bundan keyin KENGASH deb yuritiladi) oliy ta’lim muassasasi xalqaro faoliyati masalalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha kollegial organ hisoblanadi va uning qarorlari tavsiya mazmunida bo‘ladi.

KENGASH faoliyati mutaxassislarni tayyorlash, o‘quv-metodik va ilmiy tadqiqot ishlarining sifatini oshirish, o‘quv jarayonini jahon andazalari darajasida tashkil etish maqsadida xalqaro aloqalarini takomillashtirish va rivojlantirishga yo‘naltirilgan.

II. Asosiy vazifalari va funksiyalari

KENGASH:

·    Oliy  ta’lim muassasasining xalqaro hamkorligi asosiy yo‘nalishlaini muhokama qiladi va ularni rivojlantirish bo‘yicha  takliflar tayyorlaydi;
·    Chet el oliy o‘quv yurtlari va ilmiy markazlari bilan hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomalar loyihalarini ko‘rib chiqadi;
·    Chet elda ta’lim olish, malaka oshirish yoki ilmiy-tadqiqot olib borish uchun nomzodlarni muhokama qiladi;
·    Ilmiy kengash va oliy ta’lim muassasasi rektoriga xalqaro aloqalarni takomillashtirishga qaratilgan takliflar kiritadi;
·    Oliy ta’lim muassasasi fakultetlari kafedralari va bo‘limlarning xorijiy davlat va nodavlat tashkilotlari, xalqaro tashkilotlar tomonidan taklif qilinayotgan o‘quv-uslubiy dasturlar yaratish va ilmiy-tadqiqot loyihalarida qatnashish bo‘yicha faoliyatni muvofiqlashtiradi;
·    Xorijiy hamkorlar bilan ishlab chiqilgan loyihalarni amalga oshirishda oliy ta’lim muassasasi fakultetlari kafedralari va bo‘limlariga har tomonlama va atroflicha yordam beradi;
·    Chet el safarlari yakunlari bo‘yicha hisobotlarni ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi;
·    Xalqaro hamkorlikning boshqa sohalari bo‘yicha hisobotlarni ko‘rib chiqadi va taklif kiritadi.

III.  Huquq va kafolatlari

Kengash:
·    Xorijiy hamkorlar bilan ikki tomonlama memorandum va shartnomalar tuzish bo‘yicha qarorlar qabul qiladi, ularga o‘zgartirish va tahrirlar kiritadi;
·    Professor-o‘qituvchilar va talabalarni chet elda o‘qish, malaka oshirish, stajirovka o‘tash, ilmiy izlanishlar o‘tkazish va ilmiy-amaliy konferensiyalarda qatnashish uchun yuborishga tavsiyalar berish masalalari yuzasidan qaror qabul qiladi;
·    Chet elda ta’lim olish yoki malaka oshirish uchun jo‘natiladigan nomzodlarni tavsiya qiladi.

VI. Tarkibi va tuzilishi

Kengash tarkibiga xalqaro aloqalar bo‘yicha mas’ul prorektor (rais) o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor, ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor, iqtisodiyot va tadbirkorlik ishlari bo‘yicha prorektor, fakultetlar dekanlari, magistratura bo‘limi boshlig‘i, xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i (mas’ul kotib), kadrlar bo‘limi boshlig‘i kiradi.

Kengash tarkibi universitet rektori tomonidan tasdiqlanadi.

V. Oliy ta’lim muassasasi boshqa kollegial organlari bilan o‘zaro  aloqadorlik

Xalqaro aloqalar Kengashi oliy ta'lim muassasasi boshqa bo‘linmalari bilan aloqa qiladi va ularning takliflarini inobatga oladi.
    
VI. Kengashning ish tartibi

Kengash majlisi bir oyda kamida bir marotaba o‘tkaziladi. Kengash qarori ochiq ovoz berish yo‘li bilan, to‘plangan ovozlar oddiy ko‘pligiga qarab qabul qilinadi.

Kengash majlisi bayonnoma shaklida rasmiylashtiriladi, Kengash raisi va mas’ul kotib tomonidan imzolanadi.

Kengash raisi Kengash qarori bajarilishini muntazam tekshirishni tashkil qiladi va Kengash a’zolarini qarorlarning bajarilishidan xabardor qiladi.

VII. Kengashning tugatilishi

Kengash oliy ta’lim muassasasi rektorining buyrug‘i bilan tugatiladi va qayta tashkil etiladi. 

      

ALISHER NAVOIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT
 O‘ZBEK TILI VA ADABIYOTI UNIVERSITETI
            Xalqaro aloqalar kengashi
                    tarkibi:

1. Rektor                                                                          Sh.S.Sirojiddinov
2. Ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor                                      N.M.Mahmudov 
3. O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor                                   I.J.Yo'ldoshev
4. Iqtisodiyot va tadbirkorlik ishlari bo‘yicha prorektor     A.M.Boboxo‘jayev
5. O‘zbek-ingliz tarjima fakulteti dekani                           Sh.R.Usmonova        
6. O‘zbek filologiyasi fakulteti dekani                               B.R.Mengliyev
7. O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti dekani         I.M.Azimov
8. Magistratura bo‘limi boshlig‘i                                        Sh.N.Amonov 
9. Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i                                  I.U.Shamsimuxamedov (mas’ul kotib)
10. Xodimlar bo‘limi boshlig‘i                                            F.Xolmetova
11. “Kamolot” YOIH                                                          R.Norqulov
12. Kasaba uyushmasi raisi                                              A.Tilavov