Xorijlik o‘qituvchilar va hamkorlar

XORIJLIK O‘QITUVCHILAR VA XODIMLARGA
O‘quv mashg‘ulotlarini yoki ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish uchun xorijlik o‘qituvchilarni jalb qilish ToshDO‘TAU rivojlanish strategiyasining eng muhim qismidir.
    ToshDO‘TAUga xorijlik o‘qituvchilar va tadqiqotchilarni jalb qilishning maqsadlari quyidagicha:
-    ToshDO‘TAU xalqaro maqomini ko‘tarish;
-    ToshDO‘TAU professor-o‘qituvchilari muhitida xorijiy oliy o‘quv yurtlarining tajribasini ommalashtirish;
-    ToshDO‘TAUda o‘qiladigan fanlarning ro‘yxatini, universitet o‘quv dasturlarini va ilmiy-tadqiqot ishlarini xalqaro standartlarga yaqinlashtirish;
-    Ham universitet miqyosida, ham ToshDO‘TAUning alohida bo‘limlari va xodimlari darajasida xalqaro aloqalarni, kontaktlarni va kooperatsiyani kuchaytirish.

Xorijlik o‘qituvchilar va tadqiqotchilarning huquqiy mavqei O‘zbekiston Respublikasining Huquq kodeksi, O‘zbekitson Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zR fuqarolarining xorijdagi va xorijiy fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasidagi mehnat faoliyati haqida”gi Farmoni, “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy ishchi kuchini jalb qilish va ishlatish tartibi haqida”gi Nizom, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning kirishi, chiqishi, yashashi va tranzit yurishi tartibi haqida”gi Farmoni, shuningdek, Xalqaro mehnatni tashkil etish Konvensiyalari va tavsiyalari bilan belgilanadi.

Xorijlik o‘qituvchilar va tadqiqotchilarning mehnati mehnat shartnomasi yoki fuqarolik huquqiy shartnoma (xizmatlar ko‘rsatish) asosida amalga oshiriladi.
Jalb qilingan xorijlik o‘qituvchilar va tadqiqotchilar mehnatiga to‘lov amaldagi tarif setkasiga, ustama haqlar va mukofotlar ta‘lim faoliyatini nazorat qiluvchi va universitet rahbariyati tomonidan belgilanuvchi amaldagi qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.

ToshDO‘TAU viza olishga, turar-joy topishga yordam beradi, internetga ulangan kompyuter bilan jihozlangan ish joyi bilan ta‘minlaydi.

ToshDO‘TAU ishlashi va yashashi bilan bog‘liq barcha zaruriy hujjatlarni va turli tashkilotlarga mazkur masalalar bilan bog‘liq  kafolat xatlarini taqdim etadi.